O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar 
 
Qadimgi  Markaziy  Osiyo  xalqlari  (ajdodlarimiz)  miloddan  ancha 
ilgari  rivoj  topgan.  Buni  dunyodagi  eng  qadimiy  dinlardan  biri  – 
Zardushtiylik  dinining  muqaddas  kitobi  hisoblangan  «Avesto»  ham 
isbotlaydi.  Olingan  ma‘lumotlarda  «Avesto»  kitobining  muallifi 
Zardusht  (m.  av.  589–512-y.)  bo‗lganligi  qayd  etiladi.  U  Markaziy 
Osiyo  hududida  faoliyat  ko‗rsatgan  ilohiyotchi,  faylasuf,  shoir  va 
tabiatshunos olim bo‗lgan. 
 
«Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun 
kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat‘iy nazar 
ularning ro‗shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni 
shakllantirish va tarbiyalash g‗oyasi bilan sug‗orilgan. Unda xalqlarning 
qadimgi  davrdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  hayoti,  diniy  qarashlari,  olam 
to‗g‗risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma‘naviy madaniyatlari o‗z aksini 
to‗gan.  «Avesto»da  Yer  dumaloq  shaklda  yaratilganligi,  uning  atrofi 
okeanlar  bilan  o‗ralganligi  haqida  yozilgan.  Unda  16  mamlakatning 
nomi  ko‗rsatilgan  bo‗lib,  ulardan  to‗qqiztasi  (masalan,  Sug‗diyona, 
Marg‗iyona,  Nisoya,  Gurgon,  Varana  va  boshqalar)  Markaziy  Osiyo 
hududida joylashgan. 
«Avesto»  shakllanishi  davrida  kishilik  jamiyati  yanada  rivojlana 
bordi.  Ko‗chmanchilikka  asoslangan  Markaziy  Osiyoda  eski  turmush 
tarzi  (ko‗chmanchilik)  o‗rnini  o‗troq  yashash  egallay  boshladi, 
sug‗oriladigan  dehqonchilik,  chorvachilik,  hunarmandchilik  borgan  sari 
taraqqiy  etdi.  Yangi-yangi  shaharlar,  obod  qishloqlarning  paydo  bo‗lishi 


27 
 
o‗troq  yashash  turmush  tarzining  afzalliklarini  ko‗rsata  bordi.  Ana  shu 
o‗troqlik  turmush  tarzining  odamlarga  benihoya  kulfatlar  keltirayotgan 
ko‗chmanchilikka  asoslangan  turmush  tarziga  nisbatan  afzalliklarini 
ko‗rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati beqiyos.  
«Avesto»da: «… yerga yaxshi, sog‗lom urug‗lar sepishdan ortiq savob 
ish  yo‗q…»  deyilib,  xalq  xo‗jaligi  sohasida  dehqonchilikning  muhim 
ahamiyat  kasb  etishi  ko‗rsatib  beriladi.  «Olam  go‗zalligi  dehqondan, 
dehqonchilikdan,  kimki  yerga  urug‗  qadabdiki,  u  odamiylikka  iymon 
keltiradi,  yagona  shu  yo‗lgina  haqiqat  bo‗lib,  qolgani  sarobdir»,  –deyiladi 
unda.  Qo‗riq  va  bo‗z  yerlarni  o‗zlashtirish,  uni  jamoa  o‗rtasida  adolatli 
taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, 
uy  hayvonlarini  va  chorva  mollarini  ko‗paytirishga  ham  alohida  e‘tibor 
berilgan. 
«Avesto»da  yer,  suv,  havoni  bulg‗ash,  ifloslantirish  og‗ir  gunoh 
hisoblanadi. Bunday  ibratli  tasdiqlash  bugungi avlodlarni ham  tabiatga, 
atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‗lmaslikka chorlaydi. 
  Kitobda  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar  aks  ettirilgan  holda 
shunday  deyiladi:  «Yomon  ovqatlangan  xalq  na  yaxshi,  kuchli 
ishlovchilarga  va  na  sog‗lom  baquvvat  bolalarga  ega  bo‗ladi…  Yomon 
ovqatlanishdan  odob-axloq  ham  aynib  ketadi.  Agar  non  mo‗l-ko‗l 
bo‗lsa,  muqaddas  so‗zlar  ham  yaxshi  qabul  qilinadi».  Bu  yerda  biz 
sog‗lom  avlod  to‗g‗risida,  iqtisodiy  va  madaniy,  ma‘naviy  yuksalish 
o‗rtasida  o‗zaro  bog‗liqlik  mavjudligi  to‗g‗risida  fikr  yuritilganligini 
ko‗ramiz.  O‗sha  davrda  aytilgan  bunday  fikrlar  ajdodlarimiz  Qadimgi 
Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi. 
  Bu  noyob  kitobda  patriarxal  urug‗  jamoasi  uning  tugatilishi 
davrida  iqtisodiy  tengsizlik,  sinfiy  tabaqalanish  haqida  qimmatli 
ma‘lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar 
ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy,  ma‘naviy  hayot  haqida  g‗oyat 
muhim  ma‘lumotlar  beruvchi  bebaho  obida,  xalqimizning  merosiy 
boyligidir. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish