00
holatdan
h
ga orttirilsa, itaruvchi
kuch ortadi. Bu buyka ni x miqdoricha ko‘tarishga olib keladi, bunda uning
ko‘tarilishi bilan cho‘kish ko‘payadi, ya’ni
х < h.
Bu bilan kuch o‘zgaradi, shu
kuch bilan ilgak buykaga ta’sir qiladi. O‘zgarish buykaning cho‘kishi
h — х
ga
ortishi natijasida itarish kuchining o‘zgarishiga teng:
F
g
x
h
F
g
x
h
C
x
ж
г
)
(
)
(
(15.8)
bunda C— ilgakning bikirligi; ρj ρg — suyuqlik va gazning zichligi; h —
buyka qalqovich ko‘nda!ang kesiminkng yuzi.
Bundan qalqovichli sath o‘lchagich statik xarakteriyetikasining ifodasini
osonlik bilan topish mumkin:
F
g
C
h
x
ж
г
1
(15.9)
Shunday qilib, qalqovichli sath
o‘lchagichning statik xarakteristikasi
chiziqlidir bunda uning sezgirligi F
orttirish bilan yoki ilgakning bikirligi
S ni kamaytirish bilan orttirilishi
mumkin.
(15.9)
formuladan
ko‘rinib
turibdiki,
konkret
sath
o‘lchagichdan
foydalanganla qo‘shimcha xatoliklar ushbu
С, Ғ,
ρ
ж
—ρ
г
kattaliklarning o‘zgarish
hisobiga paydo bo‘lishi mumkin. Shy kattaliklarning o‘zgarishiga idishdagi
temperatura va bosimning o‘zgarishi sabab bo‘ladi, bunda ρ
ж
— ρ
г
,ayirmaning
o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan xatolik eng katta bo‘ladi.
15.5-rasmda davriy cho‘kadigan qalqovichli sath o‘lchagichning sxemasi
ko‘rsatilgan. Bu asbob ko‘rsatishlarni pnevmatik usulda masofaga uzatadi.
Qalqovich 1 torsionli naycha 3 uchiga o‘rnatilgan richag 2 ga osilgan. Qalkovich
o‘z og‘irligi bilan torsionli naycha va uning ichidagi po‘lat sterjen 4 ni buradi,
burilish burchagi sath o‘zgarganda qalqovichning o‘zgaradigan og‘irlik kuchiga
proporsional. Qalqovich shunday og‘irlikka egaki, u suyuklikka batamom
cho‘kkanda, qalqib chiqmaydi. Sterjen 4 ning bo‘sh uchida pnevmoqurilma 7 ning
zaslonkasi 5 mahkamlangan. Torsionli naycha uning sterjeni bugilganda soplo 6 ga
nisbatan shu burilish burchagiga teng burchakka ochiladi. Pnevmoqurilma 7
to‘sikning burchakli siljishini ikkilamchi asbob 8 orqali o‘lchanadigan bosimning
proporsional o‘zgarishiga aylantiradi. Bosim o‘lchaydigan asbobning shkalasi 8
sagh birligida darajalangan.
Suyuqlik sathini masofadan o‘lchash uchun kuch kompensatsiyasi prinsipiga
asoslangan, o‘zgarmas tokning 0 —5 va 0 —20 mA unifikatsiyalangan chiqish
signaliga (UB-E tipli) yoki 20 — 100 kPa havo bosimi mo‘ljallangan (UB-P tipli)
qalqovichli sath o‘lchagichlarini qo‘llaniladi va qalqovichli sath o‘lchagichlarining
sath o‘lchami diapazoni ushbu qatordan tanlanadi: 0 — 0,25; 0,4; 0,6; 1,0; 1,6; 2,5;
4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik klassi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo‘lishi mumkin.
Hisob-kitob operatsiyalari uchun sath o‘lchagichlari asosiy xatoliklari ± 1,0 dan
10,0 mm gacha (GOST 13702 — 78) bo‘ladigan qilib tayyorlanadi.
Agressiv suyuqliklar sathini o‘lchashda qalqovich korroziyabardosh
materialdan tayyorlanadi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va
b.) suyuqlashtirilgan gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400°S gacha
bo‘lgan temperaturada muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda,
o‘lchash diapazoni katta, aniqligi yetarlicha katta, agressiv va qovushoq muhitlar
sathini o‘lchash mumkin, o‘lchashning temperatura diapazoni keng. Ularni
qo‘llanishni chegaralovchi kamchiliklari: idishda qalqovich borligi, metall ko‘p
ketishi, kinematik qismlari borligi sababli yetarli mustahkam emasligi, idishlarda
bosim ostida sathni o‘lchash qiyinchiliklari.