9
«Davlat va mahalliy organlarida amalga oshiriladigan xizmat, –
Yu.N.Starilovning fikricha, – bu ommaviy xizmat bo‘lib, ommaviy hokimiyat
organlarida amalga oshiriladi. Davlat xizmati – davlat korxonalari, muassasalari,
tashkilotlari va birlashmalarida amalga oshiriladigan xizmatdir. Xususiy
tashkilotlarning, korxonalarning, banklar va boshqa korxona va tashkilotlarning
xizmatchilarini, faqatgina ijtimoiy nuqtai nazardan, xizmat munosabatlari tizimiga
kiritish mumkin. Oxirgi vaqtlarda ko‘pgina rivojlangan davlatlarda xalq deputatlari
tomonidan olib borilayotgan xizmat professional ish sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Lekin deputatlar davlat xizmatchilari hisoblanmaydilar. Davlatda oliy mansablarni
egallab turgan shaxslar ham (Prezident, vakillik va ijro hokimiyati organlarining
rahbarlari, vazirlar va h.k.lar) davlat xizmatida emas. Ular ommaviy-huquqiy
xizmat maqomiga ega hamda o‘z vazifalarini ma’lum bir davrda amalga
oshirishlari mumkin.»
1
V.M.Manoxin tomonidan davlat xizmatiga berilgan tushunchani ko‘pgina
yuridik adabiyotlarda uchratish mumkin. Jumladan, uning fikricha, davlat xizmati
– bu davlat organlarini va boshqa tashkilotlarini tashkil etish va huquqiy tartibga
solish bo‘yicha davlat faoliyatining bir bo‘lagi hisoblanadi, dalat organlari va
tashkilotlarining faoliyati esa davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga
oshirishga qaratiladi.
2
B.M.Lazarev esa, yuqoridagi ta’rifga nisbatan o‘zining quyidagi fikrlarini
bildiradi: birinchidan, mazkur ta’rifda davlat xizmati davlat xizmatchisi atamasi
bilan belgilangan; ikkinchidan, davlat xizmatchilari nafaqat davlat funksiyalarini,
balki boshqa faoliyat turini ham amalga oshiradilar; uchinchidan, davlat xizmati
hamda uni tashkil etish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat umumlashtirilgan.
Davlat xizmati – bu davlatga xizmat qilish, ya’ni uning talabi bilan ma’lum bir pul
mukofoti evaziga davlat organida davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni
amalga oshirish bo‘yicha bo‘ladigan faoliyatidir.
3
Yuridik adabiyotlarda davlat xizmati tushunchasining keng va tor doirada
ko‘rib chiqilganligini ham ko‘rish mumkin. Masalan, A.P.Alexin va Yu.M.Kozlov
davlat xizmati tushunchasiga to‘xtalib, keng ma’noda davlat xizmatining davlat
xizmatchilari tomonidan davlat organlari, muassasalari va korxonalarida, tor
ma’noda esa, faqatgina davlat organlarida amalga oshirilishini ko‘rsatib o‘tadilar.2
Yuridik adabiyotlarda davlat xizmati mazmun-mohiyatini ochib berishga
qaratilgan bir necha o‘ziga xos xususiyatlar ham nazarda tutilgan. Jumladan,
Yu.A.Dmitriev fikricha3, davlat xizmati quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga qarab
boshqa mehnat faoliyatidan ajralib turadi:
Do'stlaringiz bilan baham: