bog‗larni yashnatgani kabi, serxarakat, jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanadigan odamning xam o‗zi
(jismonan) go‗zal, xam aqli go‗zal, xam odob-axloqi go‗zal bo‗ladi.
Badan tarbiya insonni xar tomonlama tetik, xushyor, qobiliyatli tarzda kamolga yetkazadiki,
donolar jismniy tarbiya-go‗zallik tarbiyasidir, deb bejiz aytishmagan.
Inson jismoniy sog‗lom, xar tomonlama yetuk rivojlanishi uchun ma‘lum maqsadni ko‗zlagan
xolda tejamli xarakat qilishi, tabiat qo‗ynida yoki ozoda-shinam sport zalida xarakatli mashqlar bilan
shug‗ullanishi — bularning xammasi unda nafosat xis-tuyg‗usini, aqliy tushunchasini va didini
tarbiyalaydi. Shubxa yo‗qki xilma-xil, aniq, ifodali bajarilgan jismoniy mashqlar estetik kechinma,
xislarni yuzaga keltiradi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida xarakatlar maqsadining xam shakl, xam
mazmun jixatidan bir-biriga mos kelishi esa uning go‗zalligini ta‘minlaydi.
Go‗zallik – bu avvalo xarakatlarning sodda, yengil, izchil va tugal bo‗lishidirki, o‗qituvchi xam,
o‗quvchi xam bunga intilsalar, nafosatga erishiladi. Albatta jismoniy tarbiyaning vazifasi o‗quvchida
faqat go‗zallikni idrok etishnigina shakllantirish bo‗lib qolmay, balki ularni kishi xarakatidagi chinakam
go‗zallikni baxolay bilishga xam o‗rgatishdir.
Odatda, uzoq muddatli aqliy mexnatdan so‗ng o‗quvchilarda ishlash qobiliyati sekin-asta
pasayadi. Bu xolat boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida tezda seziladi. Bolalar dars vaqtida betoqat bo‗lib,
xaddan tashqari ko‗p xarakat qilishlari, o‗tirgan joylaridan tez-tez turib ketishlari, bir-birlari bilan
gapirishishlari, orqayu yonlariga qarab o‗tirishlari, shovqin-suron ko‗tarishlari mumkin va xokazo.
Ayniqsa darsning 25-30 minutlarida o‗quvchilar diqqati sezilarli pasayadi, tushuntirilayotgan mavzuni
o‗zlashtirish qiyinlashadi, ishda ayrim xatoliklar uchraydi. O‗quvchilar o‗rganayotgan mavzularni bir
necha martadan qayta-qayta takrorlashlariga to‗g‗ri keladi. O‗quvchilarda aqliy charchash bilan birga,
qomatni tutib turuvchi bel, yelka, bo‗yin muskullari xam toliqadi. Toliqish natijasida bel egilib, yelkalar
pastga tushib, bosh oldinga egiladi, qomat muvozanati buziladi. Agar bu xolat takrorlanaversa
o‗quvchilarning ishlash qobiliyati pasayib, qomati buzilib salomatligiga xam salbiy ta‘sir etadi. Aqliy
mexnatni jismoniy mexnatga almashtirish asosida bunday toliqishning oldi olinadi. «Fizkultminut»lar
(jismoniy mashq daqiqalari) o‗quvchilarda faollikni oshiradi, susaygan ish qobiliyatini tiklaydi, kayfiyatni
yaxshilaydi.
«Fizkultminut»lar darsning 25-30 daqiqalarida (4-8 tadan iborat bo‗lgan mashqlarni) 2-3 daqiqa
davomida bajariladi. Bu chog‗da bajarilishi oson, o‗tirib yoki o‗rindan turib panjalarga, bo‗yin, yelka, bel
va qomatning pastki qismiga ta‘sir etadigan mashqlarni tanlash lozim.
Yozuv darslarida o‗quvchilarning panjalari, qo‗l muskullari tez toliqadi. Natijada yozuv tezligi
pasayadi, xusnixati buziladi. Bunday xollarda panjalarni bukib-yozish, qo‗llarni bukish, yonga, oldinga,
yuqoriga ko‗tarib bajariladigan mashqlar beriladi. Uzoq o‗tirish natijasida gavdaning pastki qismi qattiq
toliqadi. Bu toliqishni tarqatish uchun tik turib bajariladigan, oldinga, yonga egilish, o‗tirib-turiladigan
mashqlarni tanlash lozim.
Sog‗liqni mustaxkamlash, a‘zoni, tanani chiniqtirish, bolalarning jismoniy rivojlanish darajasini
ko‗tarishga tabiatning sog‗lomlashtiruvchi kuchlari - quyosh, xavo va suv ta‘siri orqali erishiladi. Tabiat
omillaridan jismoniy mashg‗ulotlar o‗tkazish xamda mustaqil shug‗ullanish uchun muxim vosita sifatida
foydalaniladi.
Maktab sharoitida jismoniy tarbiya vositalari orasida eng ko‗p jismoniy mashqlar qo‗llanadi.
Jismoniy mashqlar gavda muskullarining o‗sishi va mustaxkamlanishiga, yurak-qon tomir tizimi
faoliyatining va nafas olish a‘zolarining yaxshilanishiga samarali ta‘sir ko‗rsatadi.
Jismoniy mashqlar asablar majmuasining faoliyatiga xam, xususan bosh miya qobig‗idagi
xarakatlantiruvchi qismga xam ta‘sir etadi, natijada xarakatlarning bir-biriga uyg‗unligi yaxshilanadi;
xarakatlarda muvofiqliq, aniqlik zaruriy kuch va ritm xosil bo‗ladi. O‗quvchi aynan shu ta‘sirlar
natijasida tuzilishi jixatidan murakkab bo‗lgan xarakatlarni, katta tezlikdagi xarakatlarni oson o‗zlashtirib
oladi, bu esa jismoniy mexnat mashg‗ulotlari uchun muximdir.
Jismoniy tarbiya vositalari orasida asosiy gimnastika, xarakatli o‗yinlar, badan tarbiya daqiqalari
(fizkutminutlar), xalq an‘analari va sport turlari yetakchi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: