103
tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda «o‘zgarmas va umumiy» jihatlar mavjudligini rad etgan. U
insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, YUnon-rim, SHarq, G‘arbiy Evropa va
Mayya madaniyatlarini farqlagan. SHpengler fikriga ko‘ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot
muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo‘ladi, shundan so‘ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok
bo‘ladi. Har bir madaniyat o‘z teran mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi.
SHpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb hisoblaydi.
Lokal sivilizatsiyalar nazariyasining yana bir tarafdori, ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889–
1975)dir. U Danilevskiy va SHpenglerning tarixning siklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni
ayrim, o‘ziga xos va nisbatan berk sivilizatsiyalar tarixlarining yig‘indisi sifatida tushungan (dastlab, u, 23
sivilizatsiyani farqlagan, keyinchalik esa, ularni 13 tagacha qisqartirgan). Toynbi sivilizatsiyalarga
«evolyusion tipdagi faol tuzilmalar» sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy
bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy
bosqichlardan o‘tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.
Toynbi, bu sivilizatsiyalarda oldinma-ketin yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni o‘xshash, deb hisoblab,
shunga asoslangan holda, yaqin kelajakda, dunyo miqyosida yuz beradigan voqealarni bashorat qilish
imkonini beruvchi, ijtimoiy rivojlanish takroriyligining ayrim formal empirik qonunlarini keltirib
chiqarishga harakat qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolyusiya hamda insoniyatning ma’naviy
jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan.
SHunday qilib, sivilizatsion yondashuv nuqtai nazaridan tarixiy jarayon hujumkor xususiyati «yuqori –
quyi» ko‘rsatkichlari bilan emas, balki har bir sivilizatsiya o‘z rivojlanish va o‘z taqdirini o‘zi belgilash
jarayonida insoniyat filogenetik yo‘lining barcha asosiy bosqichlaridan o‘tishi va o‘z tarixi va betakror
individualligiga ega bo‘lgan noyob ijtimoiy tuzilma sifatida qaralishi bilan belgilanadigan izchil nochiziq
jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1)
formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy e’tiborni
uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa, jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizatsiyani)
o‘rganadi, jamiyatni esa, statik, deb e’tirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy
omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi.
Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki, unda
mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy g‘oyalaridan foydalanishga va ularning kamchiliklari o‘rnini
to‘ldirishga harakat qiladilar. Mazkur yondashuv «monadaga doir yondashuv», degan nom olgan. Monadaga
doir yondashuvning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u jahon tarixiy jarayoniga ko‘p sonli tarixiy
individlar (sotsiumlar)dan iborat bo‘lgan yaxlitlik sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning
formatsion elementi tarixiy rivojlanishning ayni bir bosqichini boshdan kechirayotgan turli mamlakatlar
uchun umumiy bo‘lgan jihatlarga, sivilizatsion element esa, ijtimoiy organizmlarning xususiyatlariga,
ularning betakrorligiga e’tiborni qaratadi. SHunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formatsion
yondashuvning umumlashtiruvchi imkoniyatlari va sivilizatsion yondashuvning individuallashtiruvchi
imkoniyatlari ularni qarama-qarshi qo‘yish asosida emas, balki ularning yagonaligi va bir-birini to‘ldirishini
tan olish asosida hisobga olinadi va ro‘yobga chiqariladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat yo‘nalishlarida
ko‘zga ko‘rinadigan o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday konsepsiyalar ham paydo bo‘lganki, ularda
tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi.
Falsafa tarixida ildizlari ilk falsafiy tizimlarga borib taqaluvchi ancha kuchli qadriyatlarga doir an’anaga
duch kelish mumkin. Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o‘sha
davrda qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan xususiyatlar esa uning mazmuniga
kiritilgan. Masalan, Zardo‘sht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy
borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni tasniflashga
harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud, birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm,
zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi, deb hisoblaydi. Aristotel
o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati
insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |