Jamiyat tushunchasi
. Jamiyat fanga ma’lum tizimlar orasida eng murakkabi bo‘lib, uni o‘rganish
jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo‘lib, har bir xalq o‘zining alohida, betakror
tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog‘liqki, ba’zan turli
vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o‘rin almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va
sub’ektiv omil ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. Muayyan fanlardan farqli o‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy
jarayonning umumiy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Falsafa, muayyan hodisalarning sabablari nimada,
degan savolga javob topish vazifasini o‘z oldiga qo‘ymasa-da, tarix fanining metodologik asoslarini
yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U
Do'stlaringiz bilan baham: |