«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/80
Sana01.01.2022
Hajmi6,78 Mb.
#305710
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Bog'liq
o'zbek xalq maqollari (2005)

RIZQ-NASIBA  VA  BENASIBLIK

Ayron  ichgan  qutular,

Chelak  yalagan  tutiJar.

Allop  un  у alar,

Qassob  —  qon.

Arazchiga  olti  tayoq.

Ariqni  kimlar  qazir,

Suvini  kimlar  ichar.

Baliq  yegan  «suv-suv»  der,

Q o‘sh  haydagan  «chuv-chuv»  der.

Ber,  dedi  subhon,

Berib  soldi  sulton.

Berma,  dedi  subhon,

Nimani  bersin  sulton.

Bersa  ol,  ursa  qoch.

Biri  semizini  yeydi,

Biri  egizini  yeydi.

Bitmagan  savdoga  shirinkoma  yo‘q.

Bitta edi  moyam,

Ikkita  bo‘ldi  dastmoyam.

Boshn ing  yugurigi  —  boshga, 

Q olning  yugurigi  —  oshga.




Boshsiz  bo'rk  bo'lmas,

Toysiz  —  turk.

Buzoqni  tilga  olsang,

Ipini  uzib  kelar.

Buyurgan  olar,

Yugurgan  qolar.

Buyurgan  oshga  tish  tegar,

Yoz  tegmasa,  qish  tegar.

Buyursa,  bola,

Buyurmasa,  chala.

Buyursa  quyruq,

Buyurmasa  yumruq.

Bo'zchi  belboqqa  yolchimas,

Kulol  —  m o‘ndiga.

Bo‘zchi  ishtonga  yolchimas,

Temirchi  —  taqaga.

Bo‘ri  xom  yeb  o'lmas,

H o ‘kiz  ishlab  boy  bo'lmas.

Gadoga  bir  eshik  yopiq  bo'lsa,  biri  —  ochiq. 

Yetim  yetti  uydan  osh  ichar.

Yetim  kimniki  —  osh  berganniki. 

Yoqangdagini  olguncha,  qo‘lingdagi  to'kilar. 

Jo'jali  tovuqdan  don  ortmas.

Ikki  marta  o'lmaysan,

Bir  martasidan  qochib  qutulmaysan.

Itga  it  o'limi.

Ichib  turgan  oshimga,

Chivin  otdi  boshimga.

Yiroqqa  borsang,  yaqindan  qolasan.

Yiroqqa  qo‘ysang,  yaqindan  olasan.




Karvon  ko‘p,  rizqi  boshqa.

Kim  tekkanini  yeydi,

Kim  —  suyganini.

Kimga  —  barmoqday,

Kimga  --  timoqday.

Kimga  —  to‘y,  kimga  —  aza.

Kimga  tuynukning  yorug‘i,

Kimga  —  shamchiroq.

Kimga  —  hoy-hoy,

Kimga  —  voy-voy.

Kimning  etagiga  o ‘t  tushsa,  o ‘sha  kuyar.

Kun  —  kuchliniki,

Qobirg‘a  —  tishliniki.

Kobkdan  аф а yog‘sa  ham,

Eshakning  yemi  nimcha.

Ko^ppak  yugurgani  bilan  tozi  bolm as.

Lo‘lining  chii*mandasi  yorilsa,

Gardishi  maymunga  o ‘yinchoq  bo‘lar.

Mo!  ozig'i  —  dalada,

Er  o z ig l  —  yo‘lida.

Mol  ozsa,  semiradi,

Odam  ozsa,  kemiradi.

Mol  egasini  topadi,

So‘z  —  jo ‘yasini.

Nasib  etsa,  kelar  Shom -u  Iroqdin, 

Nasib  yitsa,  ketar  qosh-u  qoboqdin.

Ne  eksang,  shu  ko‘karar.

Non  —  nonda,  kaliti  —  osmonda.

Ovchi  non  qidirar,

Konchi  —  kon.




Ovchining  o ‘limi  —  ovda,

Suvchining  o ‘limi  —  suvda.

Oigan  —  o ‘g‘ri,  bergan  —  tangri.

Olib  qochguncha,  sochib  ket.

Ollo-ollo  degan  bilan 

Osmondan  chalpak  yog‘ilmas.

Olomonchining  yiqqani  olomonga  ketar.

Oltin,  kumush  tosh  bo‘lar.

Tomoqdan  o ‘tsa,  osh  b o ‘lar.

Oriq  boqilar,  semiz  so‘yilar.

Osilmagan  qozonga  otilmagan  quyon  tushar.

Ot  aylanib  qozig‘ini  topar,

Suv  aylanib  —  yorig‘ini.

Ot  aylanib  qozig‘ini  topar,

Er  aylanib  —  yozig‘ini.

Ot  bosmagan  yerlarni  toy  bosar.

Ot  boqsang  —  uloqqa,

Q oky  boqsang  —  qo'noqqa.

Ot  jallobi  och  qolar.

Ot  topadi,  eshak  yeydi.

Ot  topganga  qamchi  topilar.

Ot  o ‘yini  —  qirq  yilda.

Ota  ko‘rganni bola  ko‘rmas,

Bola  ko‘rganni  ota  ko‘rmas.

Otang  —  qul,  enang  —  qul.

Otangga  ne  qilsang,

Oldingga  shu  kelar.

Otlining  nasibasi  —  oltov,

Tuyalining  nasibasi  —  to ‘rtov.



Och  to ‘yar,  yalang‘och  kiyar,  o £lgan  ketar.

Ochiq  og‘iz  och  qolmas.

Ochofat  tishi  bilan  o ‘ziga  go‘r  qazir.

Osh  ozga  qoldi,

Bosh  tozga  qoldi.

Oq  qo‘yni  ham   o ‘z  oyog‘idan  osarlar,

Qora  qo‘yni  ham.

Oqajak qon tomirda  turmas.

Oqqan  ariq  oqmay  qolmas,

Oqmay  qolsa,  ikki  ko‘zing  boqmay  qolmas.

Og‘ilda  uloq tug£ilsa,

Adirda  o£ti  unib  chiqar.

Og£riq  —  go£rda,

Sog£  —  to £rda.

Og£riq-og£riq  —  ko£z  og£rig£i,

H ar  kimsaning  o £z  og£rig£i.

Palov  desang,  payshanbaga,

D o£lma  desang,  dushanbaga.

Palovning  qamchisi  —  choy.

Rizq  kamimas,

Banda  ochidan  o'lmas.

Rizqli  mehmon  osh  ustidan  chiqar.

Ro£zingni  sot,  ro‘shnolik  ol.

Savol  —  osmondan,

Javob  —  tegirmondan.

Sakson  kunda  —  saboq,

To£qson  kunda  —  toboq.

Son  tegmaganga  son  tegdi,

Zog£ora tegmaganga  —  non.

Suv  oqqan  soyga  yana  suv  oqar.

Suvga yaqin  —  rizqqa yaqin.



Supraga  tushgan  sichqonning 

Boshi  oqarmay  qolmas.

Tariq  sochilsa,  tovuq  to ‘yar.

Tegirmonga  kirgan  gardsiz  chiqmas.

Tekkanga  —  tuya  boshi,

Tegmaganga  —  quyon  boshi.

Til  bilan  tom oq  qarimas.

Tirik  yurgan  quruq  qolmas.

Tirik  qulga  mol  bitar.

Tishi  butunning  rizqi  butun.

Tishi  yo'qning  rizqi  yo‘q.

Tovoq  sindirgan  kosa  to ‘lar.

Tomoq  ko‘rmay  o ‘lgandan,

Tomoq  ko‘rib,  yeyolmay  o ‘lgan  yomon.

Tomoqdan  o ‘tganning  bari  tomoq.

Tongdagi  —  tangridan.

Topgan  suyunar,  tanigan  olar.

Totgan  ham  bir,  botgan  ham.

Tushda  suv  ichgan  bilan  tashnalik  qonmas.

Tushlik  oshga  tushlik  yerdan  kishi  kelar.

Tushning  oshi  —  tishga  dori.

Tuyaday  qiz  uzatib,

Tugmaday jaz  yemadim.

To‘ydan  —  to ‘piqcha.

Umid  o ‘lmas,  rizq  kamimas.

Umringdan  bir  kun  qolguncha,  osh  ye, 

Pulingdan  bir  tiyin  qolguncha,  osh  ye.



Uxlaganga  ulush  yo‘q.

Chekingga  tushsa,  chekchayma.

Shuvoq  bor joyda  tuyoq  bor.

Er  luqmasi  er  qom ida  qolmas.

Er  molsiz  bo‘lmas,

Yigit  —  yorsiz.

Erta  turgan  yigitning  bir  rizqi  ortiq,

Erta  turgan  ayolning  bir  ishi  ortiq.

Ertagi  nasibadan  qolma,

Kechki  nasibaga  borma.

Ertalabki  ilitma,

Balo-qazoga  yugurtma.

Ertalabki  mushtdan  qaytma.

Eshak  —  ishi  bilan,

T o‘ng‘iz  —  tishi  bilan.

Eshakka  bir  tup  shuvoq  ham  oziq,  ham  qoziq.

Yugurganniki  emas,  buyurganniki.

Yuzi  yupqalik  rizqqa  zarar.

Yutganing  o ‘zingniki,

Chaynaganing  —  gumonda.

Otning  o ‘limi  —  itning  bayrami.

O 'ttiz  ikki  tishda  o ‘ttiz  ikki  ish  bor.

Qayerga  borsang  ham,  qora  qozoning  og‘ayning.

Qaratgan  quruq  qolmas.

Qilgan  eshikka  boqar,

Qilmagan  —  teshikka.

Qilsa  nasib,  yeysan  hasip.

Qutlug'  uydan  quruq  ketma.




Q o‘li  tekkanning  og'zi  tegar. 

Q o‘lni  yuvib,  och  qolma.

H ar  kim  nasib  qilganini  oshar.

Hasip  —  qilganniki  emas, 

Nasib  qilganniki.


Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish