Kasbga oid xavf
mehnat gigiyenasida profpatologiya rivojlanishi
ehtimolining yana bir muhim ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi, bu bilan ishlab
chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarining noxush ta’siri natijasida
oqibatlarning og’irligini hisobga olgan holda sog’lig’ining buzilishi
(shikastlanishi) ehtimoli tushuniladi.
Barcha mehnat sharoitlari 4 sinfga ajratiladi:
1-sinf – mehnat qilishning optimal sharoitlari – bu shunday sharoitki, bunda
nafaqat ishlovchilarning sog’lig’i saqlanadi, balki yuqori bosqichdagi ishlash
339
qobiliyatini ushlab turish uchun zamin yaratiladi. Mehnat sharoitining optimal
me’yorlari faqat mikroiqlim parametrlari va mehnat jarayoni omillari uchun
o’rnatilgan.
2-sinf – mehnatning ruxsat etilishi mumkin bo’lgan sharoitlari muhit va mehnat
jarayoni omillarining shunday bosqichsi bilan harakterlanadiki, bunda ular ish
joyi uchun o’rnatilgan gigiyenik me’yorlardan oshmaydi, organizmning
funktsional holatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar esa
reglamentdagi ta’til vaqtida yoki keyingi ish kunining boshlanishida yo’qoladi va
ishlovchilarning va ular naslining sog’lig’iga yaqin va uzoq muddatlarda noxush
ta’sir ko’rsatmasligi lozim bo’ladi. Mehnat sharoitining 1- va 2- sinflari
ishlovchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlari hisoblanadi.
3-sinf – mehnatning zararli sharoitlari, bunda zararli ishlab chiqarish omillari
gigiyenik me’yorlardan oshadi va ishlovchilar yoki ular avlodining organizmiga
noxush ta’sir ko’rsatadi.
Mehnatning zararli sharoitlari
gigiyenik me’yorlardan oshishi va
ishlovchilarning organizmidagi o’zgarishlarning ifodalanganlik bosqichsiga ko’ra
zararlilikning 4 bosqichsiga bo’linadi.
3-sinfning I - bosqichsi – gigiyenik me’yorlardan zararli omillar bosqichsining
shunday og’ishlari bo’lgan mehnat sharoitiki, bunda funktsional o’zgarishlarni
chaqirib, qoidaga ko’ra, zararli omillar bilan uzoq vaqt muloqotda bo’lmaganda
(keyingi smenaning boshlanishi) yo’qoladi va sog’liqning shikastlanish xavfini
oshiradi.
3-sinfning II - bosqichsi – ishlab chiqarish omillarining shunday bosqichdagi
mehnat sharoiti bo’lib, ko’p hollarda ishlab chiqarish bilan bog’liq kasallanishga
olib keluvchi turg’un funktsional o’zgarishlarni (vaqtinchalik mehnatga
layoqatsizlik bilan kasallanishning ko’payishi), boshlang’ich belgilarning paydo
bo’lishi yoki uzoq vaqt davom etgan ekspozitsiyadan so’ng yuzaga keluvchi
kasbiy kasalliklarning yengil shakllarini chaqiradi (ko’pincha 15 yil va undan
ortiq ishlagandan so’ng );
340
3-sinfning III - bosqichsi – zararli omillarning shunday bosqichdagi mehnat
sharoiti bo’lib, ularning ta’siri mehnat faoliyati davrida yengil va o’rta
bosqichdagi kasbiy kasalliklarning rivojlanishiga, shu jumladan vaqtinchalik
mehnatga layoqatsizlikni yo’qotish bilan kasallanishning oshishi bo’lgan
surunkali patologiyaning o’sishiga (ishlab chiqarish bilan bog’liq) olib keladi;
3-sinfning IV bosqichsi – mehnat sharoitining shunday bosqichsi bo’lib, bunda
kasbiy kasalliklarning og’ir shakllari va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bilan
yuqori bosqichda kasallanish yuzaga kelishi mumkin;
4 – sinf – mehnatning xavfli (ekstremal) sharoitlari bo’lib, bunda ish smenasi
davomida (yoki uning bir qismida) ishlab chiqarish omillarining ta’siri hayot
uchun xavf tug’diradi, o’tkir kasbiy shikastlanishlar, shu jumladan og’ir
shakllarining rivojlanish xavfi yuqori.
Kasbiy zararlilik o’ziga xoslikga ega bo’lib, inson organizmi ularga
nisbatan
adaptatsion
qobiliyatga
ega
emas.
Bu
radiochastotalarning
elektromagnitli maydoni, ionizatsiyalanuvchi nurlanish, kantserogen moddalar,
teratogen va mutagen xossalarga ega alohida kimyoviy birikmalar. Ular ham
ishlovchining o’ziga va hamda bir necha avlodlar davomida naslga ham xavf
tug’diradi.
Kasbiy zararlilikning ta’siri inson jinsi va yoshiga ko’ra o’ziga xoslikga
ega. Ayollar va bolalarning turli toksik moddalarga o’ta sezgirligi ularning qator
kimyoviy omillar – og’ir metallar, organik erituvchilar va boshqalar bilan
muloqotda bo’lishini oldini olish masalasini qo’yadi. Platsentar barer orqali oson
o’tadigan va homilani shikastlaydigan nitro- va yog’li va aromatik qatordagi amin
hosilalari alohida ajratib ko’rsatiladi. Kattalarga nisbatan o’smirlar organizmi
turli kasbiy zararlilikning ta’siriga bo’lgan chidamliligi kamroq.
O’tkir kasbiy kasalliklarning yuzaga kelishi asosan halokatlar – 27,6%
holatlarda, texnologik reglamentdan chetga chiqish – 26,0%, texnika xavfsizligi
qoidalarining buzilishi – 12,2%, texnologik jarayonlarning takomillashmaganligi
va shaxsiy himoya vositalarining qo’llanilmasligi - 9,8%, zararlangan agent bilan
341
kasbiy muloqot bilan - 0,8% holatda bog’liq.
Shunday qilib, ishlab chiqarish omillari turi va intensivligiga ko’ra
ishlovchilarda kasbiy kasalliklar yoki zaharlanishni keltirib chiqaradi. Ularning
simptomokompleksi o’ziga xosdir. Masalan, ikki oksidli kremniyni o’zida
saqlagan chang (aerozol) bilan nafas olish, kasbiy o’pka kasalligi - silikozni;
benzol bug’lari bilan nafas olish – qon tarkibidagi o’zgarish bilan og’ir
zaharlanishni (leykopeniya, trombotsitopeniya, anemiya, gemorragik diatez va
sh.o’.) chaqiradi. Ishlovchiga umumiy tebranish ta’sir ko’rsatganida, masalan,
temir-beton konstruktsiyalarni tayyorlash jarayonida betonni zichlashda,
tebranish kasalligining serebral shakli yuzaga kelishi mumkin.
Barcha bu kasalliklar etiologik jihatdan kasbiy zararlilik bilan uzviy
bog’langan va kasbiy zararlilikdan tashqarida ular kuzatilmaydi.
Kasbiy
kasalliklar – mehnat faoliyati (Mehnatni xalqaro tashkillashtirish - MXT) atamasi
bilan bog’liq xavf omillarining ta’siri natijasida rivojlanadigan kasalliklardir.
Hozirgi vaqtda kasbiy kasalliklarning umumqabul qilingan tasnifi mavjud emas.
Har bir mamlakat MXT a’zosi- mustaqil ravishda kasbiy kasalliklar ro’yxatini
o’rnatadi va profilaktika va bemorlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini
aniqlaydi.
Ishlab chiqarish omillarining noxush ta’siri nafaqat kasbiy kasalliklarni
keltirib chiqaradi, balki umumiy kasallanishni ham oshiradi.
Mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirishda spetsifik kasalliklarni chaqirish
qobiliyatini yo’qotadigan kasbiy zararlilik intensivligining pasayishiga erishiladi,
biroq kasbga oid bo’lmagan etiologiyaga ega kasalliklarning yuzaga kelishi,
kechishi va yakuniga yaqqol ta’sir ko’rsatadi. Mehnat qobiliyati yo’qotilgan
holatlarda bu kasalliklar ijtimoiy ta’minot bo’yicha kasbiyga tenglashtiriladi.
Shunday qilib, masalan, qo’rg’oshin bilan kasbiy muloqotga ega shaxslarda
yurak-qon tomir kasalliklarining o’sishi kuzatiladi. Ularda ko’pincha tomirlarning
aterosklerotik o’zgarishlari, xafaqonlik kasalligi uchraydi va og’irroq kechadi,
tez-tez zo’rayishlar kuzatiladi va har bir holatning o’rtacha davomiyligi uzoqroq
342
davom etadi.
Havo harorati yuqori bo’lgan sharoitda ishlovchi shaxslarda yurak-qon
tomir kasalliklari chastotasining oshishi kuzatilgan.
Kasbga oid kasalliklar – o’z tabiatiga ko’ra polietiologik kasalliklar guruhi bo’lib,
ularning yuzaga kelishida ishlab chiqarish omillari ma’lum bosqichda o’z
hissasini qo’shadi.
Ushbu kasalliklar uchun ularning keng tarqalganligi, bu kasalliklarning
rivojlanganligini aniqlab beruvchi mehnat sharoiti miqdoriy ko’rsatkichlarining
yetarlicha o’rganilmaganligi, demografik ko’rsatkichlarga (o’lim, hayotning
davomiyligi,
vaqtinchalik
mehnatga
layoqatlilikning yo’qotilishi bilan
kasalliklarning oshishi) ahamiyatli ta’siri harakterlidir.
Kasbga oid kasalliklariga surunkali kasalliklarning yetakchi nozologik
shakllarini kiritish mumkin, aynan: yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (arterial
gipertenziya, yurakning ishemik kasalligi), nevrozlar tipidagi asab-ruhiy
kasalliklari, tayanch-harakat apparati kasalliklari (masalan, bel-dumg’aza
radikuliti), nafas a’zolarining qator kasalliklari v.b. Kasbga oid kasallanish –
noqulay mehnat sharoitida ish stajining oshishi bilan yuqori bo’lish moyilligiga
ega va zararli omillarning ta’siriga chalinmagan professional guruhlarda bundan
yuqori bo’lgan turli etiologiyali (asosan polietiologik) umumiy kasalliklar (kasbiy
bo’lmagan) bilan kasallanish. Ushbu vaziyatda kasbiy zararli omillar kasallik
rivojlanishining xavf omillari bo’lib hisoblanadi.
Kasbiy yoki nospetsifik kasalliklarni chaqirish qobiliyatidan tashqari
kasbiy zararlilik yana bir xavfni tug’diradi. Kimyoviy sanoatda qo’llaniladigan
qator moddalar kichik kontsentratsiyalarda uzoq vaqt ta’sir etganda ham
ishlovchining va hamda uning avlodi uchun noxush oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Bu yerda gap embriotrop, kantserogen va mutagen ta’sir ko’rsatish
ehtimoli haqida ketyapti.
Mehnat fiziologiyasi
Mehnat fiziologiyasi – mehnat gigiyenasining (fiziologiyasi), maxsus
343
bo’limi bo’lib, yuqori bosqichda ishlash qobiliyati va inson salomatligini
saqlashga imkon beruvchi mehnat jarayonini optimallashtirish bo’yicha fiziologik
tadbirlarni ishlab chiqish va asoslash maqsadida mehnat faoliyati ta’siri ostida
inson organizmi funktsional holatining o’zgarishlarini o’rganadi.
Sog’liqni yetarlicha uzoq vaqt yuqori bosqichda ushlab turish, charchashning
oldini olish bo’yicha choralarni qidirish gigiyena fani ushbu bo’limining asosiy
maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Mehnat faoliyatining istalgan turi fiziologik jarayonlarning o’ta murakkab
kompleksini tashkil qiladi, bu yerda barcha fiziologik siljishlarning
koordinatsiyasini amalga oshiruvchi markaziy asab tizimi bosh rolni o’ynaydi.
Organizm funktsiyasining qaysi siljishlari fiziologik tebranishlar atrofida qoladi,
qaysilari esa patologik o’zgarishlarni ko’rsatishini bilish juda muhim.
Organizmning adaptatsion imkoniyatlarini hisobga olish, hamda fiziologik
o’zgarishlarni to’g’ri baholash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |