IY-bob. UZOQ MUDDATLI AKTIVLARNING HISOBI
4.1. Asosiy vositalarning hisobi
4.1.1. Asosiy vositalarning mohiyati, tasnifi, baholanishi va ular hisobining
vazifalari
Asosiy vositalar -
bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq
muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni
kqrsatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy –madaniy funksiyalarni bajarish uchun
ishlatiladigan moddiy aktivlar (
BHMS
№
5, 3a-band).
BHMS
№
5 ga muvofik (6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan
olish uchun ular yuqoridagi ta’rifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana qo‘yidagi
shartlarga ham javob berishi lozim:
•
Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi.
•
Qiymatini aniq belgilashni mumkinligi.
Moddiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmat
muddatini belgilash muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |