Sh. Sodiqova


XIV bob.  TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

XIV bob.  TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
_   ,  , 


Ta’limni tashkil  etish  shakli  deganda pe-
Boialarnmg o‘quv 

,  . 

,
faoliyatini tashkil etish 
va  Ь° ' Т , 8 
“ S
 
Г
faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma  lum
S  a 
a n  
bir vaqtda o‘tkaziladi.  Ta’lim shakli bolalar
soni, pedagog va bolalar o‘rtasidagi o ‘zaro ta’sir xususiyati, o ‘tkazishjoyi, 
shuningdek, kun tartibida egallagan o ‘rniga qarab bir-biridan farqlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning о ‘quv faoliyatini tashkil  etishning 
uchta  asosiy  shakli  mavjud:  individual,  guruhli  va  ommaviy  (frontal). 
Bolalarning  o ‘quv  faoliyatini  tashkil  etishning  har  bir  shakli  didaktik 
maqsadi,  bolalarning  mustaqillik  darajasi,  jamoaviy  va  individual  ish- 
ga  munosabati,  pedagogik rahbarlik  bilan  bog‘liqlikda  o‘ziga xos  xusu- 
siyatlari bilan farqlanadi.
Bolalarning  о ‘quv  faoliyatini  tashkil  etishning 
individual  shakli
 
o ‘zida bir qancha ijobiy jihatlami  aks  ettiradi:  o‘quv faoliyati  mazmuni, 
uslubi  va  sur’atini  t o ia   individualashtirish  imkoniyatining  mavjudligi 
hamda  aniq  bir masalani  hal  etishda ta ’ lim  oluvchining har bir  harakati 
va  operatsiyalarini  kuzatib borishga imkon berishi  kabilar.  Biroq ta’lim- 
ning  individual  shakli  ayrim  kamchiliklarga  ham  ega:  vaqtning  tejamli 
emasligi  (bir guruhda yigirma nafar bola  bo‘lsa,  pedagog har biri uchun 
20-25  minutdan  vaqt  sarflaydi.  Demak,  pedagog  qariyb  olti  soat  indivi­
dual  o ‘qitish  bilan  shug‘ullanadi);  pedagog  ta’sirining  cheklanganligi 
(pedagogning  vazifasi  bolaga  topshiriq  berish  va  uning  bajarilishini 
tekshirishdan  iborat);  boshqa bolalar bilan  hamkorlikda  ishlash  imkoni- 
yati  cheklanganligi  (bu  holat  ijtimoiylashishi  jarayoniga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatadi); jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
Biroq  ba’zan  o‘quv  faoliyatining  individual  shaklidan  foydalanish 
zaruriyati  tug‘iladi.  Eng  avvalo,  rivojlanishida nuqsoni  bor,  tez-tez kasal- 
likka chalinuvchi bolalar bilan individual tartibda ishlash, ulami zarur bilim 
va ko‘nikmalami  egallashlariga yordamlashish,  psixik jarayonlami  bosh- 
qarishga  qobiliyatlilikni  rivojlantirish  ehtiyoji mavjud.  Shuningdek,  max­
sus  qobiliyatlar  (rasm  chizish,  qo‘shiq  aytish,  matematikaga  doir)ga  ega 
bolalar bilan ham individual tarzda mashg‘ulotlar olib borish talab etiladi.
Guruhdagi  har bir bola bilan pedagog uning ta’lim  olganlik  darajasi, 
bilim  va  ko ‘nikmalarni  egallashdagi  uzilishlarni  o‘z  vaqtida  aniqlash 
uchun  vaqt-vaqti  bilan  nazorat-tashxis  etish  tavsifiga  ega  individual 
mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.
201


Bolalarning  o‘quv  faoliyatini  tashkil  etishning 
guruhli  shakli
  mash- 
g‘ulotlarni  kichik  guruhlarda  amalga  oshirishni  talab  etadi.  Buning 
uchun  guruh  olti  nafar  boladan  oshmagan  holda  kichik  guruhlarga 
bo‘linadi. Kichik guruhlarga birlashtirish bolalarning o‘z xohish-istaklari, 
umumiy  qiziqishlarini  hisobga  olgan  holda  amalga  oshirilishi  mumkin, 
biroq  ulaming  o'zlashtirish  darajasiga  ko'ra  guruhlarga  ajratish  tavsiya 
etilmaydi.  Aksincha,  kuchli  o'zlashtirish  darajasiga  ega  bolalar  bilan 
pastroq  o‘zlashtiruvchi  bolalardan  iborat  tarzda  guruhni  shakllantirish 
maqsadga muvofiq.
Kichik  guruhlarda  ishlashni  tashkil  etish  texnologiyasi  ham  turlicha 
bo‘lishi  mumkin.  B a’zan  mashg‘ulot  birdaniga  kichik  guruhlarga 
bo‘lingan  holda  o'tkaziladi.  Bunday  holatda  pedagog  bolalarni  qanday 
tartibda joylashtirish haqida o ‘ylashi lozim.  Har bir guruh a’zolari  bir-bi- 
riga qulay tarzda o‘tirishlari, shu bilan birga oraliq masofani ham hisobga 
olish  lozim.  Chunki  guruhlarda  ishlash jarayonida  kichik  guruh  a’zolari 
bir-birlari  bilan  muloqotga  kirishadi,  o'zaro  hamkorlikda  topshiriqni 
bajarishadi.  Shuning  uchun  ham  bunday  mashg‘ulotlarda  hamma  vaqt 
tinchlikni saqlab turish imkoniyati bo'lmaydi. M ashg‘ulotga doir topshiriq 
hamma  uchun  bir  xilda  yoki  alohida-alohida  berilishi  mumkin.  Mash- 
g‘ulot berilgan topshiriqni o ‘ziga xos tarzda taqdim etish bilan tugallanadi.
Zamonaviy  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  bolalarning  o‘quv 
faoliyatini  tashkil  etishning 
ommaviy
  (frontal) 
shakliga
  ham  alohida 
zaruriyat mavjud. Ommaviy tarzda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuni 
ko‘pincha  badiiy  tavsifga  ega  faoliyat  ko‘rinishida  amalga  oshirilishi 
mumkin. Masalan, musiqa mashg‘ulotlari, sahna ko'rinishlarini namoyish 
etish,  o ‘yin-sayohatlar,  san’at  asarlari  bilan  tanishish  va  boshqalar. 
Bunday  mashg'ulotlarda aqliy faollikni  oshirishga  undovchi  “emotsional 
ta’sir  ko'rsatisb"  yaxshi  samara  beradi,  bolaning  o'z-o’zini  namoyon  eta 
olishiga imkon beradi.

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish