O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/5/1 2021
- 77 -
Haqiqatni topish mushkul, lekin uni izlash ehtiyojini
sezmay qo‘ydik. Bu esa juda katta tahlikadir. Butun insoniyat
tanqidiy fikrlashni hayotiy ko‘nikmaga aylantirishi kerak.
To‘g‘rilarni xatolardan tanqidiy fikrlash nuqtayi nazaridan
ajrata olishimiz kerak. O‘zgarishlarga nisbatan qarshilik
ko‘rsatmasligimiz kerak. Tanqidiy fikrlashga ega bo‘la olish
yaxshi rag‘batlantirishni ham talab qiladi. So‘roqqa tutish
oson, to‘g‘riga, haqiqatga yetish esa mushkul, mehnat va
shijoat talab qiladi. Tanqidiy fikrlash hayot tarzi va hayotiy
masaladir. Matematik emas, insoniy masaladir. Tanqidiy
fikrlash shu bilan bir qatorda kamtarin, hamdard, intellektual
bo‘lishni, jasorat va javobgarlik hissiga ega bo‘lishni talab
qiladi. Haqiqatni idrok qilish va haqiqatni topgach, kamolotga
yetish yo‘lida tanqidiy fikrlash hamisha ahamiyatli bo‘lib
qoladi” [9].
Tanqidiy va analitik fikrlash bir qator kognitiv
funksiyalardan bir paytning o‘zida foydalanish jarayonidir. Bu
- amaliyotda qo‘llaniladigan, ijtimoiy individ sifatida amalga
oshirishimiz lozim bo‘lgan xatti-harakatlarimizning hammaga
kerakli, har tomonla munosib, ommaga qaratilganligi bilan
manfaatli, hodisalarni sabab-natija va o‘tmish-bugun-kelajak
chizmasida to‘g‘ri ilg‘ay olishimiz va to‘g‘ri mulohaza qila
olishimizni ta’minlaydigan va yuqorida aytib o‘tilgan barcha
xususiyatlarini o‘zida jamlagan yaxshi shaxs, yaxshi turmush
o‘rtoq, yaxshi ota-ona, yaxshi o‘quvchi va yaxshi inson
bo‘lishimiz yo‘lida biz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan
fikrlash shaklidir. Ya’ni tanqidiy va analitik fikrlash
boshqalarning o‘ylab topgan makr tuzog‘iga tushmasdan,
mustaqil, o‘ziga xos va mantiqan yondasha olishimizda bizga
yo‘l ko‘rsatuvchi va ishimizga ko‘makdosh bo‘lgan kognitiv
fikrlash amaliyotidir[10].
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, tanqidiy fikrlashni
maktab darsliklariga kiritish hozirgi ma’lumotlar tezlik bilan
ko‘payib borayotgan va tarqalayotgan bir paytda o‘ta
ahamiyatli darajaga kelib qoldi. Bolalar tabiatan juda
qiziquvchan bo‘ladilar. Tanqidiy fikrlashni o‘rganish va
ommaviylashtirishda bolalarning mazkur xususiyatlaridan
oqilona foydalanish kerak. O‘quvchilar malakalarni maktab
o‘rganadilar, lekin maktabdan chiqqach esa o‘rganganlarini,
odatda, na hayotga tatbiq qiladilar, na tadqiq qiladilar va na
so‘rab surishtiradilar. Eng achinarlisi o‘rganganlarini hayotiy
ko‘nikma darajasiga chiqarmaydilar, aniqrog‘i chiqara
olmaydilar. Tanqidiy fikrlash darslari maktablarda kichik
yoshlardan boshlab o‘tilishi va hayot tarzi sifatida
o‘quvchilarga o‘rgatilishi, joriy qilinishi lozimliga ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |