«Budjet tizimi to’g’risida»
gi Qonunda faqat 3
ta organ - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston
Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari
hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Budjet tizimini boshqarish
sohasidagi vakolatlari berilgan bo’lsa, Kodeksda mazkur organlarning vakolatlarini
muvofiqlashtirish bilan birgalikda budjet jarayonida ishtirok etuvchi boshqa
sub’ektlar, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi; Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi; xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tu-
manlar va shaharlar kengashlari; hududiy moliya organlari; budjet mablag’larini
taqsimlovchilar; budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar, hamda davlat
58
maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarning vakolatlari ham aniq belgilab
qo’yilgan.
Yana bir e’tiborli tomoni shundaki,
«Budjet tizimi to’g’risida»
gi Qonunda
davlat maqsadli jamg’armalarining faqat 4 tasi aks ettirilgan bo’lsa, Kodeksda 7 ta
davlat maqsadli jamg’armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
jamg’armalarining maqsad va vazifalari batafsil ko’rsatib o’tilgan.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ilgari qonunchilikda jamlanma budjeti
deyilganda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining budjetlari
tushunilsa, endilikda jamlanma budjet - davlat budjeti, davlat maqsadli
jamg’armalarining budjetlari va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasi mablag’lari yig’indisi sifatida talqin qilinmoqda.
2014 yilga qadar
«Budjet tizimi to’g’risida»
gi Qonunda Respublika
budjeti daromad va xarajatlari, hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va
mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari ko’rsatilgan bo’lsa, budjet kodeksida
yuqoridagilar bilan birgalikda tumanlar va shaharlar budjetlarining daromad va
xarajatlari ham aks ettirilgan.
Qolaversa, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining
qo’shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanish taomillari belgilanib,
budjet ijrosi qismida davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari
budjetlarining
tasdiqlangan
parametrlariga
o’zgartirish
kiritish
tartibi
soddalashtirilgan.
Kodeksda budjet jarayonining barcha bosqichlari ochib berilgan. Jumladan,
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini tuzish, ko’rib chiqish
va qabul qilish tartiblari va muddatlari aniq belgilab berilgan.
Alohida bobda budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’ oluvchilarning
xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan
o’tkazish tartibi nazarda tutilgan.
G’azna ijrosi va davlat xaridlarini amalga oshirish tartiblari ham keng
qamrovda belgilangan.
59
Kodeksda budjetlararo munosabatlar tizimi takomillashtirilgan, hamda
qonuniy mustahkamlangan bo’lib, unda budjetlararo munosabatlarning asoslari,
budjetlararo transfertlarning shakllari va ularni o’tkazish, budjet tashkilotlariga
budjet ssudalarini ajratish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, chet el davlatlariga
ajratiladigan kredit liniyalari va kreditlarni bajarish va budjet tizimining turli
darajadagi budjetlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tartiblari ham o’z aksini
topgan.
Kodeksdagi yana bir yangilik, budjet hisobi va hisoboti tamoyillari, budjet
hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish uchun dastlabki shartlar, budjet
hisoboti shakllari, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’ oluvchilarning
moliyaviy hisobotlari, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari
ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzilmasi, davlat budjeti va davlat maqsadli
jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan
o’tkazish, uni ko’rib chiqish va tasdiqlash muddatlari va tartiblari belgilab
berilgan.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, kodeksni ishlab chiqishda xalqaro
tajribaga tayanilgan bo’lib, yangi norma orqali budjetni uch yillik davrga
shakllantirish uchun poydevor qo’yilgan. Ma’lumki, iqtisodiyoti rivojlangan
aksariyat mamlakatlarda budjetni shakllantirish va tuzish uch yillik istiqbol uchun
amalga oshiriladi.
Mazkur tajribadan kelib chiqqan holda, kodeksda budjetdan mablag’
oluvchilar faoliyati natijalari bilan budjet xarajatlarini rejalashtirishning
bog’liqligini ta’minlaydigan o’rta muddatli budjetni rejalashtirish va dasturli
budjetlashtirish printsiplarini joriy etish uchun asos yaratilgan. Buning uchun
kodeksda bir qator yangi normalar kiritilgan. Ushbu yangiliklar budjet xarajatlarini
budjetdan mablag’ oluvchilarning faoliyati natijalari bilan bog’lashni ta’minlaydi.
Bu esa, budjetni o’rta muddatga rejalashtirish printsiplarini joriy etish uchun asos
yaratib, bir yildan ziyod davrga budjet tuzish imkoniyatini tug’diradi.
Kodeksning yana bir muhim jihati shundaki, unda favqulodda holat
sharoitlarida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Qaroriga ko’ra O’zbekiston
60
Respublikasining Favqulodda Davlat Budjeti qabul qilinishi, hamda Favqulodda
Davlat Budjetining amal qilishi davrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjeti to’g’risidagi qarorlarining,
shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpog’iston Respublikasining
budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xara-
jatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal qilishi to’xtatib turilishi belgilab
qo’yilgan.
Kodeks orqali kiritilgan yana bir yangi norma - davlat budjeti va davlat
maqsadli jamg’armalari ijrosi to’g’risidagi ma’lumotlar Oliy Majlis tomonidan
qabul qilingandan keyin, hisobot yili uchun davlat budjetining va davlat maqsadli
jamg’armalari Bbudjetlarining ijrosi to’g’risidagi axborotni O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish talabidir.
Kodeksning yana bir muhim ahamiyati unda davlat moliyaviy nazorati
masalalari ham alohida tartibga solingan, davlat moliyaviy nazorati asoslari,
uslublari va turlari, davlat moliyaviy nazorati organlari, davlat moliyaviy nazorati-
ni tashkil qilish tartibi, davriyligi va muddatlari, moliyaviy nazorat ob’ektlarining
huquq va majburiyatlari aniq ko’rsatib o’tilgan.
Kodeksda amaldagi me’yorlarni kengaytirish bilan bir qatorda, budjet
jarayoni ishtirokchilarining vakolatlari, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish,
budjet ijrosi ustidan nazorat va budjet qonunchiligini buzganlik uchun javob-
garlikni aks ettiruvchi yangi moddalar qo’shilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, O’zbekiston Respublikasi budjet
kodeksida turli darajadagi budjetlarning vakolatlari chegaralanib, budjetlararo
munosabatlar tizimi takomillashtirilgan.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining “Budjetlararo
munosabatlar” nomli 20-bobida budjetlararo munosabatlar tushunchasi,
budjetlarning darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarni o’tkazish, budjetlararo
transfertlarning shakllari, subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar,
dotatsiya, budjetlararo o’zaro hisob-kitoblar, budjetlararo transfertlarni o’tkazish
61
tartibi, budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert, aylanma kassa mablag’lari,
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlariga qo’llaniladigan cheklovlarga to’xtalib o’tilgan.
Alohida qayd etish lozimki, respublikamizda Qoraqalpog’iston Respublikasi
budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qo’llaniladigan
cheklovlar huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan.
Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: |