85
turlariga nisbatan
tatbiq etish mumkin. Bu so‘zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz
Nyuton
mexanikasi haqiqatga etarli darajada muvofiq emas va uning o‘rnini
Eynshteynning aniqroq nazariyasi
egalladi, deb hisoblaymiz. Biroq buning
natijasida Nyuton nazariyasi o‘zining bilim xususiyatini yo‘qotgani
yo‘q-ku?
Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko‘pchilikning ishonchi komil bo‘lgan davrda u bilim edimi?
SHunga o‘xshash so‘zlarni hozirda fan tarixidan o‘rin olgan minglab nazariyalar sha’niga aytish mumkin.
Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va etarli asoslar mavjudmi? Bu savol ham ancha mavhum. Gipoteza,
faraz, odatda, bilim shakli sifatida qaraladi, biroq olimlar o‘zlari ilgari surayotgan gipoteza yoki farazlarning
to‘g‘riligiga ba’zan ishonchi komil bo‘lmaydi.
Balki bilimni standart tushunish haddan tashqari taxminiy va nisbiydir? Qisman shunday, biroq bilim-bir
ta’rif chegaralariga sig‘dirish juda qiyin bo‘lgan rang-barang hodisa ekanligi muhimroq. Agar «bilmoq»
so‘zi tilimizda qanday qo‘llanilishiga nazar tashlasak, bilim turlari juda rang-barang ekanligini ko‘rishimiz
mumkin. Quyidagi gaplarni ko‘rib chiqamiz. Men bu mashinani qanday qilib tuzatish mumkinligini
bilaman. Men gitara chalishni bilaman. Men Po‘latni o‘n yildan beri bilaman. Men Toshkentni yaxshi
bilaman. Men uchburchak burchaklarining yig‘indisi ikki to‘g‘ri burchakka teng ekanligini bilaman. Men kit
sut emizuvchilar oilasiga mansub ekanligini bilaman.Bu bir qarashda o‘xshash gaplarda «bilaman» so‘zi har
xil ma’nolarda keladi.Dastlabki ikki gapda bilish nimanidir bajara olishni anglatadi. Gnoseologiyada u
«
bilim-ko‘nikma
» deb ataladi. Keyingi ikki misolda bilish – bu «
bilim-tanishuvlik
» demakdir. U inson yoki
qandaydir ob’ektni tanish qobiliyatini anglatadi. So‘nggi gaplarda bilim «
nimanidir bilish»
ni ifodalaydi,
chunonchi: u narsalarda qandaydir xossalar, nisbatlar, qonuniyatlar va shu kabilarning mavjudligini
tavsiflaydi. Bilim bu erda ma’lum axborot ko‘rinishida keladi deb aytish mumkin. Ko‘rib turganimizdek,
«bilim-ko‘nikma» va «bilim-tanishuvlik» bilimning standart talqiniga uncha mos kelmaydi. Umuman
olganda, ularga nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik tushunchalarini tatbiq etish mumkin emas. Po‘latni
yaxshi yoki orqavarotdan bilish mumkin, biroq biz uni «to‘g‘ri» yoki «ishonchli» bilishimiz mumkinmi?
Biroq, bu erda shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida zikr etilgan bilim turlari o‘rtasidagi chegaralar aniq emas.
Masalan, sizning Toshkent haqidagi bilimingiz siz shaharning kattaligi, aholisining soni, u O‘zbekiston
poytaxti ekanligi va hokazolar haqida ma’lum axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq, bu bilim,
avvalo, shahar bilan tanishlik, unda yaxshi mo‘ljal ola bilish demak. Gnoseologiyada asosiy e’tibor
muayyan narsalar haqidagi bilimni tahlil qilishga qaratiladi. Zero, faqat shunday bilimni asosli va asossiz,
ishonchli va ishonchsiz, haqiqiy yoki soxta bilim sifatida aniq baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |