130
hamkorlik tashabbuskori siftida kasb-hunar kollejlari namoyon bo‘layotgani tufayli maslahat
kengashlari ko‘pincha ularning tashabbusi bilan tuzilyapti.
Bandlik xizmatlari bilan aloqalar.
Bandlik xizmatlari bilan hamkorlik, ishsizlarni qayta tayyorlash haqidagi shartnomalarni
tuzish, mehnat bozorining holati, u yoki bu mutaxassislarning talab etilishi haqidagi axborotdan
foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Pedagog xodimlarning amaldagi ish joylarida doimiy stajirovkalari yuqorida sanab
o‘tilgan ko‘rsatkichlardan tashqari o‘quv muassasasi xodimlarining o‘z ishlariga norasmiy baho
berish, mazkur ishni ish beruvchilar, boshqa ijtimoiy hamkorlar nazarida baholash o‘ta muhimdir.
Turli kasb-hunar kollejlarining sharoitlari bir xil emas, ijtimoiy hamkorlik tizimining rivojlanish
darajasi esa ko‘p omillarga, shu jumladan, mintaqaning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish darajasiga,
iqtisodiyot sektorining holati va boshqalarga bog‘liq. Shu sababli faqat tizim, ko‘rsatkichlar
yig‘indisigina pedagogik jamoaning ijtimoiy hamkorlikning o‘rnatilishi borasidagi say-
harakatlarining samaradorligini obyektiv manzarasini ko‘rsatib berishi mumkin.
Shunday qilib, kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishning o‘ziga xos
xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)
kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy hamkorlikning shakllantirilishi va rivojlantirilishi, eng
avvalo, ta’lim muassasalari rahbariyatining tashabbusiga bog‘liq;
2)
ijtimoiy hamkorlikning samaradorligi ish beruvchilar bilan O‘MKHT tizimi o‘rtasidagi
doimiy va tezkor aloqalar mavjud bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi;
3)
O‘MKHT da ijtimoiy hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi holatlar
to‘sqinlik qilmoqda:
respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv darajalarda kasb-hunar kollejlari bilan ish
beruvchilar o‘rtasida o‘zaro ta’sirning oqilona mexanizmi ishlab chiqilmaganligi;
O‘MKHT muassasalarining ish beruvchilar (ularning vakillari) bilan o‘zaro birgalikda
faoliyat ko‘rsatish mexanizmi kadrlar tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan muassasalar bilan ulardan
oqilona foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan korxonalar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarni
kuchaytirish hamda kasb-hunar kollejlari dasturlarini korxonalarning o‘zgarib borayotgan
malakaviy talablariga moslashtirish jihatdan ishlab chiqarishni davom ettirishga bo‘lgan muhtojlik;
ish beruvchilarning o‘zlari uchun malakali kadrlar tayyorlashdan iqtisodiy
manfaatdorligini oshirish mexanizmini ishlab chiqilmaganligi;
ta’lim
muassasalari
tomonidan
kadrlar
tayyorlashning
bozor
boshqaruvi
mexanizmlarining zaifligi faoliyat ko‘rsatmoqda;
O‘MKHT muassasalarida ijtimoiy hamkorlik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari ish
beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabining shakllanish tamoyillariga ham bog‘liq ish
beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabi quyidagi tamoyillar bilan belgilanadi:
korxonalar ishlab chiqarishning yangi xodimlardan yuksak bilimlarga va kasb-hunar
ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab qiluvchi texnologiyalarni o‘zlashtirishi bilan;
malaka talab qilmaydigan mehnat ulushining kamayishi va yuksak malakali xodimlarga
bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan;
ishlab chiqarish jarayonlarining moslashuvchanlik darajasining o‘sishi va xodimlarning
oraliq kasblar va mutaxassisliklarni egallashlari zarurligini taqozo etishi bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: