O‘yin vositasidagi bilim
nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri hisoblanadi.
O‘yin
jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta hajmini o‘zlashtiradi,
madaniy boylik – ishga doir o‘yinlar, sport o‘yinlari, aktyorlarning o‘yinlari va shu kabilarni qon-qoniga
singdiradi.
O‘yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, ularning ma’naviy dunyosi va ma’lum bilimlari,
o‘zaro til topish ko‘nikmalari va shu kabilarni shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi. Hozirgi
zamonda o‘yin tushunchasidan matematika, iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng
foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |