Filogenetik shajara
– avlodlar shajarasi bo‘lib, fi logenez kechishi va turli
organizmlar guruhlarining qarindoshlik aloqalarining grafi k aks ettirilishi.
Fotoperiodizm
– yorug‘ kun uzunligi o‘zgarishiga bog‘liq holda organizmlar
o‘sishi va rivojlanishi jarayonlaridagi o‘zgarishlar.
Genlar dreyfi
– tasodifi y sabablar ta’sirida populatsiya genetik tuzilishining
o‘zgarishi – genetik avtomatik jarayon.
Genlarni klonlash
– ko‘zlangan DNK bo‘lagini vektorlar vositasida ko‘paytirish.
Genofond
– populatsiya tarkibiga kiruvchi organizmlarning genlar to‘plami.
Genom
– xromosomalarning gaploid to‘plamidagi genlar majmuasi.
Interferon
– virusli kasalliklarda organizm hujayralarida hosil bo‘ladigan oqsil.
Kallus to‘qima
– hujayralarning bo‘linishidan hosil bo‘lgan, deyarli ixtisos lash-
magan hujayralar massasi.
Kariotip
– u yoki bu turga xos bo‘lgan xromosoma to‘plami belgilarining
yig‘indisi.
236
Do'stlaringiz bilan baham: |