Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

bolalarni  gapirtirish
  ham  muhim  ekologik 
uslublar  sirasiga  kiradi.  Bu  usul  kichkintoylarda  kuzatuvchanlikni  va 
ekologik  tarbiya  olgan  yoki  olmagan  odamlar  orasidagi  farqni  ajratish 
tuyg‘ularini  o ‘stiradi.  Masalan,  bolalar  quyidagicha  gap  topib  keladilar: 
“Bir  bola  gugurt  olib,  xazonlarni  yoqdi.  0 ‘tib  ketayotgan  bir  kishi  uni 
koyib,  olovni o‘chirtirdi" va hokazo.
Bolalarning tabiatni  muhofaza qilish  amaliyotida uch xil  faoliyatdan 
(ta’lim, mehnat, o‘yin) keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, 
bolalarning 
ekologik mazmundagi  о ‘yin faoliyati
  ta ’lim  unsurlariga  ega 
boTib,  tegishli  ko‘nikmalarni  hosil  qilishda  ularning  ahamiyati  katta 
bo‘ldi.
Didaktik  o'yin
  o ‘quv-bilish  vazifalari  (masalan,  narsaning  xossalari 
va  sifatini  aniqlash,  turli  buyumlarni  tasnif qilish  va  guruhlash)  o ‘yin 
bilan  (topish,  rol  ijro  etish,  musobaqalashish)  qo‘shib  olib  boriladiki, 
bunda  didaktik  o‘yin  ta’limning  alohida  shakli  -   yengil,  tez  va  bolalar 
tomonidan  oldindan  m o‘ljallanmagan  bilimlarni  o ‘zlashtirish  shakliga 
aylanadi.  Masalan,  “Bu  hayvonning  nomi  “Qizil  kitob”ga kiritilganmi? 
Shu  hayvonni  top”  o ‘yini.  Tarbiyachi  bolalarni  doira  shaklida turg‘izib, 
hay von nomini aytadi va koptokni biror bolaga otadi.  Bola koptokni ilib 
olib,  “Qizil kitob”ga kirgan yoki kirmaganligini aytadi.
189


Tabiat  muhofazasiga  doir  o‘yin  mazmunini  ishlab  chiqishda  shaxs- 
ning  axloqiy  pozitsiyasi,  odamlaming  o ‘zaro  munosabatlari,  ularning 
tabiiy muhitga insonparvarlik, g‘amxo‘rlik bilan munosabatlari markaziy 
o‘rindaturm og‘i  lozim.
Rolli о ‘yinlar
 har bir ishtirokchiga mustaqillik va uyushqoqlik namo- 
yon  etish  imkonini  beradi.  Ijodiy  rolli  o ‘yinlar  tushunchalarni,  tasav- 
vurlarni,  faktlami  tiklash,  qayta  guruhlash  tariqasida kechadi.  Masalan, 
rolli  o ‘yin  sifatida  bolalardan  biri  maqbul  va  nojo‘ya  harakatlar  qilib 
ko'rsatadi.  Nojo‘ya  xatti-harakatga  kelganda,  bolalar:  “To‘xta!"  -   deb 
buyruq  berishlari  kutiladi.  Kuzatishlarning  ko‘rsatishicha,  bunday  payt- 
larda ko‘p  vaqt  sukutda bo‘ladigan bolalarda ham  qat’iyat, ju r'a t paydo 
bo‘ladi. Bu esa o ‘yinning muhim jihati hisoblanadi.
Tabiat bilan insonning о'zaro aloqador ekanligini o'rgatish,  umuman, 
bolalarda  atrof-muhitga  m as’uliyatli  munosabatni  shakllantirish  -   uzoq 
vaqtni  o‘z  ichiga  oladigan  jarayon.  Buning  uchun  bolalarning  atrof- 
muhit,  tabiat  bilan  har  tomonlama  doimiy  aloqalarini  ta ’minlash  zarur. 
Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  hududida,  sayr  chog'ida  bog‘da,  tabiat 
quchog'ida  bo'lish,  bu  muddatda  turli  xil  ekologik  o‘yinlar  uyushtirish 
ana shu imkoniyatni yuzaga keltiradi.
Voqeaband  rolli  о ‘yinlar,
  ayniqsa,  bola  hayotida  katta  rol  o'ynaydi. 
Dastlab  sahna  ko‘rinishlari  tariqasida  tayyorlanadigan  o ‘yin  chog‘ida 
bola  tabiatni  muhofaza  qilish  bilan  shug‘ullanuvchi  turli  mutaxassislar 
rolini  ijro  etadi,  ko‘pchilik  ana  shunday  mutaxassislarni  ko'radi,  shun- 
day  mutaxassislar  borligidan  darak  topadi,  keyinchalik  o‘zi  ham  shu 
mutaxassis  rolini  o ‘ynashga  muvaffaq  bo'ladi.  Boshqacha  aytganda, 
о ‘yin jarayonida bola bilan mutaxassis o ‘rtasida muloqot sodir bo‘ladi.
Maktabgacha ta’ lim yoshidagi bolalarni ekologik tarbiyalashda 
nutqiy
 
