Kollagen
Biriktiruvchi to‘qimaning erimaydigan iplari odam organizmida eng
ko‘p tarqalgan oqsil – kollagendan tarkib topgan. U oqsillar umumiy
miqdorining 25-33%ni, tana og‘irligining taxminan 6%ni tashkil etadi.
Kollagen tarkibidagi aminokislotalarning 1/3 qismini glitsin, prolin va
gidroksiprolin 21%, alanin esa 11%ni tashkil etadi.
Biriktiruvchi to‘qimani elektron mikrosko‘p yordamida o‘rganish
unda fibrillalardan tuzilgan kollagen tolalarining mavjudligini ko‘rsatdi
(120-rasm). Fibrillalar diametri 5 dan 200nm gacha bo‘lgan silindr
shakliga ega. Kollagen fibrillalari tropokollagen birliklaridan tashkil
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |