136
Fan ilmiy tadqiqotlar asosida - g‘oyalarni jamlaydi, texnika - uni yangi mashina va
texnologiyada moddiylashtiradi, kasbiy ta’lim asosi bo‘lgan berish orqali mutaxassislar bilan
ta’minlanadigan ishlab chiqarish o‘z navbatida fan , ilmiy tadqiqotlar va texnika yutuqlarini
amaliyotda qo‘llaydi. O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi, uning muammolari va yechimlari,
istiqbollari soxasida ilmiy izlanishlar fundamental va amaliy fanlar doirasida olib borilganligi
sabab ushbu fanlardan birortasi ilmiy tadqiqotlar jarayonida - yetakchi omil bo‘lib, kasbiy
ta’limni tadqiq qilishda "fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab chiqarish"
tizimining asosiy bo‘g‘ini, " ishlab chiqarish jarayonini oddiy mehnat jarayonidan
ilmiy tadqiqotlar
jarayoniga" aylantirish asosi hisoblanadi. Fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab
chiqarish integrasiyasi ta’lim integrasiyasining asosiy yo‘nalishi sifatida didaktik moslangan
ko‘rinishda ham namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, fan umumta’lim va maxsus ixtisoslik
turkumidagi o‘quv predmetlari doirasida umumiy va kasbiy ta’lim mazmunining shakllanish
manbalaridan biri hisoblanadi va asosiy ilmiy bilimlar majmuida o‘z aksini topadi. Zamonaviy
ilmiy bilimlarga oid g‘oyalardan biri ularni integrsiyalash g‘oyasi hisoblanadi. Ilmiy bilimlarni
integrasiyalash g‘oyasi o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi tizimida ham o‘z aksini topishi zarur.
Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi mazmun miyatini to‘laroq
onglash uchun avvalom-bor “integrasiya” tushunchasining o‘zini ko‘rib chiqamiz.
" Integrsiya" tushunchasiga integrasiyalanadigan obyektlarning mohiyatiga ko‘ra
turlicha ta’rif berish mumkin. Masalan:
- "mamlakatlar integrasiyasi" tushunchasi ostida dunyodagi bir qancha
mamlakatlarning iqtisodiy,
ilmiy - texnik hamkorligi;
- "ishlab chiqarish integrasiyasi" tushunchasi orqali sanoat, agrosanoat yoki ilmiy - ishlab
chiqarish majmualari tushuniladi. " Fanlar integrasiyasi" deyilganda esa bilimlar sintezining turli
shakllari, tushuniladi.
Umuman, ilmiy adabiyotlarda "integrasiya" tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan
"integrasiya - bu ayrim tarkibiy qismlarning yangi xossa hosil qilib bir butun birlashish
jarayonidir". Pedagog olim V.P.Kuzminning xulosasiga ko‘ra, integrasiya - tizimli
yondoshuvdan iboratdir. Chunki " tizim" - bir butunning obyektiv shakli, " integrasiya" esa ayrim
qismlarning birlashish mexanizmi va natijasidir.
Biz, " integrasiya" tushunchasiga berilgan turli xil izohlarni umumlashtirgan holda, bu
jarayonni u yoki bu fanning ularni unifikasiyalar va majmualashtirishga olib keladigan tarkibiy
qismlarning yagona dunyoqarash mantiqiy - metodologik o‘zaro ta’siri jarayoni deb bilamiz.
O‘rganib chiqqan ilmiy tadqiqotlarimizda "integrasiyalash, integrasiyalash jarayoni"
tushunchasi bilan bir qatorda" differensiyalash, differensiyalash jarayoni" tushunchasi ham
uchraydi. Integrasiyalash va differensiyalash jarayoni inson tafakkurining ikki jihati bo‘lib, bir
tomondan, olam - yagona butunlik sifatida, ikkinchi tomondan chuqur aniq qonuniyatlar va sifatiy
o‘ziga xos turli xil tarkiblar sistemalar sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ikkita jarayon bir-birini
dialektik
taqozo qiladi, to‘ldiradi va biri ikkinchisi orqali namoyon bo‘ladi.
Ko‘pchilik falsafa sohasidagi tadqiqot ishlarida integrasiya va differensiasiya
jarayonlarining o‘zaro munosabati o‘zgarmas va qo‘zg‘almas emasligi ta’kidlanadi.
Ilmiy bilimlar taraqqiyotining turli bosqichlarida bu jarayonlardan bittasi ikkinchisidan
ma’lum vaqt mobaynida ustunlik qilishi mumkin. Fan - texnika taraqqiyotining hozirgi
bosqichida, integrasiya jarayoni differensasiya jarayoniga nisbatan ustunlik qilmoqda.
Shubhasiz, ilmiy bilimlar differensasiyasi fan, texnika taraqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega,
ammo u hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Bu vazifani ilmiy bilimlar integrasiyasi jarayoni
bajaradi.
I.T.Frolov fikricha - " integrasiyalash g‘oyasi fan va texnika taraqqiyotidagi asosiy
yo‘nalishdir".
Hozirgi kunda fanlar ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan
integrasiyasi muammosiga e’tibor ortib bormoqda. Bu holat o‘z navbatida tabiat va jamiyat
taraqqiyoti muammolarining majmuaviy xarakterda ekanligini isbotlamoqda, ya’ni ularning
yechimi bir qancha fanlarning yutuqlarini amalda ta’lim jarayonida qo‘llash bilan bog‘liqdir.
137
Hozirgi davrda ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan
integrasiyasining yangi zamonaviy turi bilishning umumiy ilmiy shakllari va vositalari paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq. Fan - texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ularning shakllanish
manbalari kasb ta’limida o‘rganiluvchi tabiiy, texnik, pedagogik, metodik, gumanitar va boshqa
fanlar orqali o‘zlashtirib olinuvchi umumiy ilmiylik tusini beruvchi tushunchalar hisoblanadi. Zero
ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi ko‘p
tushunchalarga umumiy ilmiy tus berish va uni shakllantirish asosida namoyon bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: