O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

zarur  ish  vaqtida
»)  o‗z  qiymatiga  teng  qiymat  yaratadi, 
keyingi  5  soat  mobaynida  («
qo„shimcha  ish  vaqtida
»)  esa  qo‗shimcha 
mahsulot  yoki  qo‗shimcha  qiymat  yaratiladi.  Kapitalist  bu  qo‗shimcha 
qiymatni  haq  to‗lamasdan  o‗zlashtirib  oladi.  K.Marks  bo‗yicha, 
kapitalist  tomonidan  qo‗shimcha  qiymatning  o‗zlashtirib  olinishi 
mehnatning  ekspluatatsiya  qilinishidir.  K.Marks  o‗zi  ishlab  chiqqan 
«formula»  yordamida  ushbu  ekspluatatsiya  darajasini,  ya‘ni 
ekspluatatsiya me‘yorini ko‗rsatib berdi. Qo‗shimcha qiymatning ishchi 
kuchi qiymatiga - o‗zgaruvchi kapitalga bo‗lgan nisbatini (mashinalar va 
xomashyoda  ifodalangan  doimiy  kapital  esa  o‗z  qiymatini  faqat  yangi 
mahsulotga o‗tkazishi mumkin, lekin qo‗shimcha qiymat yaratmaydi) u 
qo„shimcha  qiymat  me‟yori,
  deb  atadi.  Uning  yozishicha,  «qo‗shimcha 
qiymat  me‘yori  ishchi  kuchining  kapital  tomonidan  yoki  ishchining 
kapitalist tomonidan eksplutatsiya qilinish darajasining aniq ifodasidir». 
Qo‗shimcha  qiymat  me‘yori  yangidan  yaratilgan  qiymatning  kapitalist 
bilan yollanma mehnat o‗rtasida qanday taqsimlanishini, shuningdek, ish 
kunining qancha qismida ishchi o‗zi uchun va qancha qismida kapitalist 
uchun ishlashini ko‗rsatib beradi. 
Yuqorida  qayd  qilib  o‗tilganidek,  ishchi  «zarur  ish  vaqti»da  o‗z 
ishchi  kuchi  qiymatiga  teng  qiymat  yaratadi,  «qo‗shimcha  ish  vaqti»da 
esa  qo‗shimcha  qiymat  yaratadi,  ya‘ni  kapitalist  uchun  ishlaydi: 
kapitalist  qo‗shimcha  ish  vaqtini  uzaytirishga  harakat  qiladi.  Unga 
erishishning ikki yo‗li mavjud: ish kunini uzaytirish va zarur ish vaqtini 
qisqartirish.  Ish  kunini  mutlaq  uzaytirish  yo‗li  bilan  olinadigan 
qo‗shimcha qiymatni K.Marks 
«absolyut qo„shimcha qiymat»
 deb atadi. 
«Absolyut qo‗shimcha qiymat hosil qilish, – deb yozadi u – ish kunini 
ishchi faqat o‗z ishchi qiymatining ekvivalentini ishlab chiqara oladigan 
chegaradan  nariga  uzaytirishdan  va  bu  qo‗shimcha  mehnatni  kapitalni 
o‗zlashtirib olishdan iborat». 
Zarur  ish  vaqtini  qisqartirish  va  shunga  muvofiq  qo‗shimcha  ish 
vaqtini  uzaytirish  yo‗li  bilan  olinadigan  qo‗shimcha  qiymatni  K.Marks 
“nisbiy  qo„shimcha  qiymat”,
  deb  atadi.  Bu  yerda  shu  narsaga  e‘tibor 
berish  kerakki,  ya‘ni  qiymat  qonuniga  xilof  ish  qilmaslik  uchun 
ekvivalentli  ayirboshlashning  buzilmasligi  kapitalist  ishchi  kuchi 
qiymatiga  nisbatan  ish  haqini  kamaytirish  hisobiga  zarur  ish  vaqtini 
qisqartirishi mumkin emas. Ammo ishlab chiqarishni yaxshi tashkil etish 


161 
 
va  samarali  texnika  va  texnologiyani  qo‗llash  tufayli  mehnat 
unumdorligini oshirish yo‗li bilan bunga erishish mumkin. 
Kapitalist  o‗z  foydasini  ko‗paytirish  maqsadida  fan  va  texnika 
yutuqlaridan  ishlab  chiqarishda  ko‗proq  foydalanishga  harakat  qiladi. 
Ayrim  kapitalistlar  tomonidan  fan-texnika  taraqqiyoti  natijalarini 
amaliyotda qo‗llash o‗rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga 
olib keladi, bu esa unga foydani ko‗paytirish imkonini beradi. Bu yerda 
«
ortiqcha  qo„shimcha  qiymat
»  vujudga  keladi.  Ammo  raqobat  qonuni 
asosida  boshqa  kapitalistlar  tomonidan  ham  yangiliklarning  ishlab 
chiqarishda  qo‗llanilishi  natijasida  bozor  bahosi  pasayadi  va  ortiqcha 
qo‗shimcha  qiymat  yo‗q  bo‗lib  ketadi.  Demak,  qo‗shimcha  qiymat 
ishlab  chiqarish  tadbirkorlarni  yangi  texnika  va  texnologiyalarni 
qo‗llashga undaydi. 
Ish  haqi. 
K.Marks  ish  haqini  klassik  siyosiy  iqtisod  asoschilariga 
o‗xshab  mehnat  uchun  to‗lanadigan  haq,  deb  emas,  balki 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish