5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
Odatda mehnat
resursi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo„lgan kishilardan iboratdir.
Mehnat resursining shakllanishiga aholining yoshi va jinsiy tarkibi,
tabiiy o„sish darajasi va boshqa ijtimoiy holatlar ta‟sir ko„rsatib turadi.
Tabiiy o„sish yuqori bo„lgan mamlakatimiz aholisi tarkibida yosh avlod
salmog„ining ko„p bo„lishi mehnat resursi zahiralarining istiqbolli
ekanligini bildiradi. Tadqiqotlarimizni ko„rsatadiki, mehnat yoshidagi
aholining barchasi ham ishlab chiqarishda qatnashaolmaydi. Ishlab
chiqarishdan ajralgan holda o„qish, harbiy xizmatni o„tash,sog„lig„i yo„l
bermasligi va boshqa sabablarga ko„ra ham ba‟zilar ijtimoiy ishlab
chiqarishda qatnashmasligi mumkin. Ko„p bolali onalarning oilada bola
tarbiyasi bilan shug„ullanishi, shuningdek, shaxsiy xo„jalik yumushlari
bilan ham mehnat resurslari balanslarini tuzishda inobatga olinishi
kerak.
Respublikada mehnat resurslarining soni ko„p, biroq ularning jami
aholi tarkibidagi ulushi oz. Buning sababi to„g„ilishi va tabiiy
ko„payishning yuqoriligidadir. Natijada “demografik yuk” yoki
mehnatga layoqatli aholi bilan mehnatga layoqatsizlar nisbati o„ziga xos.
Masalan, agar Yevropa davlatlarida oilada 3 kishidan 2 kishi
ishlasa,bizda, aksincha 6 kishidan 2 yoki 3 kishi ishlashi mumkin. 2002
yilga kelib mehnat resurslarining umumiy miqdori 13181,0 ming
kishidan ortdi. Ularning yillik o„rtacha o„sish sur‟ati 210-220 ming
155
kishidan iborat. O„zbekistonda mehnat resurslarining kasbiy ma‟lumoti
ancha yuqori, har 1000 kishi hisobiga oliy va to„liqsiz oliy ma‟lumotga
ega bo„lganlar soni 193 kishini tashkil etadi. Moddiy ishlab chiqarish
sohasida band bo„lganlarning har to„rttasidan biri oliy va yoki o„rta
maxsus ma‟lumotga ega. Rasmiy ma‟lumotlarga qaraganda, 1.07. 2001
yilda 9,1 mln. kishi (72,4 foiz) ish bilan band, rasman “ishsiz” sifatida
mehnat birjalarida qayd etilganlar esa 37,5 ming yoki atiga 0,4 foizga
teng. Albatta, bu raqam uncha aniq emas, chunki, birinchidan, hozircha
barcha ish qidiruvchilar ham, ayniqsa qishloq joylarda mehnat birjasiga
murojaat qilmaydilar, ikkinchidan mehnat statistikasi va mehnat bozori
uncha takomillashmagan. 2002 yilda mamlakat iqtisodiyotida band
bo„lgan aholining yillik o„rtacha soni 1,4 foizga o„sdi va 9,3 mln. kishini
tashkil etdi. Iqtisodiyotning davlat sektorida 24,3 foiz, nodavlat
sektorida 34,2 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotda band aholining asosiy
qismi qishloq xo„jaligida band bo„lib, tarmoqlar bo„yicha
taqsimlanishini jadval orqali bilib olishimiz mumkin. Quyidagi
jadvaldan anglash mumkinki, sanogatda band bo„lgan aholining umumiy
soni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hamda Farg„ona va
Namanganda yuqoriroq, Surxondaryo, Buxoro va Jizzaxda esa u ancha
past. Biroq, xuddi shu viloyatlarda qishloq xo„jaligining mavqiye
kuchliroq.
Ma‟lumki, jahon mamlakatlarida nomoddiy sohalardagi aholining
bandligi oshib bormoqda. Bizda esa u hozircha kamroq. Masalan,
sog„liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport, ta‟lim, madaniyat, san‟at va
fan kabi ijtimoiy sohalarda band bo„lgan mehnat resurslarining ulushi
ko„pgina viloyatlarda oz.
Shunday qilib, mehnat resurslaridan to„laroq va samarali
foydalanish mamlakatimizning asosiy vazifasidir. Ayniqsa, qishloq
joylariga ishlab chiqarish sohalarini joylashtirishni ko„paytirish hozirgi
kunning dolzarb masalasidir. Chunki, jahon mamlakatlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi ham ko„proq aynan shu bandlik mezonlari
bilan o„lchanadi.
156
Do'stlaringiz bilan baham: |