deyarli hamma vaqt jamoa holda amalga oshiriladi. Syujetli va rollarga bo‘linib
o‘ynaladigan o‘yinlar bolalarning ko‘pgina psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik
sifatlarini rivojlan-tirishga yordam beradi. O‘yin sharoitining o‘ziyoq bolalar
diqqatini atrofdagi narsa va hodisalarga faol yunaltiri shini talab qiladi. Bu esa,
o‘yin faoliyati davomida bola-larni nihoyatda faollashtiradi, ya’ni ular kuzatuvchan,
16
tez esda olib qoladigan, har bir narsani atroflicha va chuqur tahlil qiladigan
bo‘ladilar.
Syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlar o‘yin jarayonida
bolalarning bir birlari bilan faol munosabatda bo‘lishlariga imkon yaratadi. Bu
bolalar nutqining tez rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, syujetli va rollarga
bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning o‘z qonun - qoidalari mavjud. Bu qonun -
qoidalarga rioya qilishda bolalar o‘z iroda kuchlarini ishga soladilar. Binobarin,
o‘yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham rivojlanadi. Turli
yoshdagi bog‘cha bolalarining o‘yin faoliyatlari ularning barcha aks ettirish, ya’ni
psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, xarakter
xislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. SHu narsa harakterliki, bog‘cha yoshidagi
bolalarning turli - tuman o‘yin faoliyatlari sekin - astalik bilan ularni o‘qish
faoliyatiga tayyorlaydi.
Bolalar o‘yin faoliyatlarining mohiyati rus psixologlaridan L.S. Vigotskiy,
S.K.Rubinshteyn, A.N.Leont
ьev, E.A.Arkin, D.B. Elkonin va boshqalarning
asarlarida ilmiy asosda yoritib berilgan. Rus psixologlari o‘z asarlarida burjua
psixologlarining o‘yin nazariyalarini qattik tanqid ostiga olishlari bilan birga bolalar
o‘yin faoliyatlarining mohiyatini materialistik asosda ilmiy nuqtai nazardan
tushuntirib berganlar. Bu jihatdan, xususan, S.K.Rubinshteyn, A.N.Leont
ьev,
E.A.Arkinlarning asoslari diqqatga sazovordir.
Ma’lumki, bolaning yoshi ulgayib mustakil xarakat kilish imkoniyati oshgan
sari uning atrofidagi narsalar va xodisalar dunyosi xam kengayib boradi. Bolaning
maktabgacha yoshdagi davrida uning faoliyat doirasidagi kuchi etadigan xaddi
sigadigan narsalardan tashkari kattalarni faoliyatlari ya’ni ularni xol mutloko
xaddilari sigmaydigan, jismoniy jixatdan kuchlari etmaydigan narsalar xam bor.
Psixik tarakkiyotning mana shu boskichida bolalar uchun mavxum nazariy faoliyat,
ya’ni nazariy yul bilan bilish faoliyatining bulishi mumkin emas.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning atrofidagi narsalarni bilish faoliyatining
fakat bevosita xarakat kilish shaklida buladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
xaddan tashkari faol ekanliklarining sababi xam ana shundandir.
17
Maktabgacha yoshdagi bola atorofidagi narsalar bilan bevosita amaliy
munosabatda bulishga intiladi. Bu urinda shu narsa xarakterliki bola bilishga
tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalar bilangina emas balki
kattalar uchun mansub bulgan uzining kuchi xam etmaydigan narsalar bilan xam
amaliy munosabatda bulishga intiladi. Buni natijasida bolalarda xaddan tashkari tez
ortib borayotgan turli extiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari urtasida keskin
karama-karshilik yuzaga keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiyojlari
bilan ularning tor imkoniyatlari urtasida karama-karshilik kanday yul bilan xal
kilinadi?- Bu karma-karshilik fakat birgina faoliyat orkali, ya’ni bolaning o‘yin
faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: