Pedagogika tarixi
– ta‘lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan
tarixiy davrlarda yetakchi o‗rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‗rganadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari
– shaxsni tarbiyalash, unga muayyan
yo‗nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob‘ektiv va sub‘ektiv omillarini
aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va
bilish usullari.
Pedagogik mahorat
– bo‗lajak o‗qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish,
takomillashtirish muammolarini o‗rganadi.
Pedagogik paradigma
(yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani
rivojining ma‘lum bosqichida ta‘limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli,
standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e‘tirof etilgan nazariy hamda
metodologik ko‗rsatmalar to‗plami; ta‘limning konseptual modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |