adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga bag‘ishladi.
G’azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli
uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan ba’zilarini sanab o‘tamiz:
«Faylasuflarning maqsadlari», «Faylasuflarning raddiyasi», «Din haqidagi fanning
tug‘ilishi», «Olam javoni» va h.k.
* * *
Imom G’azzoliy juda ko‘pni ko‘rgan, o‘qigan va bilgan zot bo‘lishiga qaramay, uni faqat arab shoiri
Labidning mana bu misrasi zavqlantirgan: «Ollohdan o‘zga hammasi yolg‘on emasmi?»
* * *
Aqoid ilmining bilimdonlaridan biri Suyutiy Imom al G’azzoliy haqida shunday yozgandi: «Agar
Muhammad alayhissalomdan keyin yana bir payg‘ambar dunyoga kelishi mumkin bo‘lganda, bunday
saodat shubhasiz al G’azzoliyga nasib etardi».
* * *
«Ollohni anglashdan avval o‘zni anglamoq joiz», — deydi G’azzoliy.
* * *
Ko‘rgan narsangnigina qabul et, eshitganlaringni unut: Quyosh bosh ko‘targach, Zuhalni tomosha
qilishdan bizni mahrum qiladi.
* * *
Shubha haqiqatga olib boruvchi yo‘ldir. Kim shubhalanmas ekan, hech narsani ko‘ra olmaydi.
Ko‘rishdan mahrum odam esa tushunolmaydi. Tushunishdan mahrum kimsa misoli so‘qir kabi yo‘ldan
adashadi.
* * *
Avvalo shuni tushunib olish joizki, Olloh haqidagi bor haqiqatni va Uning ulug‘vor mohiyatini faqat
Ollohning O’zigina biladi. Bundan hayron bo‘lmaslik joiz: farishtalar haqidagi haqiqatni farishta,
payg‘ambarlar to‘g‘risidagi haqiqatni payg‘ambargina bila oladi. Hatto shogird to ustozining darajasiga
yetolmas ekan, uni chinakamiga tushunolmaydi. U ustozining darajasiga yetgandan keyingina o‘zini
ustozi kabi anglay boshlaydi...
* * *
Tirik mavjudotlarning quyi darajadagi turlari: chumoli va chivinlarni ham faqat chumoli hamda
chivinlargina anglay oladi. Afsuski, faqat insongina o‘zi haqida haqiqiy bilimga ega emas. Biz o‘zimizni
faqat sirtdan — u yoki bu qilmishimiz va tashqi qiyofamiz orqali bilamiz. Ruhiy mohiyatimizni bilishga
urinmaymiz.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
120
* * *
Payg‘ambarimiz shunday degandilar: «Uch narsadan: shubha-gumondan, yomon xayollardan va
havasdan hech kim qutulolmaydi. Men sizga ulardan xalos bo‘lish yo‘lini aytaman. Agar
gumonsirasang tekshirma, yomon xayollar kelsa, ulardan qoch, havasing kelgan narsaga ega bo‘lish
istagidan o‘zingni tiy».
* * *
Payg‘ambardan so‘radilar: «Xalqlarning kulfatiga nimalar sabab bo‘ladi?» U zot shunday javob
qaytardilar: «Manmanlik, gerdayish, takabburlik, raqobat, tarqoqlik va hasad xalqlarga kulfat keltiradi.
Ana shular tufayli avval xalqlar o‘rtasida ajralish yuz beradi, so‘ngra tartibsizlik boshlanadi».
* * *
Uchta olam mavjuddir: ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniy olam bo‘lsa, har ikkisining orasidan
yana bir olam — ruhiy olam o‘rin olgan.
* * *
Buyuk va qudratli Tangri barcha bandalariga murojaat qilib: «Ilmni sizlarga oz miqdorda berdim»,
dedi.
Darvoqe, olamdagi barcha tafakkur egalari yig‘ilishib bosh qotirganda ham loaqal Uning chumoli va
chivinni qay tariqa yaratganiga oid ilmi va zakosini anglab yetolmaydilar, bu masalaning o‘ndan birini
ham yecholmaydilar. Inson faqat Olloh buyurgan ilmnigina egallashga qodir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |