4.
DTS xaqida tushuncha. Umumiy o‗rta ta‘limning DTS xaqida.
Umumiy o‗rta ta‘limning davlat standarti o‗quvchilarning tayyorgarligiga, saviyasiga
qo‗yiladigan eng kam mezonni belgilaydi.
Davlat ta‘lim standarti bo‗yicha ta‘lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullari
baholanadi. Standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‗rsatayotgan turli muassasalarda
ta‘lim barqaror darajaga keltiriladi. Demak, ta‘lim standarti o‗z mohiyatiga ko‗ra o‗quv
dasturlari, darsliklar, qo‗llanmalar, nizomlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarni yaratish uchun
asos bo‗lib xizmat qiladi.
Umumiy o‗rta ta‘limning davlat ta‘lim standarti o‗zining tuzilishi va mazmuniga
ko‗ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng
asosiysi o‗quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qizi-qishlari ustuvorligidan kelib
chiqadi.
Davlat ta‘lim standartini bajarish O‗zbekiston Respublikasi hududida faoliyat
ko‗rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‗ysunishdan qat‘i nazar, barcha ta‘lim
muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.
Umumiy o‗rta ta‘lim davlat ta‘lim standartini ishlab chiqishda quyidagi me‘yoriy hujjatlar
asos qilib olinadi:
«Ta‘lim to‗g‗risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida»gi O‗zbekiston
Respublikasining qonunlari;
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ta‘lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh
qilish bilan bog‗liq farmonlari, farmoyishlari va asarlari;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun davrlar
ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‗g‗risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-son hamda
«O‗zbekiston Respublikasida umumiy o‗rta ta‘limni tashkil etish to‗g‗risida» 1998 yil 13
maydagi 203-son qarorlari;
O‗zRST 1.0—92. O‗zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi;
O‗zRST1.1—92. O‗zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi.
O‗zbekiston Respublikasi davlat standartini ishlab chiqish, tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish
tartibi;
GOST 1.5—93. Davlatlararo standartlash ishlarini olib borish qoidalari. Standartlarning
tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuniga bo‗lgan talablar;
O‗zRST 1.9—95. O‗zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi, Tarmoqlar
standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi.
Umumiy o‗rta ta‘lim - davlat ta‘lim standartining tayanch o‗quv rejasi.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari uchun tayanch o‗quv rejasi davlat ta‘lim standartining
tarkibiy qismi bo‗lib, u ta‘lim sohalarini me‘yori hamda maktabning moliyaviy
ta‘minotini belgilashga asos bo‗ladigan davlat hujjatidir. Tayanch o‗quv rejasi o‗quv
predmeti bo‗yicha beriladigan ta‘lim mazmunini minimum hajmdagi miqdorini o‗zida
aks ettiradi. U har bir sinfda muayyan o‗quv predmeti bo‗yicha davlat standartlariga
muvofiq beriladigan ta‘lim mazmunini aniqlashga asos bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |