O‘tning asosiy vazifalari: Emulsifikatsiya.
O‘t kislotalari sirt
tarangligini keskin pasaytirish xususiyatiga ega. Shuning uchun ular
ichakda yog‘larni emulsiyalaydi, yog‘ kislotalari va suvda erimaydigan
sovunlarni eritadi.
Kislotalarni neytrallash.
O‘tni pH 7,0 atrofida bo‘lib, oshqozondan
tushayotgan nordon ximusni neytrallaydi, uni ichakda hazmlanishga
tayyorlaydi.
Ekskretsiya.
O‘t ekskretsiyalangan o‘t kislotalar va xolesterinni
muhim tashuvchisi. Bundan tashqari, u organizmdan ko‘pincha dori
moddalar, toksinlar, o‘t pigmentlari, mis, rux va simob kabi turli
noorganik moddalarni chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |