sintetik usul bilan juda kuchli (orttirma daraja) — analitik usul
bilan ifodalangan. Fe’lning o'tgan zamon kategoriyasi o'zbek
tilida sintetik (U keldi. Men bordim kabi) va analitik (U borib
keldi. Men yozib oldim kabi) usulda ifodalanishi mumkin.
Ingliz va nemis tillarida fe’llaming majhul nisbatini va turli
o'tgan va kelasi zamon shakllarini ifodalash uchun analitik
usuldagi grammatik kategoriyalar juda ko'p qo'llanadi:
I have gone — Men bordim.
I have been given — Menga berishdi.
She will go — U boradi.
We shall be studying — Biz o'qiyotgan bo'lamiz.
Grammatik kategoriyalarda sintetik va analitik usullardan
qaysinisi ko'proq ifodalanishiga ko'ra morfologik jihatdan sin
tetik va analitik tillar farqlanadi. Lekin bunday usullar o'rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: |