Axloq
(go’zal xulqlar)
O'g'lim Musomurod! Axloq lug'aviy jihatdan xulqning ko'pligi bo'lib go'zal xislatlar degan ma'noni
anglatadi. Axloq inson zoti vosil bo’ladigan maqsaddir. Inson bu go'zal maqsadga yetolmasa, yomon
xulqli bo’ladi. Hayvoniy hislari bilan insonlarga zarar keltiradi.
O'g'lim! Bu go'zal axloqqa yetisholmaganlar islomiyatni anglamaydilar.
O'g'lim Musomurod! Islom dini go'zal axloqli bo'lishga buyuradi. Inson yaxshi xulqli bo'lgani sari
insoniylik darajasi yuksalaveradi. Allohga ishongan qalb yomon xulqlardan qutuladi, yaxshi xulqli
bo’ladi.
Agar inson yomon xulqli bo’lsa, ilm va ibodati ham foyda bermaydi. Chunki ilmu irfondan maqsad,
insonlarni yaxshi xulqqa boshlashdir.
O'g'lim! Qur'oni karim bizni go'zal axloqli bo'lishga da'vat etadi.
Sevimli o'g'lim! Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham:
Do'stlaringiz bilan baham: |