Markaziy Osiyo-
qadimiy Turon jahon ilm-fani, madaniyati va ma’naviyati rivojiga ulkan hissa
qo‘shgan mintaqalardan biri bo‘lgan. Hozir O‘zbekiston, deb ataluvchi bu xudud, ya’ni bizning Vatanimiz
nafaqat SHarq balki butun jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini bugun jahon tan olmoqda.
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy falsafiy fikri haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishimizda
qadimiy xalq og‘zaki ijodiga oid afsona va rivoyatlar, qadimgi hind, xitoy va yunon tarixchilarining asarlari,
“Avesto”, “Behistun”, “Bundaxshin” va shular kabi yozma yodgorliklarda aks ettirilgan. Ayniqsa “Avesto”,
shubhasiz, Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy ma’naviyat, madaniyat, xususan falsafiy
qarashlarini
o‘rganish uchun bebaho manbadir. Bu asar bizga qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ilk tabiiy-ilmiy
tasavvurlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy va falsafiy fikrlarining shakllanishini aniqlash uchun juda boy manba
bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida bir qator olimlarimiz ushbu kitobni tadqiqot qilishdi
(T.Maxmudov, G.Maxmudova, H.Homidiy, M.Ishokov va boshq.) Tadqiqotchilarning yozishicha 21
kitobdan iborat bo‘lib, uning 7 kitobi dunyo va inson zotining o‘tmishi haqida, 7 kitobi inson axloqi, uning
huquqlari haqida, 7 kitobi tibbiyot, ilmiy-hay’at hamda aniq fanlarga oid bilimlar haqida bo‘lgan.Bu asar
zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotining muqaddas kitobi sifatida o‘zida ajdodlarimizning tabiat, borliq,
olam, jamiyat, inson, uning hayoti, axloqi, huquqlari, burchi kabi masalalar yuzasidan dastlabki diniy
falsafiy qarashlarini ifodalaydi.
Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga ko‘ra, olamda ikkita kuch: yaxshilik va yomonlik kuchlari
bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi kurash olib boradilar. YAxshilik kuchlariga xudo Ahura Mazda, yomonlik
kuchlariga Axriman boshchilik qilishadi. Insonning hayoti, uning taqdiri, baxti va baxtsizligi shu ikki kuch
kurashi bilan bog‘liq holda ko‘rsatiladi. Bunda inson bu faoliyatining sub’ekti sifatida emas, balki xudolar
ta’sir ko‘rsatadigan ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Asarda kishilar o‘z amaliy ishlari va axloqiy fazilatlari
bilan yaxshilikka moyil ekanliklari, ular yovuz kuchlarga qarshi kurashda ezgu ruhlarga ko‘maklashishlari
lozim, aks holda yomonlik tantana qilib, ular abadul-abad azob-uqubatlarda yashashi mumkinligi aytiladi.
Bunda kishilarning yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlari va qarashlari ularning amaliy faoliyati bilan
bog‘langan holda ko‘rsatilib, ular kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi, yo‘naltiruvchi kuchlar sifatida
ifodalanadi.
“Avesto”da insoniyat tarixi haqida ham fikr yuritilib, unda aytilishicha, birinchi paydo bo‘lgan odam
Do'stlaringiz bilan baham: |