Pubertat (pubertat davri)
– jinsiy yetilish; o‘smir organizmidagi kechadigan
o‘zgarishlar bo‘lib, ularning natijasida o‘smir voyaga yetadi va naslni davom ettira
oladi.
Reduksiya
– ontogenezning boshlang‘ich davrida yoki ajdodlarda normal
rivojlangan organning rivojlanmaganligi yoki butunlay yo‘qolishi.
Rekombinant T-DNK
– yot DNK molekulasini vektor plazmida tarkibiga
kiritishdan olingan genetik konstruksiya.
Retrotranspozon
– i-RNK matritsa vositasida o‘z nusxasini sintezlab, genomning
boshqa joyiga ko‘chib o‘tadigan virussimon DNK molekulasi.
Sayt
– (ingl. site – joy) DNK molekulasidagi yagona nuqta. Bu nuqta borayotgan
jarayonga muvofi q restriksiya sayti, rekombinatsiya sayti yoki transpozitsiya sayti
deyiladi.
Sentromera
– mitoz va meyoz bo‘linishlar vaqtida bo‘linish urchug‘i iplari
birikadigan xromosoma qismi.
Тakson
– sistematika qabul qilingan organizmlar guruhlari (masalan, tur, avlod,
oila).
Ti-plazmid
– agrobakteriya hujayrasidagi o‘simliklarda shish kasalligini keltirib
chiqaruvchi plazmid.
Tizim
(yunoncha butun, qismlardan tuzilgan; birlashish) – bir-biri bilan bog‘lan-
gan, ma’lum bir butunlikni tashkil etadigan ko‘pgina elementlar.
Vidra
– yirtqichlar turkumining suvsarsimonlar oilasiga mansub suvda yashov-
chi hayvonlarning bir turi.
237
Do'stlaringiz bilan baham: |