6.2. D.Rikardoning iqtisodiy ta‟limoti
David Rikardo (1772–1823)
klassik iqtisod maktabining atoqli
vakillaridan biri hisoblanadi. U Londonda badavlat birja makleri
yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug‗ilgan. Oiladagi o‗n yetti
farzandning uchinchisi bo‗lgan David yoshligida muntazam ta‘lim olgan
emas va u hech qachon kollej va universitetlarda ham o‗qimagan. Lekin
u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o‗rgangan va 16 yoshidayoq
kontora va birjada otasiga yordamchi bo‗lib ishlagan.
D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo‗ldi.
Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo‗ladigan nikohiga qarshi
edi. Oradan 5–6 yil o‗tgach, D.Rikardo birjada o‗ynab yirik boylik
orttirdi (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug‗iladi,
Do'stlaringiz bilan baham: |