Budjet kodeksini ishlab chiqish va qabul qilishdan asosiy
maqsad
–
Budjet jarayonini tartibga soluvchi hamda amaldagi
qarama-qarshi va eskirgan me’yorlarni bartaraf qiluvchi yagona
qonun
hujjatini
ishlab
chiqish
va
budjet
jarayoni
ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirishdan iboratdir.
Xalqarotajribada,
Budjetkodeksi
–
ma’lumbirmamlakat
budjettiziminingasoslarini,
uningtuzilishi,
umumiyprintsiplarini,
turlidarajadagi
budjetlarvaularningvakolatlarini,
budjetjarayoniasoslariva
budjetlararomunosabatlarni,
budjetqonunchiliginibuzganlikuchunjavobgarlikchoralarinibelgilovchiqonunh
ujjatihisoblanadi.
53
AQSh Kongressida har bir federal hudud bo’yicha tasdiqlangan budjet ijrosini
nazorat qiluvchi qo’mita mavjud. Kongressmenlar boshqaruv jarayoniga aralashish
huquqiga ega emas, birok, soliq to’lovchilarning mablag’larining “Federal Budjet
to’g’risida”gi qonunga muvofiq, xarajat qilinishini kuzatib boradilar. Federal
vazirliklar va shtatlarning hukumatlari, ma’muriy protsessual kodeks asosida
ajratilgan budjet mablag’larini belgilangan huquqiy jarayon doirasida
taqsimlaydilar. Bu ochiq ovozga quyish yo’li bilan aniqlab olinadi. Bunda
Kongressda loyihalar ovozga qo’yiladi va ishtirokchilarni qarshi yoki tarafdorligi
orqali tasdiqlanadi.
Budjet kodeksi butun budjet jarayonini (davlat budjetini shakllantirish,
tasdiqlash, ijro etishni hamda nazoratni ta’minlashni) yagona va yaxlit qonun
hujjatida tizimlashtirishni, davlat budjetini ham, budjetdan tashqari maqsadli
jamg’armalarni ham tartibga solishning yagona printsiplarini qo’llanishni, budjet
jarayoni barcha qatnashchilarining vakolatlarini hamda ularning o’zaro hamkorligi
mexanizmlarini
belgilashni,
shuningdek,
budjetlararo
munosabatlarni
takomillashtirib, mahalliy budjetlarning daromadlar manbalarini mustahkamlab
qo’yishni, barcha darajalardagi budjetlar o’rtasida vakolatlarni taqsimlashni va
ularning o’zaro hamkorligini nazarda tutadi.
Budjet kodeksining qabul qilinishi amaldagi Soliq kodeksi bilan birgalikda
davlat moliyasining yagona birxillashtirilgan, xalqaro standartlarga mos bo’lgan
qonunchilik bazasini shakllantirishga, budjet sohasidagi huquqiy munosabatlarni
tizimlashtirishga, shuningdek, budjet jarayonining hamma bosqich va darajalarida
yagona huquqiy normalar va yondashuvlar qo’llanilishini, mamlakat budjet
tizimining ochiq-oshkoraligini va barqarorligini ta’minlashga imkon beradi.
Budjet kodeksi O’zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini
shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat
tomonidan mablag’ jalb qilish va budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
54
Mamlakatimizda mazkur normativ hujjatni qabul qilishdan ko’zlangan asosiy
maqsad
- amalda qo’llanilayotgan me’yorlar, nizomlar va budjet jarayoni
ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish, shuningdek, budjet jarayonini
tartibga soluvchi hamda amaldagi qarama-qarshi va eskirgan me’yorlarni bartaraf
qiluvchi yaxlit qonunchilik hujjatini yaratishdan iboratdir.
Qolaversa, Budjet kodeksi barcha manfaatdor taraflarni budjet tizimi va
budjet jarayoni to’g’risidagi keng qamrovli hamda ishonchli axborot bilan
ta’minlashga xizmat qiladi. Bu axborot davlat budjetini ishlab chiqish va ijro etish
bilan shug’ullanayotgan hukumat uchungina emas, balki OliyMajlis, mahalliy
hokimiyat organlari, budjet tashkilotlari va barcha fuqarolar uchun ham muhimdir.
Budjet kodeksi mintaqalarda resurslarni qayta taqsimlash va ularning daromad
salohiyatini
mustahkamlashning
barqaror
hamda
samarali
mexanizmini
ta’minlashga qaratilgan. Budjet tashkilotlari uchun bu – budjetlarni tuzish va ijro
etish hamda ular oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishning aniq va ravshan
qoidalaridir.
Fuqarolar uchun esa budjet kodeksining qabul qilinishi shu bois ham
muhimki, bugungi kunda Davlat budjetining qariyb 60%i ijtimoiy sohaga
yo’naltirilyapti. Bular ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoyaga doir
xarajatlardir. Tegishincha, agar qonunchilik davlat budjetining ijrosi va uning
ijrosini nazorat qilishning aniq taomillarini ta’minlasa, sog’liqni saqlash va ta’lim
kabi xizmatlaridan keng foydalanishni ta’minlash, aholining nochor guruhlarini
qo’llab-quvvatlash va davlatning boshqa ijtimoiy majburiyatlarini samarali bajarish
mumkin.
Yana shuni ta’kidlash joizki, mazkur kodeks mamlakatimizning mustaqillik
davridagi qonunchilik faoliyatida qabul qilingan 16-kodeks bo’lib, u moliyaviy
munosabatlarni tartibga soladigan Bojxona va Soliq kodekslaridan keyin qabul
qilingan, moliya sohasiga taalluqli bo’lgan uchinchi kodeksdir. Yangi kodeks
amaldagi Bojxona va Soliq kodekslari bilan birgalikda davlat mablag’larining
55
xalqaro standartlarga mos yagona va birxillashtirilgan qonunchilik bazasini
shakllantirish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda budjet jarayonining ayrim bosqichlari
bir nechta qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi, ba’zi me’yoriy-huquqiy
hujjatlarning normalari turlicha talqin qilinishi, bir xil normalarni hayotga tatbiq
qilishning qiyinligi, «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunning alohida moddalari
yangi talablarga muvofiq emasligi amaliyotda bir qancha muammolarni vujudga
keltirayotgan edi. Budjet kodeksi bu kamchiliklarni bartaraf etish, amaliyotda
o’zini oqlagan me’yorlar hamda xalqaro tajriba hisobga olingan holda ayni
yo’nalishdagi qonunchilikni takomillashtirish maqsadida butun budjet jarayonini
tartibga soluvchi yagona hujjat sifatida ishlab chiqildi.
Budjet kodeksining qabul qilinishi davlat moliyasining xalqaro standartlarga
mos keluvchi, yagona unifikatsiyalashgan qonunchilik bazasi yaratilishiga olib
keldi. Unda nazarda tutilgan me’yorlar va qoidalar budjet jarayonining barcha
bosqich va darajalarida yagona huquqiy normalar qo’llanilishini va bir xil
yondashuvni ta’minlash orqali budjet jarayonining hamma ishtirokchilari ishini
yengillashtirishga qaratilgan. Ushbu kodeks nafaqat moliya, g’aznachilik yoki
nazorat-taftish organlari xodimlari uchun, balki budjet jarayonida bevosita ishtirok
etuvchi mahalliy vakillik va ijroiya organlari vakillari uchun ham muhim hujjat
bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi yuqorida ta’kidlaganimizdek,
taraqqiy etgan mamlakatlarning bu boradagi ilg’or tajribasini hisobga olgan holda
ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining asosiy ikkita –
Do'stlaringiz bilan baham: |