Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
O‘qituvchilik - inson jamiyati tarixi boshlanganidan to hozirgi kungacha hamma vaqt jamiyat
va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyik, e’zozlab kelingan kasbdir.“... O‘qituvchi - deydi Al -
Farobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqga ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni
to‘la va aniq ifodalay olishni bilmiogi zarur”. U o‘z fikrini davom ettirib: “O‘qituvchi va rahbarning
vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining
barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi
bo‘lgan fikrlarni to‘la va aniq ifodalab berishni bilmogi lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini
qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va
baxt cho‘qqisiga erishadi ”, deb ta’kidlagandi.
Abu Ali ibn - Sinoning fikricha: “O‘qituvchi
matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan
odam bo‘lmogi lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql
qatlamlariga kira olmog‘i lozim”.
Nasriddin Tusiy o‘zining “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday
deydi: “O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi,
o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan
bo‘lishi lozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq
bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi
mumkin...”Maxmud Koshgariy “...Men a’zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini
davolashni zarur deb topdim. Bunga men o‘qituvchilik yo‘li bilan erishaman, bunga mening
ishonchim komil.Chunki, a’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo‘lsalar,
nodonlik, bilimsizlik tufayli o‘n ming va yuz minglarcha odamlar xalok bo‘ladilar...”
.
Ulug‘
shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini xolisona baholab: ”Agar shogird podsholikka
erishsa ham, unga (muallim) qulluq qilsa arziydi”, “Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj
ila, aylamoq oson emas xaqqin ado ming ganj ila” kabi satrlar bitganlar.
Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan ko‘plab qimmatli asarlarisiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo‘lsada o‘z qimmatini
yo‘qotgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |