O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Amerika postkeynschilari 
Postkeynschilik 
nazariyasining 
Amerika 
tarmog‗i  Britaniya 
tarmog‗iga  qaraganda  kengroq  yoyilgan,  ammo  uning  elementlari 
―oldindgi‖  iqtisodiyotning  olg‗a  surilgan  mavzularidagi  o‗zgaruvchilar 
sanaladi. 
Alfred 
Meixner 
megakorporatsiyalar, 
deb 
nomlagan 
firmalarning  makroiqtisodiy  tahlilini  kengaytirdi  va  bu  tahlil 
taqsimlanmagan  foydadan  ichki  investitsiyalarning  kelib  chiqishini 
ko‗rsatdi.  Shuning  uchun  investitsiya  va  jami  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotni anglab yetishda zamonaviy korporatsiyalarni tushunish talab 
etiladi.  
Pol Davidson (1930- ) o‗zining 
Money and the Real World (Pul va 
real  dunyo)
  nomli  kitobida  iqtisodiyotda  pul  tushunchasi  ahamiyatini 
tushunib  yetish  makroiqtisodiyotning  qay  darajada  ishlayotganini  va 
neoklassik iqtisodiyot uning ahamiyatini ochib bera olmasligini tushunib 
yetishda  markaziy  o‗rinni  egallashi  keltirib  o‗tilgan.  Pulning 
postkeynschilik  rolini  shakllantirishda  u 
o„zgarmas  vaqt
  va 
haqiqiy 
noaniqlik
  mavjudligini  ta‘kidlab  o‗tib,  bular  ehtimoliy  taqsimotni 
kamaytira  olmasligini  hamda  shundan  kelib  chiqib,  risk  va  aniqlik 
ekvivalentlarini 
ham 
o‗zgartira 
olmasligini 
ko‗rsatib 
o‗tdi. 
Iqtisodiyotning  mana  shunday  ikki  o‗zaro  bir-biri  bilan  bog‗liq 
xususiyatlari  ―(1)  pul,  (2)  pullik  kelishuvlar  va  qonuniy  majburlov 
tizimi, (3) og‗ir pullik ish haqi darajasi va (4) spot va forvard bozorlari 
singari 
o‗yin  nazariyasi  qonuniyatlari  va  aniq  institutlarini 


232 
 
shaklantirishda  kishilarga  yo‗lboshchi‖  bo‗lib  keladi.
47
 Shu  sababli 
institutlar 
makroiqtisodiyot 
tomonidan 
boshqariluvchi 
usullarni 
o‗zgartiradilar.  Davidsonning  qarashlari  Human  Minsky  (1919-
1997)ning  qarashlariga  mos  keladi.  Human  Minsky  moliyaviy  tizimni 
buzilish xavfi mavjud bo‗lgan ―kartochkalar uyi‖ga o‗xshatgan mashhur 
postkeynschi sanaladi.  
Postkeynschilikning  iqtisodiy  o‗sish  nazariyasi  metodologik 
masalalarga  urg‗u  beradi.  U  bozor  iqtisodchilari  yaqin  paytlargacha 
statik  masalalar  iqtisodiy  o‗sishning  bir  ko‗rinishi,  deb  kelgan  bir 
paytda,  iqtisodiy  o‗sishni  iqtisodiy  jarayonlarning  muhim  ko‗rinishi 
sifatida  ta‘kidlab  o‗tdi.  Masalan,  Roy  Xarrod  va  Evsey  Domarning 
1950-yillarda  olib  borgan  iqtisodiy  o‗sish  nazariyalari  bozor 
iqtisodiyotining  fundamental  qismi  sanalar  edi,  lekin  hozirgi  kunda  bu 
izlanishlar 
makroiqtisodiy 
darsliklarida 
kamdan  kam 
hollarda 
uchramoqda. Buning o‗rniga yangi iqtisodiyotga oid kitoblarda barqaror, 
endogen  iqtisodiy  o‗sish  ko‗rsatilmoqda.  Bu  qisman  iqtisodiy 
beqarorlikning  postkeynschilik  qarashlariga  mos  tushadi,  chunki 
Xarrod-Domar  modeli  iqtisodiyotda  muvozanat  holati  ―o‗tkir  pichoq‖ 
chegarasidagi rivojlanishni ko‗rsatishni aniqlab beradi.  
Umuman  olib  qaralganda  postkeynschilik  tatqiqotlarida  model 
shakllanmagan  sharoitlarda  konseptualizatsiyaning  o‗zgarmasligini 
ko‗rishimiz  mumkin  bo‗ladi.  Bunda  asosiy  tamoyil  iqtisodiyotning 
barqaror  bo‗lamsligiga  qaratiladi;  neoklassik  nazariya  ta‘kidlab 
o‗tganidek,  bozorning  ko‗rinmas  qo‗llari  yaxshi  ishlamaydi.  Bu  esa 
postkeynschilar  ortodoks  nazariyachilariga  qaraganda  kapitalizmning 
muammolarini 
to‗g‗rilashda 
hukumat 
qarorlarining 
ahamiyatini 
kuchliroq  bila  olganligini  anglatadi.  Postkeynschilar  o‗zlarining 
soliqlarga  asoslangan  daromad  siyosatini  (TIP)  qo‗llash  orqali  ancha 
mashhur bo‗lib ketdilar.  

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish