5. Tarbiya turlari.
Tarbiya bir nechta turlarga bo‗linadi. Bular: aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, mexnat tarbiyasi,
jismoniy tarbiya va estetik tarbiyalarga bo‗linadi.
Aqliy tarbiya.
Inson xamisha odamlar qurshovida yashaydi, ijtimoiy muxit sharoitida uning aqliy
rivojlanishi, fikrlash qobiliyati amalga osha boradi. Bunda insonning normal jismoniy rivojlanishi uchun
sharoitlar bo‗lishi kerak.
Insonning aqliy rivojlanishi ijtimoiy muloqot va tarbiya ta‘sirida intensiv rivojlanib boradi. Agar
tarbiyachilar o‗z vaqti va o‗rnida rejali ravishda uni bilish faoliyatiga ta‘sir ko‗rsata borsagina aqliy
rivojlanish muvoffaqiyatli ko‗chadi. Demak, aqliy tarbiya deganda tarbiyachining o‗quvchilar aqliy
kuchini va tafakkurini rivojlantirish, unda aqliy mexnat madaniyatini tarkib toptirishga qaratilgan maqsad
yo‗lidagi faoliyati tushuniladi.
A
Do'stlaringiz bilan baham: |