449
Biriktiruvchi to‘qimaning barcha turlari, ularning morfologik
farqlariga qaramasdan, umumiy yagona prinsip asosida tuzilgan bo‘lib,
asosan quyidagilardan iborat:
a) boshqa to‘qimalar kabi biriktiruvchi to‘qima hujayralarni
saqlaydi, lekin hujayralararo modda, hujayra elementlariga nisbatan
katta masofani egallaydi;
b) biriktiruvchi to‘qima uchun o‘ziga xos ipsimon (fibrilyar)
strukturalarning mavjudligi xarakterlidir – kollagen, elastin va retikulin
tolalar hujayralararo substansiya o‘ramida joylashgan (119-rasm);
d) biriktiruvchi to‘qimaning hujayralararo moddasi juda murakkab
kimyoviy tarkibga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: