Muhokama uchun savollar
1. Institutsionalizm paydo bo‗lishining tarixiy-iqtisodiy shart-
sharoitlari.
2.
Nega
institutsionalizm
neoklassik
nazariyaga
muqobil
hisoblanadi?
3. ―Institutlar‖, deganda nimani tushunasiz?
4. T.Veblenning ―bekorchi sinf‖ nazariyasidagi asosiy g‗oyalar
nimalardan iborat?
5. U.Mitchellning iqtisodiy sikl nazariyasining o‗ziga xosligi
nimada?
6. J.Gelbreytning ―texnostruktura‖ nazariyasining o‗ziga xosligi
nimada?
7.
Konvergensiya
nazariyasini
hozirgi
zamonga
bog‗lab
tushuntiring.
8. ―Industrial jamiyatdan keyngi jamiyat‖ konsepsiyasidagi asosiy
g‗oya nimaga qaratilgan?
275
XIII BOB. NEOLIBERALIZM VA IJTIMOIY BOZOR
XO„JALIGI
13.1. Neoliberalizm konsepsiyasi
Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davrida tovarli
iqtisodiyotning o‗ziga xosligini aks ettirganligidir. Liberalizm iqtisodiy
siyosat sifatida erkin tadbirkorlik tizimini xo‗jalikni tashkil etishning
ancha qulay shakli, deb qaragan. Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy
resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishni ta‘minlaydigan yagona
tartiblovchi mexanizm hisoblangan, davlat esa, ba‘zi bir ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit
bo‗yicha ―tungi qorovul‖).
XX asrning 30-yillari o‗rtalariga kelib keynschilikning rivoj-
lanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo‗nalish
inqirozi namoyon bo‗la boshladi. Uning natijasida: bir guruh
iqtisodchilar
o‗zlarining qarashlaridan
voz
kechgan
holda
keynschilikka qo‗shilib ketdi va bu yangi ta‘limotni ancha to‗g‗ri, deb
hisoblashdi; ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida
davlatning xarakteri, o‗rni va roli to‗g‗risidagi o‗z qarashlarini himoya
qildi va ularni qayta o‗zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil
etishdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal konsepsiyasining
asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi
ko‗rsatib berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi,
shuningdek, mazkur konsepsiyaning mohiyati va mazmuni to‗g‗risida
bir butun tushunchalar yaratildi.
Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari.
Neoliberalizm, bozor
munosabatlari tizimi xo‗jalik yuritishning ancha samarali shakli
ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o‗sish uchun eng qulay shart-
sharoitlarni
yaratib
berishi
to‗g‗risidagi
qoidaga
asoslanadi.
Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish
tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo‗jalik
tuzilmalarining yetakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi.
Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni
boshqarib boradigan, lekin o‗yinda ishtirok etishga haqqi bo‗lmagan
hakamga o‗xshatadi.
276
Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal konsepsiyasi
vakillari L.Erxardning – ―mumkin bo‗lgan barcha joyda – raqobat,
qayerda zarur bo‗lsa o‗sha yerda – tartiblash‖ qoidasiga amal qilgan
holda, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va
iqtisodiyotdagi nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida
tadbirkorlarning erkin va barqaror amal qilishga ko‗maklash zarurligini
isbotlab berdi.
Neoliberalizmning asosiy belgilari:
– bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini E‘tirof etgach,
neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni
nazorat qilish bo‗yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin,
deb hisoblaydi;
– zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta‘minlashda iqtisodiy
faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‗llab-quvvatlaydi;
– monopoliyani milliy xo‗jalikning har tomonlama rivojlanish yo‗lidagi
to‗siq, deb e‘lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik bilan
kurashning zarurligini asoslab beradi;
– o‗zini keynschilikka va xo‗jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga
asoslangan totalitarizmga qarshi raqib, deb hisoblaydi.
XX asrning 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi
iqtisodiyotni davlat tartiblashining keynschilik g‗oyalariga qarshi
davlatning iqtisodiyotga aralashuvining muqobil neoliberal chora-
tadbirlari turli mamlakatlarda ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi zamon
sharoitida ―neoliberallar‖ nomi bilan ataluvchi bir qancha maktablar
amal qiladi. Unga Chikago (M.Fridman), London (F.Xayek), Frayburg
(V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin.
“Ordoliberalizm” nima?
Ikkinchi Jahon urushidan keyin
neoliberalizm g‗oyalari eng avvalo, G‗arbiy Germaniya amaliyotida
muvaffaqiyatli qo‗llanila boshladi. Bu yerda 1948-yildan neoliberalizm
Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. O‗sha yili V.Oykenning
muharrirligi
ostida
xo‗jalik
va
ijtimoiy
tuzum
to‗g‗risidagi
neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni ―Ordo‖ nomi bilan chop
etildi. V.Oyken ishlatgan ―Ordo‖ so‗zi ―Tabiiy tuzum ... erkin bozor
xo‗jaligi‖ tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi
―Oyken maktabi‖ ta‘sirida hatto ―ordoliberalizm‖ deb atala boshladi.\
Ordoliberal konsepsiyasi asosida ―ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖ konsepsiyasi
ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar Alfred
Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va Lyudvig
Erxardlar hisoblanadi.
277
Do'stlaringiz bilan baham: |