“byudjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti “elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/253
Sana02.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#306224
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   253
Bog'liq
6e1943bf9202a223d165053a6e9973c7837e26ba

 
ostida bo‘lish prinsipi;
b) 
yuqori turuvchi davlat organi
 
(davlat xizmatchisi)
 
tomonidan chiqarilgan 
qarorlarning
 
quyi  turuvchi  davlat  organi  (davlat  xizmatchisi)  uchun  majburiyligi 
prinsipi;


46
v) 
davlat  xizmatchilariga  qo‘yiladigan  umumiy  talablarning  yagonaligi 
prinsipi;
g) 
davlat xizmatida oshkoralik prinsipi;
d) 
qabul qilingan qarorlar va funksional vazifalarni bajarish yuzasidan davlat
 
xizmatchilarining javobgarligi prinsipi;
ye

davlat xizmatchilarining ijtimoiy himoyalanganligi pritsipi va h.k.lar.
3) sohaviylik  yoki  aniq  institutsional  prinsiplar.  Mazkur  guruh  prinsiplari 
barcha  davlat  xizmatchilariga  emas,  balki  ayrim  soha  xizmatchilariga  taalluqli 
bo‘lishi  yoki  ma’lum  bir  davrga  qaratilgan  bo‘lishi  yoxud  ma’lum  bir  holat  va 
vaziyat  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  attestatsiya  jarayonida  davlat 
xizmatchilari faoliyatini xolisona baholash prinsipi va h.k.lar. Sohaviylik yoki aniq 
institutsional  prinsiplar  qonunosti  hujjatlarida  o‘z  ifodasini  topadi  va  aniq 
sub’ektlar doirasiga qaratiladi. 
Qonuniylik  –  davlat  mexanizmining  barcha  bo‘g‘inlari  (davlat  organlari, 
davlat  tashkilotlari,  davlat  xizmatchilari),  fuqarolik  jamiyati  (jamoat,  diniy  va 
boshqa birlashmalar), shuningdek, fuqarolar uchun majburiydir.
Qonuniylik  –  bu  yuqori  sifatli  huquqiy  normalarning  yetarlicha  mavjud 
bo‘lishi va barcha huquq sub’ektlari tomonidan unga qat’iy rioya etishidir.
Konstitutsiya  va  qonunlarning  pirovard  maqsadi  inson,  uning  huquq  va 
erkinliklarini  ta’minlashdan  iborat  bo‘lmog‘i  lozim.  Zotan  ulug‘  bobokalonimiz 
Amir Temur ta’kidlaganidek, “Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik 
bo‘ladi”.
Qonuniylik  aholi  madaniy  darajasi  bilan,  davlat  organlari,  jamoat 
birlashmalari,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolarning  huquqiy  ongi  va  huquqiy 
madaniyati  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Insonlarning  huquqiy  ongi  va  huquqiy 
madaniyati qancha yuqori bo‘lsa, qonuniylik va huquq tartibot ta’minlanadi, qonun 
buzilishi shunchalik kam bo‘ladi.
Aholining  huquqiy  ongi  va  huquqiy  madaniyatini  rivojlantirish  uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda “Jamiyatda 
huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  milliy  dasturi”
15
  to‘g‘risidagi  qarori  ham  qabul 
qilindi.  Milliy  dasturning  asosiy  vazifasi  sifatida  –  huquqiy  ta’lim  va  huquqiy 
tarbiya  tizimini  takomillashtirib,  keng  xalq  o‘rtasida  huquqiy  tarbiyani 
mustahkamlab, aholi madaniy darajasini ko‘tarish vazifasi belgilab qo‘yildi;
2)
qonuniylikning  yagonaligi  prinsipi.  Bu  prinsip  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududida  qonunlar  bir  xilda  qo‘llanilishini,  barcha  fuqarolarning  qonun  oldida 
tengligini anglatadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  18-moddasiga  binoan 
O‘zbekiston  Respublikasida  barcha  fuqarolar  bir  xil  huquq  va  erkinliklarga  ega 
bo‘lib,  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e’tiqodi,  shaxsi  va 
ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Konstitutsiyaning  35-moddasiga  binoan  esa,  har  bir  shaxs  bevosita  o‘zi  va 
boshqalar  bilan  birgalikda  vakolatli  davlat  organlariga,  muassasalariga  yoki  xalq 
vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Demak, 
15
 
Ўзбекистон
 
Республикаси
 
Олий
 
Мажлисининг
 
Ахборотномаси.
 1997, 
№9.


47
fuqarolarning  siyosiy  faolligi  davlat  organlariga,  ularning  mansabdor  shaxslariga 
murojaat qilishi orqali ham amalga oshiriladi;
5)
davlat  xizmatining  demokratik  jarayonlar  bilan  bog‘langanligi  prinsipi. 
Davlat  xizmati  demokratiya  bilan  uzviy bog‘liqdir.  Xalq davlat  hokimiyatini  o‘zi 
ishonch  bildirib  saylagan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  va  O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti hamda hokimiyat organlari orqali amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va 
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
8)
javobgarlik  prinsipi.  Qonunchilikda  davlat  organlarining,  uning 
mansabdor  shaxslarining  va  fuqarolarning  qonun  talablariga  rioya  etilishini 
ta’minlash maqsadida, majburlov choralari ham o‘rnatiladi. Bu nafaqat davlatning, 
balki  jamiyatning  ham,  alohida  shaxslarning  ham  huquqlari  va  qonuniy 
manfaatlarini himoya qiladi.
Ushbu  prinsip  davlat  organlari,  ularning  mansabdor  shaxslarining  berilgan 
vakolat doirasida javobgarlikka tortilishi mumkinligini nazarda tutadi;
9)
kollegiallik  prinsipi.  Amaldagi  qonun  hujjatlarini  tahlil  qilish  shuni 
ko‘rsatadiki,  davlat  organlarida  yakka  tartibda  amalga  oshiriladigan  boshqaruv 
bilan bir vaqtda, kollegial boshqaruv ham mavjuddir. Davlat organlarining deyarli 
barchasida  turli  ko‘rinishdagi  kengash  va  hay’atlar  tashkil  etilgan.  Kengash  va 
hay’atlar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  boshqaruv  kollegial  boshqaruv 
hisoblanadi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish