L.Erxardning iqtisodiy islohotlari
G‗arbda neoliberal yo‗nalish tarafdorlari ichida
Lyudvig Erxard (1897–1977)
alohida ajralib
turadi. Uning bevosita ishtirokida 1950-yilga kelib
G‗arbiy Germaniya krizis holatidan olib chiqildi va
unda pul va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.
L.Erxard – iqtisodchi va yangi xo‗jalik tartibi
asoschisi
hisoblanadi.
1945-yilning
oxirida
Bavariya iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan
L.Erxard
Germaniya
iqtisodiyoti
«jiddiy
tuzilmaviy qayta qurishga muhtoj» deb ko‗rsatib
beradi va real vaziyatdan kelib chiqqan holda
to‗g‗ri ish yuritish zarurligini uqtirib o‗tadi.
Uning ta‘kidlashicha, bozor iqtisodiyotidan rejali iqtisodiyotga
o‗tish asosiy muammo hisoblanmaydi, chunki «balanslashuvga moyil
iqtisodiyotdan qaytish oson», ammo «rejali iqtisodiyotni erkin bozor
xo‗jaligiga aylantirish juda katta qiyinchiliklar bilan bog‗liq», chunki
tabiiy muvozanatdan chetga chiqqan iqtisodiyotga birdan, o‗tish davrisiz
erkin bozor imkoniyatlarini yaratib berish qiyin.
Urushdan keyingi Germaniya iqtisodiyoti juda qiyin ahvolga
tushib qolgan edi. Ishlab chiqarish quvvatining uchdan ikkisi ishlamasdi.
Narxlar muttasil oshib borgan, mamlakatda «qora bozor» hukmronlik
qilgan. Aholining qo‗lidagi pul vositalari milliy mahsulot miqdoridan
deyarli o‗n barobar ortiq bo‗lgan.
Birinchi chora-tadbir 1948-yili iyunda o‗tkazilgan pul islohoti
bo‗ldi va u bir butun Germaniya iqtisodiyotini isloh qilishda katta rol
o‗ynadi. Yangi nemis markalarini eski, muomaladan chiqarilayotganlari
bilan almashtirish birga (yangi marka) o‗n (eski marka) nisbatda amalga
oshirildi. Ish haqi, pensiya, kvartira haqi to‗lash birga bir nisbatida
amalga oshirildi.
Har bir kishi qirq markadan oldi. Almashtirishdan keyin qolgan
pulning bir qismi maxsus schyotlarda muzlatib qo‗yildi. Bank tizimi
isloh qilindi. Qo‗shimcha ko‗rilgan chora-tadbirlar yangi inflyatsiya
kelib chiqishining oldini oldi: dastlab eski valyutani yangi valyutaga
almashtirish kursi amalda bir yangi marka o‗n besh eski markani
tashkil etdi. Pirovard natijada pul massasi (naqd mablag‗lar va bank
depozitlari) 14 martadan ko‗proq kamaydi.
281
Islohot puxta tayyorlangan bo‗lib, u keskin va izchillik bilan o‗tkazildi.
Islohotni tayyorlash va o‗tkazish ikki yilga yaqin davom etdi. Narx-
navoning oshishi taxminan olti oy ichida to‗xtatildi. 1950-yil boshiga kelib
ishlab chiqarish urushdan oldingi darajadan oshib ketdi.
Iqtisodiy islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga sabab nima? Uning
asosiy sababi saqlanib qolingan moddiy bazaning mavjudligi, nisbatan
arzon ishchi kuchi, aholining qondirilmagan talabining ishlab chiqarishga
faol ta‘sir ko‗rsatishi bo‗ldi. Moliya va pul-kredit tizimining barqaror-
lashuvi muvaffaqiyatga erishishning zarur shart-sharoiti hisoblandi. Keyin
AQSh va G‗arbdagi boshqa rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy va
moddiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashi islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga
turtki bo‗ldi. Iqtisodiy yordam Marshall rejasi bo‗yicha amalga oshirildi,
shuningdek, oziq-ovqat, yoqilg‗i, urug‗lik, o‗g‗it boshqa yo‗llar bilan ham
yetkazib turildi. Germaniya iqtisodiyotiga Amerika transporti va Amerika
armiyasining boshqa anjomlari keltirib berildi. Imtiyozli shartlar bilan
Yevropa qayta tiklash dasturi Fondidan kreditlar ajratildi.
Hukumatning boshqaruv tizimini o‗z qo‗lida ushlab turishi, o‗z
vaqtida iqtisodiy kursni o‗zgartira bilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi.
L.Erxard u garchi o‗zining iqtisodiy liberalizmga moyilligini yashirmagan
bo‗lsa ham, «sof» liberal bo‗lgan emas. U tanlab olingan yo‗ldan og‗ib
ketmaslik uchun davlat dastaklaridan keng foydalandi. Davlat qiyin-
chiliklarni boshidan kechirayotgan tarmoqlarni, ayniqsa, toshko‗mir sanoa-
tini, metallurgiya, elektroenergetikani qo‗llab-quvvatladi. Investor-larga va
tadbirkorlarga soliq imtiyozlari yaratib berildi.
L.Erxard va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan islohot
Germaniya iqtisodiy taraqqiyoti uchun shart-sharoit yaratib berdi. U
iqtisodiy qo‗llanmalarga kiritildi va qarorlarni realizatsiya qilish, qayta
tashkil etish vositalaridan va metodlaridan samarali foydalanish uchun
qulay paytni topish namunasi sifatida qaraladi. Shu bilan birga hech bir
namuna real shart-sharoitlarni, maxsus xususiyatlarni hisobga olmagan
holda universal yechim yoki tayyor sxema vazifasini o‗tashi mumkin emas.
282
Do'stlaringiz bilan baham: |