mantiqiy  masala yechish
  uslubidan  ham  foydalanish  mumkin.  Bunday 
masalalar  tabiat  haqida  topishmoq-hikoyalardir.  Qo‘yilgan  masalani 
yechish,  savolga javob  berish  uchun  bolalar  tabiat  hodisalari  orasidagi 
m a’lum  bog‘lanishlar  va  qonuniyatlarni  o‘zlari  uchun  tushunib  olgan 
bo‘lishlari kerak. Tarbiyachi bolalarga nutqiy mantiqiy masala berar ekan, 
ularni  aqliy  faoliyat 
usullaridan
  shunday  (qiyoslash,  hodisalarni  turli 
tomondan  ko‘rib  chiqish,  masalani  yechish  yo‘llarini  izlash)  vaziyatga 
solishi  zarurki,  bu  narsa fikrlashning  mustaqil,  aqlning  o‘tkir  bo‘lishiga 
turtki beradi.
190


Bolalar tomonidan  tabiatdagi  narsa  va  hodisalar,  odamlaming  ayrim 
nojo‘ya  xatti-harakatlari  haqida 
hikoya-etyudlar  tuzish
  ijodiy  topshiriq 
turlaridan  biridir. Albatta,  bu  ish  daf’atan  boshlanmasligi  kerak.  Dastlab 
ishni  bolalarbop  hikoyalar  tanlash  va  ularni  so‘zlab  berish  usuliga 
murojaat  etishdan  boshlash  lozim.  Bu  hikoyalar  oxir-oqibatda  hikoya- 
etyudlar tuzish uchun andaza vazifasini bajaradi.
Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  ekologik  muammolar  aks  etgan 
v/tfeo/z/w/ardanfoydalanish maqsadga muvofiq. Bugungikundabolalarbop 
bunday videodisklar va filmlar ko'payib bomioqda. Har bir namoyishdan 
so‘ng bolalar bilan ko'rilgan filmlar haqida suhbat o‘tkazilishi mumkin.
Bolalarni ekologik tarbiyalashda
hadislardan namuncdar aytish, rivoyat
 
va  hikoyatlar  so'zlab  berish
  samarali  vosita  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Atrof- 
muhitga eng qadimgi zamonlarda ham juda katta e’tibor berilib kelingan. 
Hadisi shariflarda quyidagi kabi bandlar bor:  “Soyasidan xalq foydalanib 
turgan  daraxtni  kesib  yuborgan  odamni  tangri  do‘zaxga  mahkum  etur”; 
“Dunyo  yam-yashil  go‘zaldir,  kimki  undan  haqli  ravishda  halollik  bilan 
olsa,  undan baraka topadi”.
Ajdodlarimiz  o‘z  farzandlariga  oila  davrasida 
pand-nasihatlar
 
qilganlar  va  turli  suhbatlarda  quyidagilarni  alohida  uqtirganlar:  “Suvni 
iflos qilma,  barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi”; “Rizq-ro‘zingni isrof 
qilma, gunohkor bo‘lasan”; “Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang 
katta gunoh ish bo‘ladi,  chunki unda ahli m o‘minning nasibasi bor”.
Xalq  og‘zaki  ijodi  namunalarida  muammolarni  hal  etish  yo‘llari 
bevosita  va  bilvosita  usullarda  qo‘llanadi,  shunga  ko‘ra  bu  usullarning 
tarbiyaviy  va  ta’limiy  imkoniyatini  oshirib,  tug‘ilgan  muammolaming 
bolalarga yanada tushunarli  bo‘lishini ta’minlaydi hamda ta ’sirchanligini 
kuchaytiradi.  Masalan,  “Urug'  sepmay  ekin  boim as,  Yog‘och  ekkan 
soyada yotmas”  naqlida  soyaning  fayzli  dam  olish joyi,  lekin  shu  soya- 
ning b o iishi uchun ter to ‘kib mehnat qilish, daraxt ekish zarurligi tushun- 
tiriladi.
Loto,  labirint,  rebus,  boshqotirma,  topishmoq,  topishmoq-hazillardan
 
foydalanish  ham  bolalami  ekologik  tarbiyalashda  yaxshi  natija  beradi. 
Ertak  to ‘qish,  she
 V 
ijod qilish,  tabiatda  о ‘zirti  qanday  tutish  kerakligi
 
haqida eslatmalar aytish
 bir tomondan, ijodiy nutq o ‘stirish uchun xizmat 
qilsa,  ikkinchi tomondan,  ekologik ongni rivojlantiradi.
191



Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish