Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

16 



 

mualliflari  asarlarida,  arxeologik  manbalarda,  xalq  og‘zaki  ijodiyoti  namunalari:  afsonalar,  dostonlar  va 

rivoyatlarda aks etgan.  

 

Dastlabki  falsafiy  tasavvurlar  va  qarashlar  SHarqning  eng  qadimgi  mamlakatlaridan  bo‘lgan  Bobilda 



eramizdan  oldin  4-ming  yillikning  boshlarida  paydo  bo‘ladi.  SHu  davrlardayoq  odamlarning  dunyoda  ro‘y 

berib turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga bo‘lgan munosabatlarlari va qiziqishlarini, garchi hali sodda va 

yuzaki,  ibtidoiy  shaklda  bo‘lsa-da,  o‘zida  aks  ettirgan  falsafiy  qarashlar  paydo  bo‘la  boshlagan.  Buni  biz 

qadimgi Bobil adabiyotining ko‘zga kuringan mashhur asarlaridan biri «Gelgamish haqida doston»da, undagi 

tuproq,  suv,  havo,  issiqlik  va  sovuqlikning  inson  hayoti  va  tirikchiligining  abadiy  manbai  ekanligi, 

Gelgamishning  obihayot  qidirib,  boshidan  kechirgan  sarguzashtlari,  chekkan  azob-uqibatlari,  odamlarning 

tabiiy  qonunlar  asosida  yashashlari  zarurligi,  kishilarning  hayot  va  o‘lim  sirlarini  bilishga  azaldan  intilib 

kelishlari haqida qilingan hikoyalardan yaqqol bilib olamiz. 

 

«Adona  haqida  doston»da  esa  insoniyat  hayotida  yaxshilik  bilan  yomonlik,  ezgulik  bilan  yovuzlik  boylik 



bilan  qashshoqlik  bir-biriga  tubdan  qarama-qarshi  va  zid  ekanligi  haqidagi  fikrlar  ifodalangan.  «Jafokash 

avliyo haqida doston»,  «Xo‘jayinning  quli bilan  suhbati» kabi  asarlarda  biz buning  yaqqol  guvohi  bo‘lamiz. 

Eslab o‘tilgan birinchi dostonda baxt va baxtizlik, adolat va adolatsizlik haqida, ularning sabablari va bartaraf 

etish usulari hamda yo‘llari xususida dastlabki falsafiy tasavvurlar va g‘oyalar bayon etilgan. 

 

Jamiyat  ishlab  chiqarishi  o‘rtaga  qo‘ygan  talablar,  inson  amaliy  faoliyati  tug‘dirgan  ehtiyojlar  asosida 



Bobilda  tabiat  hodisalari  haqida,  ularning  mazmunini  tushunib  olib,  ulardan  turmushda  foydalanish  zarurati, 

mahsulot  va  narsalarning  miqdorini  aniqlash,  og‘irligi  va  uzunligini  o‘lchash,  ishchi  kuchlarning  samarasini 

belgilash,  binolar  hajmini  topish  dalalarning  er  satxini  hisoblab  chiqish  zarurati  dastlabki  arifmetik  va 

geometrik  bilimlarning  paydo  bo‘lishini  taqozo  etadi.  Bu  narsa  o‘sha  davrlardayoq  taqvimning  paydo 

bo‘lishiga olib kelgan va odamlardan astronomiya sohasida ma’lum bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. SHu 

asosda  Bobilliklar  quyosh  soati,  Quyosh  ko‘rsatgichi  va  uning  12  bo‘lakka  bo‘linishini  azaldan  bilishgan. 

Antik  davr  ma’lumotlariga  ko‘ra,  Bobilda  matematika,  geometriya,  astronomiya  bilan  bir  qatorda,  tibbiyot, 

tarix,  geografiya,  filologiya,  musiqa,  tasviriy  san’at,  astrologiya  kabi  bilim  sohalari  asta-sekin  kurtak  yoza 

boshlagan. 

 

Qadimgi  Misr  ham  jahon  madaniyatining  eng  qadimgi  o‘choqlaridan  biri  bo‘lib,  unda  ham  ilk  madaniy 



yodgorliklar eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. Bobil madaniyati kabi qadimgi 

Misr madaniy yodgorliklarida ham xalq donishmandligining hamma turlarida o‘sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy 

hayot, tabiat hodisalariga munosabat, kishilarning ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy, huquqiy, ularning sintezi bo‘lgan 

falsafiy qarashlarida o‘z ifodasini topgan. 

Qadimgi misrliklar suvni odamga oziq-ovqat etishtiruvchi, inson uchun dastlabki ulug‘ ne’mat, deb bilganlar. 

Suv  ularga  butun  tabiatning,  hayotning  asosi  bo‘lib  ko‘ringan.  Ular  Nil  daryosini  ilohiy  bir  mo‘‘jiza  deb, 

tabiatdagi o‘simlik va daraxtlarga talpinganlar. Qadimgi misrliklar astronomiya sohasida ba’zi bilimlarga ega 

bo‘lib, sayyoralarni  yulduzlardan ajrata bilganlar, alohida  yulduzlar xaritasini va har xil taqvimlar tuzganlar. 

Qadimgi  Misrda  tibbiyot  juda  rivojlangan,  misrliklar  kasalliklarning  juda  ko‘p  turlaridan  xabardor  bo‘lishib, 

tashhis  qo‘yish  sohasida  katta  tajribalarni  qo‘lga  kiritganlar.  Qadimgi  misrliklar,  ayniqsa  qurilish, 

arxitekturaga, san’atning juda ko‘p turlariga, hisob-kitob, o‘lcham va chizmachilik, matematik va astronomik 

bilimlarga  egaligi  jihatdan  boshqalardan  tubdan  farq  qilishgan.  Haqiqiy  ma’noda  ular  geometriya  va 

astronomiyaga  oid  bilimlarning  ilk  yaratuvchilari  bo‘lishgan.  Misr  ehromlari-piramidalar  buning  rad  qilib 

bo‘lmas  hayotiy  guvohlaridir.  Umuman,  Qadimgi  Bobil  va  Misr  xalqlarining  madaniyati,  urf  odatlari, 

dunyoqarashlari,  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  huquqiy,  badiiy,  ahloqiy  va  falsafiy  qarashlari  butun  qadimiy 

SHarq  xalqlari  kabi  diniy  qarashlar  bilan  sug‘orilgan  bo‘lgan.  Ularning  bu  qarashlari  nasldan-naslga, 

avlodlardan-avlodlarga o‘tib,  SHarqdagi  boshqa  ko‘pchilik  xalqlar madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-

falsafiy fikrlar rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Buni biz qadimiy Hindistonning madaniy-ma’naviy 




 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish