O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Qisman va umumiy muvozanat tahlili



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Qisman va umumiy muvozanat tahlili 
O‗z mohiyatiga ko‗ra nazariyalar va modellardagi ba‘zi elementlar 
o‗zgarmas bo‗lganligidan modelning o‗zgarishiga ta‘sir qilmaydi, degan 
taxmin  bor.  Katta  samara  bergan  laboratoriya  tekshirishlari  natijasida 
fizika kursidan ma‘lumki, tahlillarda ikkita o‗zgaruvchi mavjud bo‗ladi. 
Misol uchun, bir o‗zgaruvchi - suv massasi bo‗lsa, ikkinchisi unga ta‘sir 
qiluvchi  issiqlik,  deb  qaraladi  va  ikkinchi  o‗zgaruvchiga  ta‘siri  ko‗rib 
chiqiladi.  Agarda  takrorlanuvchi  tajribada  suv  212  daraja  Farengeytda 
qaynasa, bunday holda ba‘zi bir sabablarga asoslanib, bunda o‗zgarmas 
bosim  hal  qiluvchi  bo‗ladi,  suvni  shu  darajada  qaynaydi  deb 
hisoblaymiz. 
Iqtisodchilar  umumiy  va  nisbiy  muvozanat  modellarini  farqlovchi 
omil  bu  ulardagi  mavhumlik  darajasining  shartlariga  qarab  belgilanadi, 
deb  ta‘kidlashadi.  Nisbiy  muvozanat  tahlili  kam  sonli  o‗zgaruvchan-


208 
 
largagina o‗zgarish imkonini beradi. Umumiy muvozanat tahlili esa ko‗p 
sonli  o‗zgaruvchanlarning  o‗zgarishiga  imkon  beradi.  U  barcha 
o‗zgaruvchilarga imkon bermasada, bu modelga ta‘sir ko‗rsatadi. Bular 
iqtisodiyot  mohiyatini  belgilab  beradi.  O‗z  navbatida  mahsulot  ishlab 
chiqaruvchi  texnologiyalar  jamyatning  institutsional  tuzilishidan 
umumiy  muvozanat  modellarini  shakllantiradi.  Iqtisodiyot  mohiyati  va 
jamiyatshunoslik  fanlari  ortodoksal  nazariya  tomonidan  sanoqli 
o‗zgaruvchilar bilan cheklanib kelingan.  
Alfred  Marshallga  ergashuvchi  ko‗plab  tarafdorlar  nisbiy 
muvozanat  modellarini  qo‗llashni  o‗zlarining  xo‗jalik,  firma  va  sanoat 
tarmoqlaridagi tahlillari bilan cheklab kelganlar. Biz go‗sht mahsulotlari 
narxining  pasayishi  go‗sht  sanoatiga  qanday  ta‘sir  ko‗rsatishini  ko‗rib 
chiqamiz. 
Nisbiy 
muvozant 
yo‗nalishini 
qo‗llab, 
taxminiy 
muvozanatdan  boshlaymiz,  narx  qisqarishi  bilan  muvozanatni  buzamiz 
va  yangi  nisbatni  izga  tushiramiz.  Bu  tahlilda  iqtisodiyotning  boshqa 
kuchlari  o‗zgarmas  qilib  qo‗yilgan  va  buning  go‗sht  sanoatiga  ta‘siri 
yo‗q, deb faraz qilamiz. Mol go‗shti narxining pasayishi uning iste‘moli 
ko‗payishiga va go‗sht narxining yangi muvozanat darajasiga tushishiga 
sabab  bo‗ladi.  Tahlil  maydonini  biroz  kengaytiramiz  va  mol  go‗shti  va 
cho‗chqa go‗shti sanoatini birga olib qaraymiz.  
Mol  go‗shti  narxining  bunday  pasayishi  uning  iste‘moli  ortishiga, 
yanada  arzonroq  narxga  va  ko‗proq  mahsulot  yetkazib  berishga  olib 
keladi.  Mol  go‗shti  narxining  tushishi  cho‗chqa  go‗shtiga  bo‗lgan 
talabga  ham  o‗z  ta‘sirini  ko‗rsatadi.  Mol  go‗shti  narxi  tushishi  unga 
bo‗lgan  talabni  oshiradi  va  cho‗chqa  go‗shtiga  bo‗lgan  talabning 
tushishiga  olib  keladi:  xaridorlar  cho‗chqa  o‗rniga  mol  go‗shti  iste‘mol 
qilishadi.  Cho‗chqa  go‗shtiga  nisbatan  talabning  tushishi  uning  narxi 
pasayishiga  olib  keladi  va  bu  o‗z  o‗rnida  mol  go‗shtiga  talabning 
tushishiga  va  uning  o‗z  narxidan  yana  pasayishiga  olib  keladi.  Ikki 
mahsulot  narxi  va  talabi  o‗rtasidagi  aloqalar  ikki  sanoat  tarmoqlarida 
ham  yangi  muvozanat  o‗rnatilmagunicha  narxlardagi  o‗zgarishlar  va 
mahsuldorlikning kamayishi davom etadi. 
Bizning nisbiy muvozanat modelimizda mol go‗shti saoati boshqa 
tarmoqlardan  ajratilgan  holda  o‗rganildi.  Biz  narx-navo  tushishining 
natijalarini  oddiy  talab-taklif  chizig‗i  ko‗rinishida  taqdim  etamiz.  Mol 
go‗shti  taklifi  chizig‗i  o‗ngga  yo‗naladi  va  yangi  muvozanat  paydo 
bo‗ladi.  Lekin  agarda  mol  go‗shti  va  cho‗chqa  go‗shtining  o‗zaro 
ta‘sirlanishini chizmada ifodalamoqchi bo‗lsak, chizma biroz murakkab 
ko‗rinish oladi. 9.1-chizmadagi S va S1 chiziqlar orqali go‗sht sanoatida 


209 
 
narxlar  pasayishi  natijasidagi  o‗zgarishlarni  ko‗rishimiz  mumkin.  Bu 
narx  pasayishi  cho‗chqa  go‗shtiga  bo‗lgan  talabning  pasayishiga  olib 
keldi,  d  va  d1  chiziqlar  orqali  cho‗chqa  go‗shti  narxining  tushishini 
ko‗rishimiz mumkin. Cho‗chqa go‗shti narxining tushishi mol go‗shtiga 
bo‗lgan  talabning  pasayishiga  olib  keladi  (D  va  D1).  Bu  ikki 
mahsulotning  narxi  va talabi  orasidagi  bog‗liqlik  pastga  yo‗nalgan qiya 
chiziq orqali yakuniy muvozanatga erishgunga qadar davom etadi. 
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish