O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

ishlab chiqarish bahosi
» bilan sotiladi.  
«Ishlab  chiqarish  bahosi  sarf  qilingan  kapital  plyus  o‗rtacha 
foydani o‗z ichiga oladigan bahodir». 
Renta  nazariyasi. 
K.Marks  renta  to‗g‗risida  nazariya  yaratdi. 
Uningcha,  renta  yerga  bo‗lgan  mulkchilikni  amalga  oshirish  shaklidir. 
Yer  maydoni  cheklanganligi,  uning  yer  egalari  qo‗lida  bo‗lganligi 
sababli qishloq  xo‗jaligi  mahsulotlarini  ishlab chiqarish  bahosi  o‗rtacha 


164 
 
yerdagi  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  qarab  emas,  balki  eng  yomon 
yerdagi  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  qarab  belgilanadi.  Bu  baho  bilan 
yaxshi  yerdagi  (yoki  eng  yaxshi  sharoitdagi)  ishlab  chiqarish  bahosi 
o‗rtasidagi  farq  differensial  rentani  bildiradi.  K.Marks  differensial 
rentani  tahlil  qilib,  bu  renta  ayrim  yer  maydonlarining  hosildorligi  bir-
biridan farq qilganda, yerga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq 
qilganda hosil bo‗lishini ko‗rsatib berdi. Differensial renta ikki shaklda – 
differensial  renta  I  va  differensial  renta  II  shaklida  mavjud  bo‗ladi. 
Ijtimoiy  ishlab  chiqarish  bahosini  belgilovchi  eng  yomon  yerdagi 
mahsulotlarning  ishlab  chiqarish  bahosi  bilan  eng  yaxshi  va  o‗rtacha 
yerdagi  mahsulotlarning  individual  ishlab  chiqarish  bahosi  o‗rtasidagi 
tafovut  differensial  yer  renta  I  ning  negizi  hisoblanadi.  Yerga 
qo‗shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differensial renta II ni 
tashkil etadi. 
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal 
qilishini ko‗rsatib beradi. U absolyut rentaning paydo bo‗lishini qishloq 
xo‗jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo‗lishi bilan va yerga 
bo‗lgan  xususiy  mulkchilik  bilan  bog‗lab  tushuntiradi.  Birinchi  omil 
tufayli,  uning  fikricha,  qishloq  xo‗jaligi  mahsuloti  qimmati  uning 
«ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo‗ladi, ikkinchi omil ta‘sir 
kuchiga  ko‗ra  esa,  foyda  me‘yorini  o‗rtacha  darajaga  keltiruvchi 
«kapital  oqimi»  mexanizmi  qishloq  xo‗jaligida  amal  qilishi  mumkin 
emas. Binobarin, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining o‗z ishlab chiqarish 
baholaridan  (qo‗shimcha  qiymatning  o‗rtacha  foydadan)  ortiqchasi 
kapitalistlar  o‗rtasida  taqsimlanmaydi  (sanoatdagi  kabi),  balki 
dehqonchilikda qoladi va yer  egalari tomonidan absolyut renta shaklida 
o‗zlashtiriladi.  M.Blaugning  yozishicha,  markscha  absolyut  renta 
nazariyasi  uning  qo‗shimcha  qimmat  nazariyasi  doirasidan  tashqarida, 
qimmatning  (qiymatning)  bahoga  aylanish  zarurligi  kelib  chiqqan 
sharoitda hech qanday kuchga ega emas. 
Ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  sxemasi.
  F.Kenening  «Iqtisodiy 
jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks o‗zining takror ishlab chiqarish 
sxemasini  ishlab  chiqdi.  A.Smit,  J.B.Sey  ijtimoiy  mahsulotni 
daromadlarga  bo‗lib  (moddiy  sarflarni  mavhumlashtirgan  holda) 
ko‗rsatgan  bo‗lsa,  K.Marksda  esa  ijtimoiy  mahsulot  uch  qismga 
bo‗linadi:  doimiy  kapitalga  (k)  –  moddiy  sarflarga  (amortizatsiya, 
xomashyo,  yoqilg‗i  va  boshqalar  qiymati),  o‗zgaruvchi  kapitalga  (v)  – 
ishchi kuchini sotib olishga bo‗lgan sarflar va qo‗shimcha qiymatga (m). 


165 
 
Takror  ishlab  chiqarish  muammosini  hal  qilishda  K.Marks 
iqtisodiyotni  ikki  bo‗linmaga  bo‗ladi.  I  bo‗linma  ishlab  chiqarish 
vositalarini  ishlab  chiqarish,  II  bo‗linma  iste‘mol  buyumlarini  ishlab 
chiqarish.  Keyin  u  oddiy  va  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish 
o‗rtasidagi  farqni  ko‗rsatib  beradi.  «Oddiy  takror  ishlab  chiqarish» 
o‗zgarmas bo‗lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab 
chiqarish bir xil hajmda, o‗zgarmas bo‗lib qolishi uchun qanday shartlar 
bo‗lishi  kerak?  K.Marks  buning  uchun  quyidagi  shartlarni  ko‗rsatib 
beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo‗linmaning barcha mahsuloti 
har  ikkala  bo‗linmadagi  kapitalni  qoplash  uchun  sarflanishi  kerak:  I 
(k+v+m) = Ik+IIk. Shu bilan birga, II bo‗linma mahsuloti ish haqi fondi 
plyus  mulkdan  keladigan  daromadga  –  sof  milliy  mahsulotga  teng 
(ekvivalent)  bo‗lishi  kerak:  II  (k+v+m)=I  (v+m)+II  (v+m).  Bu  ikkala 
tenglamadan  natijada I (v+m) = IIk kelib chiqadi, ya‘ni I bo‗linmaning 
sof  mahsuloti  II  bo‗linmada  yil  davomida  iste‘mol  qilinggan  kapitalni 
qoplash uchun zarur bo‗lgan talab miqdoriga teng bo‗lishi kerak. Agar I 
(v+m)>IIk  bo‗lsa,  unda doimiy  kapitalni  qoplashga bo‗lgan  investitsiya 
sarflari  amortizatsiya  ajratmalari  miqdoridan  oshib  ketadi,  ya‘ni  sof 
investitsiya  ijobiy  bo‗ladi.  Lekin  amortizatsiya  jamg‗armalari  iste‘mol 
qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning 
pasayishini  keltirib  chiqaradi.  Keltirilgan  dalillar  ancha  puxta 
makroiqtisodiy o‗zaro bog‗liqlik borligini tasdiqlaydi. 
Keyin  K.Marks  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishni  tahlil 
qiladi.  Uning  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  sxemasini  fan-
tarixidagi iqtisodiy o‗sishning birinchi matematik modeli, deb hisoblash 
mumkin. Lekin uning kamchiliklari ham bo‘lib xususan, «kengaytirilgan 
takror  ishlab  chiqarish»ning  bir  tekisda  rivojlanib  borishining  shartlari 
aniq  ko‗rsatib  berilmagan.  Bundan  tashqari  u  sur‘at  o‗zgarmagan 
iqtisodiy o‗sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o‗sish Q (mahsulot 
miqdori)  da  hech  qanday  o‗zgarish  bo‗lishini  taqozo  etmaydi.  K.Marks 
ko‗rsatib  bergan  iqtisodiy  o‗sishning  zarur  bo‗lgan  shartlari:  I 
bo‗linmaning  milliy  daromadi  ushbu  bo‗linmadagi  ishchi  va 
tadbirkorlarning  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  II  bo‗linmadan  sotib 
olinadigan  iste‘mol  buyumlaridan  ko‗p  bo‗lishi  kerak  –  milliy 
daromadning  bir  qismi  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga  ketadi,  ya‘ni 
I(v+m)>IIk.  Shunday  qilib,  I  bo‗linmaning  mahsuloti  yil  boshidagi  har 
ikkala  bo‗linmaning  ishlab  chiqarish  vositalariga  bo‗lgan  talabidan  
ko‗p  bo‗lishi  kerak,  ya‘ni  I(k+v+m)>Ik+IIk.  Shunga  muvofiq 


166 
 
jamiyatning  barcha  milliy  daromadi  iste‘molga  sarflanmaydi,  ya‘ni 
I(v+m)+II(v+m)>II(k+v+m). 
Takror  ishlab  chiqarishning  bunday  talqini  ayrim  masalalarga 
oydinlik  kiritishda  qo‗llanishi  mumkin.  Lekin  u  shu  qadar 
cheklanishlarga 
asoslanganki, 
bu 
undagi 
barcha 
dalillarni 
kuchsizlantiradi.  Yopiq  iqtisodiyot:  barcha  mahsulotlar  «Me‘yorli 
bahoda»  sotiladi;  har  ikkala bo‗linmada  kapital  aylanish  tezligi  bir  xil; 
faqat  kapitalistlar  jamg‗aradi;  texnika  taraqqiyoti  yo‗q;  real  ish  haqi 
doimiy; bir ishchiga bo‗lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan 
tashqari  ikki  bo‗linmadan  iborat  bo‗lgan  model  o‗zgaruvchan  real 
iqtisodiyotni  tahlil  qilishda  ishonchli  vosita  hisoblanmaydi.  Kapital 
buyumlarni  ham,  iste‘mol  buyumlarini  ham  ishlab  chiqaruvchi 
ko‗pchilik tarmoqlar – masalan, toshko‗mir qazib olish, transport, kimyo 
–  u  yoki  bu  kategoriya  tushunchasiga  to‗liq  kirmaydi.  Buning  ustiga 
bunday tarmoqlar ichida kapital va iste‘mol buyumlarini kategoriyalarga 
bo‗lish vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o‗zgarishga qarab o‗zgarib 
turadi.  Natijada  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishning  markscha 
shartlari  deyarli  o‗z  kuchini  yo‗qotadi.  Shunday  bo‗lsada,  tenglama 
K.Marks  tizimida  alohida  o‗rin  tutadi.  U  iqtisodiy  o‗sish  bir  tekisda 
borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy bo‗lishi to‗g‗risida 
fikr yuritishga imkon beradi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish