uradi. Epiktetning oyog‘i sinib, bir umrga oqsoq bo‘lib qoladi.
68 yilda 30 yoshli imperator Neron vafot etadi. Yangi hukmdor Domitsian uning
tanqo‘riqchisi Epafroditni qatl qiladi. Egasining o‘limidan so‘ng Epiktet qullikdan ozod
bo‘ladi. U faylasuflar Evrat va Muzoniy Ruf qo‘lida tahsil oladi.
Epiktet faylasuflarga xos qashshoqlikda kun kechiradi. U doimo: «Sabr qil va chida!»
— degan naqlni takrorlashni xush ko‘rardi. Epiktet yoddan ta’lim olib, nutqini ham
qog‘ozga tushirmasdan yodaki bayon etgan.
* * *
Eng muhimi — Xudoning mavjudligi va U butun Koinotni donishmandlik ila boshqarib turmog‘iga
komil ishonch bilan qaramoqlik lozim. Sen Unga bo‘ysun, ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga qarshilik
ko‘rsatmay, barchasiga tan ber.
* * *
Men nimaman? Insonman. Agar o‘zimga boshqa narsalardan alohida va mustaqil bir jon deb
qaragudek bo‘lsam, u holda men so‘zsiz uzoq umr ko‘rishim, boy-badavlat, baxtiyor va sog‘lom hayot
kechirishim kerak. Agar o‘zimga butunning kichik bir zarrasi sifatida qaragudek bo‘lsam, u holda ana
shu butunga nisbatan har qanday xastalikka, muhtojlikka bo‘ysunishim yoki hatto bevaqt o‘limga ham
shay turmog‘im lozim. Shunday ekan, mening noshukrlik qilishga haqqim bormi? Axir men noshukrlik
tufayli yurishdan bosh tortib, tanadan ajralib qolgan oyoq kabi insonlikdan mahrum bo‘lib qolish
mumkinligini yaxshi bilaman-ku!
* * *
Sen dramada ishtirok etayotgan bir aktyor ekanligingni, katta yoki kichikligidan qat’i nazar, muallif
tomonidan topshirilgan rolni o‘ynashing kerakligini unutma. Agar u sening qashshoq timsolini
o‘ynashingni istasa, bu vazifani sidqidildan bajar. Biror nogiron kimsa yoki hukmdor, yo bo‘lmasa
oddiy fuqaro timsolini ham astoydil ado et. Sening vazifang zimmangga yuklatilgan rolni yaxshilab
bajarishdan iborat. Rollarni taqsimlab berish esa o‘zganing ishi.
* * *
Shuni yodda tutgilki, agar inson baxtsiz ekan, bunga uning o‘zi sababchi. Chunki Xudo barcha
odamlarni baxt uchun yaratgan.
* * *
Bizning qalbimiz suvli idishga, fikrlarimiz esa suvga tushayotgan nurga o‘xshaydi. Idishdagi suv
chayqalganda, unga tushayotgan nur ham chayqalib, sinayotgandek tuyuladi. Aslida esa bunday
emas. Qalb hayajondan junbushga kelganda go‘yoki fikrlarimiz ham chalkashib, zaiflashgandek
bo‘ladi. Ammo qalb osoyish topgach, fikrlarimiz ham o‘sha zahoti asliga qaytadi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
98
* * *
Voqealar o‘zing istagan tarzda sodir bo‘lishini talab etma. Inson voqea-hodisalarni boshqara
olmasligini, aksincha, unga moslashmog‘i kerakligini doimo yodda tut. Ana shunda baxtiyor
yashaysan.
* * *
Falsafa maktabi kasalxonaga o‘xshaydi. Siz uni xush kayfiyatda emas, balki og‘riq bilan tark etasiz.
* * *
Mavjud narsalarning ba’zi birlari bizning hukmimizda bo‘lsa, boshqalari ixtiyorimizdan
tashqaridadir. Biz xohish-istaklarimiz, irodamiz, intilish va tonishlarimizga, jamiki xatti-
harakatlarimizga hukmronmiz.
Bizning hukmimizdagi narsalar tabiatan erkin bo‘lib, to‘siq va cheklashlar nimaligini bilmaydi.
Hukmimiz tashqarisida qolgan barcha narsalar zaif, mute, turli to‘siq va tazyiqlarga mahkumdir. Bas,
shunday ekan, bir o‘ylab ko‘ring: agar siz tabiatan mute va tazyiqlarga mahkum narsalarni o‘zingizniki
qilib olgudek bo‘lsangiz, albatta to‘siqlarga, turfa tashvishlaru notinchliklarga duch kelasiz. Tangridan
va odamlardan norozi bo‘laverasiz. Agar siz, aksincha, faqat tabiatan o‘zingizga tegishli
narsalargagina egalik qilib, tazyiqlarga mahkum narsalarni begona sanasangiz, u holda sizni hech kim
hech narsaga majburlay olmaydi va maqsadingiz yo‘lida to‘sqinlik qilolmaydi. Natijada sizga biror
ziyon yetkazishmagani bois hammadan minnatdor bo‘lib yashaysiz.
* * *
Meni ko‘ring: na fuqarolik huquqim, na bir boshpanam, na davlatim va na qulim bor. Tunlari ochiq
osmon ostida uxlayman. Xotinim, farzandlarim ham yo‘q. Mening mana shu yer, osmon va
yopinchig‘imdan o‘zga hech vaqom yo‘q. Xo‘sh, menga yana nima kerak? Hech narsa. Chunki men
erkinman. O’zimga xon, o‘zimga bekman. Badarg‘a?.. Qaerga badarg‘a qiladilar? Kim meni bu
olamdan tashlab yuborishga qodir? Men qaerni istasam, o‘sha yerga boraman. Axir, quyosh, oy,
yulduzlar, qushlar xonishi hamma joyda bir xil-ku...
* * *
Qo‘lida bolta yoki cholg‘u asbobi ushlagan odamni duradgor yoki musiqachi deb atash mumkin
bo‘lmaganidek, aqlli gaplarni so‘zlovchi har qanday odamni ham donishmand deb hisoblash nojoizdir.
* * *
Kimki erkin bo‘lishni xohlar ekan, o‘zgalar izmida bo‘lgan hech bir narsani qo‘lga kiritishni
xohlamasin va bu narsalardan jirkanmasin ham.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |