Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

Tar  iya  qonuniyatlari 
ijtim oiy hodisa sifatida tarbiyaning xusu­
siyatlari,  ikkinchi  tomondan,  shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq  boTgan 
barqaror aloqalardir.
Tarbiya jarayonining quyidagi 
umumiy qonuniyatlari
 mavjud:
• 
ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv  omillariga  bog'liqligi.
  O b­
yektiv  omillar  tarbiyani  tashkil  etish  shart-sharoitlari  (m oddiy-texnik, 
ijtimoiy,  madaniy,  sanitar-gigienik)  orqali  yuzaga  chiqsa,  subyektiv 
om illarga  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchilar,  ularning  о ‘zaro  birgalikdagi 
harakati,  m urakkab  aloqalar,  psixologik  m uhit  va  boshqalarni  kiritish 
mumkin;
• 
tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va о 'zaro bog 'liqligi.
 
Tarbiya jarayoni bolalarning yosh davri rivojlanishi xususiyatlarini hisob­
ga olgan holda tashkil  etilishi;  q o ‘yilgan m aqsad va vazifalar bolalarning 
yosh xususiyatlariga to 'liq  m os kelishi  lozim;
• 
fa o liy a t  va  m unosabatni  e ’tiro f etish  shaxsning  ijtimoiy  qimmatli
 
fazilatlarini  shakllantirishning  negizi  va  asosiy  manbayi.-
  Tarbiyalanuv- 
chilarning  faoliyatga jalb  etish  orqali  ularda  m avjud jarayonga  nisbatan 
m unosabatni aniq baholay olish mumkin.  0 ‘z navbatida m unosabat bildi- 
ra olish tarbiyalanuvchining faoliyatga tayyorligini ko'rsatadi;
• 
tarbiyalanuvchilam ing  o'zaro  tarbiyaviy  t a ’siri,  o'zaro  m unosa­
batlari  hamda fa o l fa o liya ti  o'rtasidagi  bog'lanish.
  Tarbiyalanuvchilar 
bir-birlariga  o ‘zaro  ta ’sir  etishlari  v a  m azkur  im koniyatdan  oqilona 
foydalana olish tarbiya jarayonining ta ’sirini kuchaytiradi. U larning o ‘za- 
ro  m unosabatlarining  barqarorligi,  shuningdek,  birgalikdagi  faoliyati 
ularda jam oaviylik,  o ‘zaro  ishonch,  m ehribonlik,  bir-birlari  uchun  qay- 
g'u ra olish,  hamdardlik,  bag‘rikenglik kabi  fazilatlarning qaror topishiga 
ko‘m aklashadi;
• 
tarbiya  va o 'zin i-o 'zi  tarbiyalashning intensivligi.
  O ‘z-o ‘zini  tarbi­
yalash  -   bu  shaxsning  o‘zini,  shaxsiy  sifatlarini  takom illashtirishidir, 
zam on  talabiga  javob  beradigan  darajada  ongli  intilishidir.  0 ‘z-o ‘zini 
tarbiyalash  yaxshi  tarbiya  natijasida  yuzaga  kelib,  shaxsning  o ‘z-o‘zini
53


kam olgayetkazishiga olib keladi. O ‘z-o'zini  tarbiyalash bevosita tarbiya­
lanuvchilar hayot  m azm uni,  ulam ing  qiziqishlari,  u  yoki  bu  yosh  davri- 
dagi xarakterga bog'liqdir.  0 ‘z-o ‘zini tarbiyalash m uhim  aham iyatga ega 
bo‘lib,  tarbiyalanuvchiga  o ‘z  im koniyatlarini  to ‘g ‘ri  baholay  olish,  o ‘zi- 
dagi ijobiy va salbiy jihatlarni  aniqlay  olish imkonini beradi;
• 
tarbiyalanuvchining  “ichki  olam i''ga  ta'sir  etishning  intensivligi
 
(G.I.  O 'ukina).  “Tarbiyalanuvchining  ichki  olami”  deganda  motiv,  ehti­
yoj,  emotsiya,  intellekt  kabilarning  birligi  tushuniladi.  Tajriba,  bolaning 
ehtiyojlari  orqali  sinaladigan  tashqi  m uhit  ta ’siri  uning  yutu g‘i  sifatida 
yuzaga  keladi.  Aynan  tarbiyaviy  jarayonda  tashqi  ta ’sir  bolaning  ichki 
m uvaffaqiyatini kuchaytiradi;
• 
tarbiyalanuvchilarda  verbal  va  sensomotor jarayonlam ing   rivojla­
nish  darajasi  va pedagogik  t a ’sim i  hisobga  olish
  (G.I.  0 ‘ukina).  Am a­
liy ot  k o ‘rsatadiki,  ham ma  vaqt  ham  bolaning  aqliy  rivojlanishi  uning 
verbal  nutqi  va  harakatga  doir  sensomotor  k o ‘rsatkichlariga mos  kelaver- 
maydi.  Nazariy  bilimlarga  oson va  erkin tayanuvchi  bolalar uchun  b a’zan 
elementar amaliy harakatlar, sohada mehnat faoliyatiga doir operatsiyalami, 
jism oniy  m ashqlam i bajarish  qiyin va murakkablik  qiladi.  Shuning uchun 
tarbiyalanuvchilarda  verbal  va  sensomotor  jarayonlam ing  rivojlanish 
dinamikasi bilan pedagogik ta’sirning uyg‘unligiga erishish lozim.
Tarbiya  tam oyillari  -   bu  tarbiyaviy  ish- 

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish