«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/80
Sana01.01.2022
Hajmi6,78 Mb.
#305710
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
Bog'liq
o'zbek xalq maqollari (2005)

ANDISHA  YA  ANDISHASIZLIK

Andishaning  oti  —  qo‘rqoq.

Andishaning  otini  qo‘rqoq  qo‘yma.

Beobro‘  bilan  bel  bog‘lama,

Bekorga  qadring  ketar.

Bir  pul  berib  yig‘latdim,

Ming  pul  berib  yupatdim.

Birov  burab  gapirar,

Birov  qarab  gapirar.



Borar  yeringga  tosh  otma.

Bo‘rini  ayasang,  seni  talar.

Gado  arazlasa,  to ‘rvasiga  ziyon.

Yetimni  siylasang,  chorig‘i  bilan  to ‘rga  chiqar. 

Jag‘ingga  yem  berma.

Jinni  jinniligin  bilmas.

Yiqilgan  kurashga  to'ymas.

Ko'ngil  tortmas  yerga  oyoq  tortmas.

Lolidan  bek  chiqsa,  chodiriga  o ‘t  qo‘yrar.

Lo‘lidan  botir  chiqsa,  aw al  o ‘z  chodirini  chopar.

Lo'lidan  savdo  qildim,

Boshimga  g'avg'o  qildim.

Martaba  tegdi  hundiga,

Betini  yuvdi  yundiga.

Mevani  po‘sti  saqlar.

Oldin  pichoqni  o'zingga  ur,

Og‘rimasa,  birovga  ur.

Oldingga  osh  tortsa,  otasining  xunidan  kech.

Otang  to ‘ngkiz  bo‘lsa,  boylab  boq.

Oshgan  bo‘lsang,  osarlar,

Yuw osh  bo‘lsang,  bosarlar.

Oshnangdan  tuya  so'ra,

Uyalsa,  biya  berar.

Pashshaning  mahmadanasi  axlatga  qo‘nar.

Puli  ko'pning  ko‘zi  ko'r.

Rajab  tulki  qorovul  bo'ldi,

Xotini  erovul  bo'ldi.



Rajab  tulki  tegirmonchi  b o id i,

Xotini  o ‘maronchi  bo'ldi.

Sen  birovdan  kulma,

Senga  ham  kulguvchilar bor.

Surlik  xo'rlik  keltirar.

Sutsiz  sigir  suzag'on  kelar.

So'zlasam,  shaq-shaq  deydi,

So‘zlamasam,  ahmoq  deydi.

So'zli  shallaqidan  so'zsiz  pismiq  yomon.

Tavakka!  andisha  bilmas.

Tavakkal  —  nor,  andisha  —  xor.

Tanbalga kunda to‘y.

Tepsa  —  tebranmas bo'lma.

Tuzini  yeb,  tuzlig‘iga  tupurma.

Turkman  to'rini  bermas.

Tuyaning  dumi  kalta  bo'lsa  ham,  tulkidan  dum  so'ramas. 

To'yda  to'ningni  qistama.

Urishqoq  xotin  bor  qishloqqa  qo'riqchining  hojati  yo‘q.

Uyalmagan  baxshi  bo'lar,

Erinmagan  —  eshikchi.

Uyalmagan  buyurmagan  oshni  yer.

Uyalmagandan  uyal.

Uyalmasning  hazi  ko'p.

Uyati  yo‘q  o'g'il  yomon,

Qilig'i  buzuq  qiz  yomon.

Uyatliga  —  uch  kun  hayit,

Uyatsizga  —  har  kun  hayit.



Xotin  erka  bo‘lsa,

Eriga serka bo'lar.

Xotin  g'ayratli  bo‘lib,  qozon  qaynatmas, 

Qozon  qaynatsa  ham,  cho‘mich  o ‘ynatmas.

Xotining  oltinga  o 'ch  bo'lsa,

Zargarga  o ‘ynash  bo‘lar.

Shaltoq  bolsan g   ham,  shilqim  bo‘lma.

Shaltoqdan  shilqim  yomon.

Er  yursa,  yo‘li  ochilar,

Xotin  yursa,  yuzi  ochilar.

Eri  eshikdan  chiqsa,  xotin  teshikdan  chiqar.

Etak  ko‘tarib,  el  oldiga  chiqar  bo‘lma.

Echkini  yo'qlasang,  qulog‘i  ko‘rinar.

Eshak  semirsa,  egasini  tepar,

It  semirsa,  egasini  qopar.

Yuz  qizili  ketar,

Yuz  xijili  ketmas.

Yuzi  qattiq  nasib  etmaganni  yer.

Yuzi  qizilni  uyaltirib  bo‘lmas.

Yuzsiz  xotin  —  tuzsiz  xotin.

Yuzsiz,  yuzsizning  so'zi  —  tuzsiz.

Yalangovoqqa  daiyoning  ikki  tomoni  ham  bir.

Yalangkoch  suvdan  toymas.

O brdak  o ‘zini  g‘oz  sanar,

Chum chuq  o ‘zini  boz  sanar.

0 ‘rik  o ‘riJkni  ko‘rib  ola bo‘ladi,

Odam  odamni  ko‘rib  balo  b o ‘ladi.



Qamish  suvdan  to ‘у mas,

Yomon  xotin  —  to'ydan.

Qiliqsiz  bilan  ishtonsiz  —  ikkisi  bab-baravar. 

Husn  —  so‘zda,  uyat  —  ko'zda.




Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish