SHAMFOR NIKOLA SEBASTIAN ROK
(1741-1794)
Frantsuz faylasufi Shamfor klermonlik ruhoniyning farzandi bo‘lib, kollejda tarbiya
olayotgan chog‘idayoq zukkoligi bilan boshqalardan ajralib turardi. Shamfor kollejni
bitirgach, abbatlik martabasiga ega bo‘lgan, ammo bu uni zarracha quvontirmagan.
Faylasuf muhtojlik nimaligini juda erta anglab yetdi. U 1761 yildan boshlab Kyolnda,
keyinroq Parijda aslzoda xonadonlarda o‘qituvchilik qilgan. Garchi boshlagan ishi katta
ruhoniylik martabasiga erishish uchun munosib bo‘lsa-da, Shamfor yozuvchilikni ma’qul
ko‘rgan.
U bitgan qasidalar, quvnoq qissalar, fojia asarlar aslzodalar jamiyatiga yo‘l ochdi:
Frantsiya qiroli va qirolichasining iltifotiga ko‘ra, unga maosh tayinlandi. Shahzoda esa
Shamforga kotiblik lavozimini taklif etdi. 1781 yilda Shamfor Frantsiya akademiyasiga
a’zo bo‘ldi. Bora-bora kiborlar jamiyatining chin vakiliga aylandi. Saroyning e’tiborli
Do'stlaringiz bilan baham: |