204
204
O„zbekiston Respublikasining ayrim uzoq xorijiy mamlakatlar
bilan tashqi savdosi (umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida)
Mamlakatlar
Eksport
Import
2000
2001
2000
2001
Avstriya
1,1
0,3
2,2
0,2
AQSH
2,4
4,2
14,1
10,3
Belgiya
1,8
2,2
2,2
1,6
Buyuk Britaniya
11,3
9,6
3,2
4,1
Germaniya
1,7
1,8
14,0
12,4
Italiya
3,4
2,3
2,3
2,0
Koreya
5,1
6,4
15,8
17,7
Niderlandiya
4,0
3,5
1,4
1,8
Turkiya
4,7
3,8
5,3
5,4
Fransiya
2,0
1,8
4,6
6,4
Xitoy
1,1
0,7
4,0
4,7
Shveysariya
13,0
9,3
1,4
1,9
Yaponiya
0,7
0,6
3,0
6,7
O„zbekiston MDH mamlakatlari bilan tashqi savdosi
(umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida)
Mamlakatlar
Eksport
Import
2000
2001
2000
2001
Armaniston
0,1
0,1
0,1
0,1
Belorussiya
1,1
0,6
2,4
3,1
Gruziya
2,4
1,0
0,1
0,2
Moldova
-
-
0,2
0,2
Ozarbayjon
0,3
0,3
0,4
0,7
Rossiya
46,5
47,1
41,3
51,7
Tojikiston
8,6
7,7
1,7
1,7
Turkmanistan
15,0
12,0
1,6
2,3
Ukraina
13,1
13,4
15,8
19,1
Qirg„iziston
4,3
6,8
8,4
4,2
Qozog„iston
8,6
10,6
19,2
16,7
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida respublika eksport salohiyatini
kengaytirishga qaratilgan mukammal dastur amalga oshirilmoqda.
Eksportda mashina va asbob-uskunalar salmog„i ancha o„sdi. Eksport
tarkibida mashinasozlik mahsulotlari orasida turli rusumdagi yengil
avtomobillar, avtobuslar, traktor va qishloq xo„jaligi mashina asbob-
uskunalari, televizor va boshqa radiotexnika mahsulotlari salmog„i oshib
205
205
bormoqda. O„tgan davr ichida respublikada import tarkibida bir muncha
o„zgarishlar sodir bo„ldi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlatish 5
barobar qisqardi. Shunga qaramasdan mamlakatimiz chetdan oladigan
jami tovarlar tarkibida hamon oziq-ovqat mahsulotlari ulushi anchagina.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama taraqqiy ettirishning
muhim va samarali yo„llaridan biri xorijiy mamlakatlar bilan qator
sohalarda
qo„shma
korxonalar
qurishdir.
Tashqi
iqtisodiy
munosabatlarning bu yo„nalishi jahonning ko„p mamlakatlarida keng
tarqalgan.
Chet ellik sarmoyadorlar uchun qulay iqtisodiy, huquqiy
investitsiya muhiti yaratilmoqda. O„zbekiston o„zoq muddatli va
imtiyozli kreditlar olmoqda. Xorijiy investitsiyalar birinchi navbatda
aholini oziq-ovqat bilan ta‟minlashni yaxshilashga xizmat qiladigan
agrosanoat kompleksini rivojlantirish, sanoatining ustivor tarmoqlarini,
xususan yoqilg„i-yenergetika majmuasini jadal rivojlantirish, xalq
xo„jaligining ilm talab sohalarida yangi quvvatlarni barpo etish,
respublikaning
importga
qaramligini
kamaytirish,
xom
ashyo
eksportidan tayyor mahsulotlar eksportiga o„tish, kichik va o„rta
tadbirkorlakni rivojlantirish, o„zaro manfaatli loyihalarni hamkorlikda
yaratish yo„nalishlarida sarflanmoqda.
Mamlakatimizda chet el firmalari mablag„i ishtirokida tuzilgan
Qo„shma korxonalar soni 6 mingdan oshib ketdi. Ular orasida dunyoga
tanilgan “Samsung”, “DEUWOO”, “Nyumont-Mayning”, “Xexst”,
“Sibo-Geygi”, “Renk kssroks”, “Filips” va boshqalar samarali faoliyat
ko„rsatmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki chet
mamlakatlardagi 180 dan ortiq banklar bilan bog„lanib, korrespondent
munosabatlarini olib bormoqda.
Chet el investitsiyalari bilan ishlagan korxonalar soni 2001 yilda
1958 bo„lsa, 2002 yilda 2087 ga yetdi. Ularning ishlab chiqargan
mahsulotlari va ko„rsatish xizmatlari 610,2 mlrd. so„mdan 1044,2 mlrd.
so„mga ko„tarildi, ishchi va xizmatchilar soni esa 90,4 mingdan 94,1
ming kishiga yetdi.
Bundan keyin ham mamlakatimizning chet el kompaniyalari bilan
o„zaro teng manfaatli aloqalarini o„rnatish natijasida jahon andozasiga
javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishga imkon beradi. Bu esa o„z
navbatida mamlakatimiz eksporti salohiyatini oshiradi.
Kelajakda, yangi bosqichga ko„tarishda xalqaro turizm muhim
o„rin tutadi. Turizm tarmog„i to„g„ri va samara bilan tashkil etilsa, u
katta daromad keltiradigan sohaga aylanadi. Aniq foyda manbai
206
206
bo„lmish xalqaro turizm mamlakatga katta miqdorda chet el valyutasini
olib kelishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa
qo„shishi mumkin.
O„zbekiston turizm sohasini har tomonlama rivojlantirish uchun
qator imkoniyatlarga ega. Uning o„ziga xos tabiiy sharoiti, arxitektura –
me‟morchilikning noyob yodgorliklari, mehnatsevar va mehmondo„st
xalqimizning yaratgan mahsulotlari chet eldan kelgan sayyohlardan
nihoyatda qiziqtiradi.
Yuqoridagilarni hammasi respublikaning tashqi bozorga faol kirib
borishi, xorijiyliklar bilan hamkorlikni yo„lga qo„yish, jahon
hamjamiyatiga integratsiyalanish imkoniyatlarini yaratadi. Bu esa, o„z
navbatida xalqimiz farovonligini ta‟minlovchi omil bo„lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |