quldorlik xo„jaligi
iqtisodiyotiga xarakteristika beriladi.
Ksenofont
qishloq
xo‗jaligini
xalq
xo‗jaligining
eng
asosiy
tarmog‗i,
deb
hisoblagan. «Qishloq xo‗jaligi rivojlansa, – deb
yozadi u, – boshqa faoliyat turlari ham
rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va
quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo‗ladi».
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo‗lib mehnat
taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o‗zining
«Kiropediya» asarida shunday yozadi:
«Kichkina shaharlarda bitta ustaning o‗zi yotoq joy, eshik, plug, stol
yasaydi, ko‗pincha o‗sha odamning o‗zi uy ham quradi... Albatta,
bunday har xil hunar bilan shug‗ullanuvchi odam hammasini bir xilda
yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir
buyumga ko‗pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli har bir ustaga o‗zini
Ksenofont
(m.o. 430–355)
33
boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko‗p joylarda o‗sha hunarning hatto bir
qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi,
boshqasi esa – ayollarning. Ba‘zida esa odam faqat boshmoq uchun
yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib
berib, to‗rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib, hayot
kechirish uchun haq oladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, kim muayyan
cheklangan ish turi bilan shug‗ullansa, o‗sha uni eng yaxshi qilib
bajarishga qodir».
Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya‘ni uning
foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo‗lib tushungan
ham
Ksenofont
hisoblanadi.
Bundan
tashqari
natural-xo‗jalik
konsepsiyasi tarafdori va shunga ko‗ra sudxo‗rlikka qarshi bo‗lganiga
qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos
bo‗lgan muomala vositasi va jamg‗arish vositasi funksiyalarini ko‗rsatib
bergan.
Gesiodning g‗oyalari eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab
og‗zaki tarzda talqin etiladi. Gesiodga taalluqli eng muhim asar
xudolarning tug‗ulishi to‗g‗risidagi ―Teogoniya‖ asaridir. Gesiodning
fikricha, yetishmovchilik insonning cheksiz istaklari va cheklangan
resurslar bilan bog‗liq holatidan vujudga kelmaydi, balki bu Pandora
tomonidan qutini ochib, chiqarib yuborilgan yovuzliklardan biridir.
Gesiodning iqtisodiy g‗oyalari uning iqtisodiy masalalarga qiziqishni
boshlab bergan va ikki asr davomida muhokamalarga sabab bo‗lgan
―Ishlar va Kunlar‖ asarida berilgan. Dehqon bo‗lsada, Gesiodni
samaradorlik muammosi qiziqtirgan. Ushbu davrda samaradorlik
tushunchasi bir necha konteksda ishlatilgan. Samaradorlik mahsulotni
ishlab chiqarishga sarf qilingan resursga bo‗lgan munosabati bilan
o‗lchangan. Mavjud resurslar bilan iloji boricha eng ko‗p mahsulot
ishlab chiqrishga erishish uchun maksimal samaradorlik qabul qilinishi
lozim bo‗lgan. Mahsulot va resurslarning o‗lchov birliklari natural
o‗lchamlarda (masalan, bir akr bo‗g‗doyning bushellari) yoki pul
birliklarida (masalan, doll hisobida) ko‗rsatilishi mumkin. Hozirda
kimdir samaradorlikka unumdorlik nuqtayi nazaridan emas, balki
chiqimlar nuqtayi nazaridan qaraydi (masalan, bir akrdan olingan
bo‗g‗doy bushellari qiymati yoki mahsulot birligining qiymati).
Mahsulot miqdorini maksimal darajada oshirib, yoki chiqimlarni
minimal darajada kamaytirib samaradorlikni oshirish mumkin.
Ko‗pchilik fermerlar va ishlab chiqaruvchilar samaradorlikka qiziqish
bildiradilar: albatta, qadimgi davrdan klassik davrgacha ushbu holat
34
davom etgan. Qadimda samaradorlik muammosi ishlab chiqaruvchining
darajasi va xonadoniga bog‗liq bo‗lgan. Samaradorlik masalasini
iqtisodiyot darajasida o‗rganish boshlanganida nozik va murakkab
masalalar to‗plamiga duch kelinadi. Ushbu holatda hech kim
unumdorlikda chiqimlarni tabiiy o‗lchovlarda o‗lchay olmasligi, hatto
ular to‗laqonli bo‗lmasalarda pullik o‗lchamlarga o‗tganligi orqali
yaqqol namoyon bo‗ladi. Qadimgi yozuvchilarni jamiyat miqyosidagi
samaradorlik qiziqtirmagan, ular iqtisodiy yetishmovchilik tushunchasi
va uning oqibatlarini amalda o‗rganmaganlar. Kelib chiqishi yunon
(grek) tilidan olingan ―Economics‖ (Iqtisodiyot) so‗zi Ksenofontning
―Oeconomicus‖ asarining nomidan olingan. Lekin yunonlar tomonidan
ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish xonadon miqyosida
boshqarishga tegishli hisoblangan. Geradot, Ksenofont va boshqa
qadimgi yozuvchilar iqtisodiyot bo‗yicha samaradorlikning aniq
masalalari bilan shug‗ullanmasdan ishlab chiqarish va xonadon
miqyosida samaradorlikka tegishli bo‗lgan muammolar to‗plami bilan
shug‗ullanganlar. Ishlab chiqarish va xonadon miqyosida samaradorlik
to‗liq tushuncha sifatida aniqlanishidan avval iqtisodiyot fan sifatida
anchayin taraqqiy topgan edi (bu o‗n to‗qqizinchi asr oxirida marjinal
tahlil va differensial hisoblashdan foydalanilganidan so‗ng vujudga
keldi). Geradotdan keyin taxminan to‗rt yuz yil o‗tib Ksenofont
tomonidan samarali boshqarish tushunchasi Geradotga qaraganda
kengroq tartibda rivojlantirildi va xonadon, ishlab chiqarish, harbiy va
davlat ma‘muriyati miqyosida keng qo‗llanildi. Mazkur holat mehnat
taqsimotini amalda qo‗llash orqali samaradorlikni mukammallashtirish
imkoniyatini berdi. Mehnat taqsimotiga Aristotel va keyinchalik boshqa
olimlar tomonidan ham alohida e‘tibor berildi.
