“byudjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti “elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi


Davlat xizmati tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va turlari



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/253
Sana02.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#306224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
6e1943bf9202a223d165053a6e9973c7837e26ba

Davlat xizmati tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va turlari
Davlat  xizmati  mohiyatini  va  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  aniqlashdan  oldin, 
insonlar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  ijtimoiy  foydali  mehnat  faoliyati  turlari 
to‘g‘risida tushuncha hosil qilish lozim.
Yuridik  adabiyotlarda,  insonlar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  ijtimoiy 
foydali  mehnat  faoliyati  fuqarolar,  jamiyat  va  davlat  manfaatlari  yo‘lida  turli 
(davlat,  nodavlat)  tashkilotlar  tomonidan  qonun  hujjatlari  doirasida  amalga 
oshiriladigan  xatti-harakatlar  sifatida  ta’riflab  o‘tilgan  bo‘lib,  shartli  ravishda  bir 
necha guruhlarga bo‘lingan:
˗
tovarlar, moddiy boyliklar ishlab chiqarish, ma’lum bir xizmatlar 
ko‘rsatish;
˗
nomoddiy (ma’naviy) boyliklar yaratish (masalan, kitoblar, maqolalar 
yozish, kino va videofilmlar yaratish, ssenariylar tayyorlash);
˗
ijtimoiy-madaniy faoliyat (ta’lim berish, sog‘liqni saqlash va h.k.lar);
˗
davlat xizmati, ya’ni jamiyatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatish:
˗
ijtimoiy-madaniy  (ta’lim,  sog‘liqni  saqlash,  fan,  madaniyat,  mehnat  va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish) sohalarni boshqarish;
˗
iqtisodiyot  (sanoat,  qishloq  va  suv  xo‘jaligi,  qurilish,  transport,  aloqa, 
xizmat ko‘rsatish) sohalarini boshqarish;
˗
ma’muriy-siyosiy  (mudofaa,  davlat  xavfsizligi,  adliya,  ichki  ishlar,  tashqi 
ishlar) sohalarni boshqarish1;
˗
nodavlat,  jamoat,  diniy,  xalqaro,  xorijiy  tashkilotlar  tomonidan  xizmat 
ko‘rsatish; 
˗
jamiyatning  turli  sohalarida  ma’lum  bir  ehtiyojlarni  qondirish  maqsadida 
ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanish va boshqalar.
Huquqshunos  olim  D.N.Baxraxning  fikricha:  «Insonlarning,  shuningdek, 
davlat  va  jamiyatning  maqsadga  muvofiq  faoliyat  yo‘nalishlaridan  biri  –  bu 
xizmatdir. Bu tushuncha turli ma’nolarda: insonning faoliyat turi, ijtimoiy-huquqiy 
institut, davlat organlarining maxsus tizimi ma’nosida ishlatilishi mumkin. Xizmat 
– boshqaruvdan, davlat faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni ta’minlashdan, 
aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatishdan iborat.»2
Xizmatchi  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirish  jarayonida  o‘ziga  xos 


8
munosabatlarga  kirishadi.  Bu  munosabatlarning  mazmunini  xizmat  turi  hamda 
xizmat olib borilayotgan tashkilotning xususiyatlari belgilab beradi.
Xizmat  munosabatlari  davlat-xizmat  munosabatlariga  yoki  jamoat 
birlashmalarida  va  boshqa  nodavlat,  xususiy,  tijorat  tashkilotlarida  amalga 
oshiriladigan xizmat munosabatlariga bo‘linishi mumkin.
Xizmatchilarning  qanday  lavozim  egallashi  va  qaysi  tashkilotda  o‘z 
majburiyat va vazifalarini bajarishiga qarab, ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
˗
davlat organlarining xizmatchilari;
˗
mahalliy organlarining xizmatchilari;
˗
davlat  korxonalari,  muassasalari,  tashkilotlari  va  birlashmalarining 
xizmatchilari;
˗
nodavlat tashkilotlarning xizmatchilari;
˗
jamoat birlashmalarining xizmatchilari va h.k.lar.
Huquqshunos  olim  Yu.M.Kozlov,  barcha  xizmatlar  ichida  davlat 
xizmatining  tutgan  o‘rniga  to‘xtalib,  uni  davlat  organlarida  amalga  oshiriladigan 
hamda  ishchilarining  mehnatidan  mazmuni  va  shakli  jihatidan  farq  qiladigan  har 
qanday  faoliyat  sifatida  ta’riflaydi.  Davlat  xizmatiga  bunday  yondashish  mehnat 
faoliyatining  ikki  shakliga  asoslanadi:  birinchidan,  bevosita  moddiy  boyliklarni, 
tovarlarni  yaratish  (ishlarni  bajarish);  ikkinchidan,  boshqaruvni,  rahbarlikni, 
kontrol va nazoratni amalga oshirish.3
Yuridik  adabiyotlarning  tahlili,  davlat  xizmati  tushunchasiga  bir  necha 
ma’nolarda yondashishni taqazo etadi:

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish