www.ziyouz.com
кутубхонаси
127
AKVINOLIK FOMA
(1225-1274)
Italiyalik faylasuf va ilohiyotchi olim Foma Akvino yaqinida joylashgan Rokkasekka
qal’asida dunyoga keldi. Uning otasi graf Landolf Akvinskiy qirol Fridrix II saroyida ritsar
bo‘lgan.
Foma Neapol dorilfununining tayyorlov kulliyotida falsafa va mantiq ilmini o‘rgandi. U
17 yoshida Parijga jo‘nadi va uch yil davomida o‘z davrining nihoyatda mashhur olimi
Buyuk Albert fon Bolshtedt qo‘lida tahsil oldi.
Foma 1249-1251 yillarda ustozi Buyuk Albertga ergashib, Kyoln shahriga boradi va u
yerda talabalarga ilohiyotdan saboq beradi. 1252 yilda esa Parijga qaytadi va Parij
dorilfununida yirik ilohiyotchi olim sifatida ish boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay shogird
ustozdan o‘zib ketadi. Foma Buyuk Albertni yo‘lda qoldirib, o‘z ilmi bilan hammani
hayratga soldi. Dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab nasroniy o‘spirinlar uning
Do'stlaringiz bilan baham: |