10
Natural xo‗jalik konsepsiyasi yunon mutafakkiri Platonning (m.av.
427–347) iqtisodiy qarashlari uchun ham xarakterli bo‗lgan. Bu uning
«Davlat» va «Qonunlar» asarlarida o‗z aksini topgan. Birinchisida ideal
davlat tuzumi loyihasi shakllantirilgan bo‗lsa, ikkinchisida real haqiqatga
ancha yaqin davlat tasvirlangan. Platon «Davlat» asarida ideal ijtimoiy
tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga katta hissa qo‗shdi.
Ideal ―davlat‖da yashovchi kishilar uch toifaga ajratib ko‗rsatiladi:
1.
Faylasuflar.
2.
Harbiylar.
3.
Oddiy toifa – yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar.
10
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b.
35
Bunda ijtimoiy manfaatlarni himoya qilishda oqsuyaklarning
(faylasuflarning) roliga yuqori baho beriladi, negaki, ular boshqa bir
toifa – harbiylar (armiya) bilan birga davlatning boshqaruv apparatini
tashkil etgach, olimning fikriga ko‗ra butun jamiyatni boshqaradi. Bunda
faylasuflar ham, harbiylar ham hech qanday mulkka egalik qilmaydilar
(davlat manfaatlari yo‗lida chalg‗ib ketmaslik uchun); ularning moddiy
ta‘minotini tekischilik tamoyili asosida davlat o‗z zimmasiga oladi.
Barcha xo‗jalik ishlari, shu jumladan, mulkka egalik qilish, uni tasarruf
etish ideal davlatdagi uchinchi toifa hisoblangan – yer egalari,
savdogarlar va hunarmandlar zimmasiga yuklanadi. Qullar – erkin
fuqarolar mulki va shuning uchun «Davlat» asari muallifi tomonidan
ular hech bir toifaga kiritilmadi.
«Qonunlar» asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda
davlat ta‘minotida bo‗lgan, ya‘ni yuqori toifali «fuqarolarning» moddiy
ta‘minoti to‗g‗risidagi oldin ilgari surilgan g‗oyalar rivojlantirilgan. Bu
yerda faylasuf tenglik tamoyilida jamiyat tuzilishining ayrim ijtimoiy-
iqtisodiy unsurlarning tavsifini boshqalardan oldin ko‗ra bilgan. Xususan,
barcha fuqarolar Platon fikricha, ideal davlatda (qur‘a bo‗yicha) uy-joy,
yer olishlari mumkin. Buning ustiga yer faqat unga egalik qilish va
undan foydalanish huquqi bilan (ya‘ni to‗la bo‗lmagan mulk huquqi)
berilgan bo‗lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik bolalarining biriga
aynan shu shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo‗lgan.
Fuqarolar umumiy mulkining qimmati to‗rt martadan ko‗p farq
qilmasligi kerak.
Platonning har ikkala loyihasida o‗xshashlik mavjud: davlatni
boshqaruv apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada)
oltin va kumushga ega bo‗lishlari va sudxo‗rlik bilan shug‗ullanishlari
mumkin emas. U xuddi Ksenofontga o‗xshab dehqonchilikni
iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq, deb hisobladi, hunarmandchilik va
savdoni jamiyatda uncha e‘tiborli bo‗lmagan mashg‗ulotlar turiga
kiritdi.
Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon birinchilardan bo‗lib
bahoning asosi va darajasi to‗g‗risidagi savolni o‗rtaga tashladi. Uning
fikricha, baho davlat hokimiyati tomondan tartibga solinib turilishi
kerak, bundan tashqari asos sifatida shunday baho olinishi kerakki, u
o‗rtacha foyda olishni ta‘minlasin.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |